O’zbekiston Respublikasi
1925-yil 17-fevralda “O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini tashkil etish to’g’risida Deklaratsiya” qabul qilindi. Bu paytda O’zbekiston SSR hududi 312394 km2 , aholisi 3963285 kishi bo’lgan.
1936-yil 5-dekabrda Qoraqalpog’iston ASSR hududi O’zbekiston SSR hududiga kiritildi.
O’zbekiston SSR tashkil topgan paytda qisqa muddat 1925-yil fevral-aprel Buxoro shahri poytaxt bo’lgan.
1925-yil apreldan 1930-yil sentyabrda Samarqand shahri O’zbekiston SSR poytaxti sanalgan.
O’zbekiston poytaxti 1930-yil 20-sentyabrda Toshkent shahriga ko’chirilgan.
1990-yil 20-iyun kuni O’zbekiston SSR Oliy Kengashining II-sessiyasida O’zbekiston SSRning Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilindi.
1991-yil 31-avgust O’zbekiston SSR Oliy Kengashining XII chaqiriq VI sessiyasida O’zbekiston Mustaqilligi e’lon qilindi va “O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida”gi qonunni qabul qildi.
1992-yil 8-dekabrda O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 2 marta xalq muhokamasidan so’ng qabul qilindi.
Mamlakat parlamenti uchta davrni bosib o’tdi. Birinchi davr 1991-1994-Oliy Kengash-150 ta deputat, ikkinchi davri 1995-2004 Oliy Majlis -250 ta deputat, uchinchi davri 2005-yildan hozirgacha Oliy Majlis ikki palatadan iborat tarzda ish boshladi
1992-yil 4-yanvarda “O’zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to’g’risida” gi qonuni asosida hokimlik va hokimlar lavozimi joriy etildi.
Markaziy saylov komissiyasi 2014-yildan doimiy organ sifatida tashkil etildi.
O’zbekistonning partiyalari:
1.1991-yil noyabrda O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi.
2. 1995-yil fevralda O’zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi
3. 1995-yil iyunda O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi
4. 2003-yil noyabrda O’zbekistin Liberal-demokratik partiyasi
5. 2019-yil O’zbekiston Ekologik partiyasi
2016-yil 28-dekabrda Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida” gi Farmoniga binoan Xalq qabulxonalari tashkil etildi.
O’zbekistonning yagona temir yo’li tarmog’ini vujudga keltirish bo’yicha 1994-2001-yillarda uzunligi 700 kmga yaqin Navoiy-Uchquduq-Nukus temir yo’li qurib bitkazildi.
O’zbekiston avtomobil sanoatida mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish samarali yo’lga qo’yilishi natijasida “O’zavtosanoat” AK tarkibida 75 dan ortiq korxona ishlab turibdi.
1997-yildan boshlab har yili 1-sinf o’quvchilariga bepul o’quv anjomlar, darsliklarni berish joriy etildi.
Bugun O’zbekistonda 138 ta milliy-madaniy markazlar faoliyat olib bormoqda.
O’zbekiston hududida 130 dan ortiq millat va elat yashaydi.
O’zbekiston aholisining 88 foizi islom diniga, 10 foizidan ziyodi boshqa dinlarga e’tiqod qiladi, 1.8 foizi hech qaysi dinga e’tiqod qilmaydi.
O’zbekistonning “Ta’lim to’g’risida” gi qonunlarining qabul qilingan yillari:
1.1992-yil 2-iyul
2. 1997-yil 29-avgust
3. 2020-yil 23-sentyabr
1994-yil Davlat test markazi tashkil etildi.
1996-yildan ta’lim olishda kontrakt-shartnoma to’lovi joriy etildi.
Bugungi kunga kelib O’zbekistonda ilmiy-tadqiqot bilan shug’ullanuvchi 400 ta muassasa, 36 ming mutaxasis, 2 mingdan ortiq fan doktori, 9 mingdan ortiq fan nomzodi faoliyat olib bormoqda.
1998-yil Toshkentda Xalqaro kurash Assotsiatsiyasi tuzildi.
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 1997-yildan har ikki yilda bir marotaba Samarqand shahrida “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali o’tkazila boshlandi.
2012-yil sentyabrda O’zbekiston Respublikasining “Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi” e’lon qilindi.
1993-yil yanvarda Islom Karimov tashabbusi bilan Toshkentda Markaziy Osiyo Hamdo’stligiga asos solindi.
1992-yil martda Toshkentda birinchi bo’lib, AQSHning elchixonasi ochildi.
Davlatlar Hamdo’stligiga asos soldilar. 1991-yil 21-dekabrda O’zbekiston bu hamdo’stlikka a’zo bo’ldi.
2001-yil 15-iyunda O’zbekiston Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo bo’lib kirdi.
1992-martda Moldova, O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Armaniston, Tojikiston, Turkmaniston va Ozarbayjon bayroqlari BMTda ko’tarildi
____04.2021-yil________11-A-sinf O’zbekiston tarixi
1. Mamlakatimizda 2021-yil qanday yil deb nomlandi?
2. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida mamlakat ichki va tashqi siyosatini amalga oshirish uchun qanday eng muhim masalalari yuzasidan ma’lumotlar bildirildi?
3. O’z kasbi va hunari bilan davlatimiz rivojlanishiga hissa qo’shish deganda nimani tushunasiz?
Mavzularni umumiy takrorlash uchun savollar
Islom Karimovning O‘zbekiston rahbari sifatidagi dastlabki siyosiy qadamlarining tarixiy ahamiyati nimada
Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekistonda iqtisodiy vaziyat qanday edi?
Mustaqillik uchun harakatlarning faollashishi.
Mustaqillik maydonining bugungi kunga qadar bo‘lgan holatlari hamda vazifalarini tasvirlab bering
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi
Davlat ramzlarining qabul qilinishi.
Prezidentlik institutining shakllanishi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, uning strukturasi va funksiyalari
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari
O‘zbekistonda ijro hokimiyatiga qaysi davlat idoralari kiradi
O‘zbekistonda «Vatan himoyachilari kuni» ilk bor qaysi yilda nishonlandi?
O‘zbekistonda sud ishlari qaysi tillarda olib boriladi?
Mahalliy davlat hokimiyati organlarini sanang. Ular o‘z faoliyatini qaysi qonunlar asosida yuritadi?
Saylov tizimidagi so‘nggi o‘zgarishlar haqida nimalarni bilasiz?
Mahalliy hokimiyat va mahalliy vakillik organi o‘rtasida qanday farq va bog‘liqliklar bor?
O‘zbekiston Ekologik harakati haqida gapiring?
O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining yuzaga kelishi.va partiyalar faoliyati bilan tanishtiring?
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 99-105-moddalarining mazmunini izohlang?
Do'stlaringiz bilan baham: |