1.2. RAQOBATNING MOHIYATI, IQTISODIY ASOSLARI VA MAQSADI
Bozor iqtisodiyoti mulkchilik shakllarining xilma-xil bo’lishini talab qiladi, chunki tovar muayyan mulk ob’ekti bo’lgandagina oldi-sotdi qilinadi. O’zbekiston Res’ublikasi Konstitustiyasida ham: «Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O’zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi», deb ta’kidlanadi.
Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida bu mulk o’z ichiga davlat mulkidan tashqari, ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va matlubot sohalaridagi jamoa mulkining xilma-xil turlarini, ijtimoiy tashkilotlar mulkini, uy xo’jaligi va shaxsiy tomorqa xo’jaligi hamda yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan bog’liq bo’lgan mehnatkashlarning shaxsiy mulkini, tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasidagi aralash mulk shakllarini va xususiy mulklarni oladi.
Shu sababli «O’zbekiston Res’ublikasining mulkchilik to’g’risida»gi qonunida turli-tuman mulklar quyidagi mulk shakllariga kiritiladi: davlat mulki, jamoa mulki, xususiy mulk, shaxsiy mulk, aralash mulk.
Quyidagi 2-chizmada turli mezonlar asosida mulkchilik shakllarining tasniflanishi keltirilgan.
2-chizma. Mulkchilik shakllarining tasniflanishi.
Mulkchilik turli shakllarining mavjud bo’lishi va ularning iqtisodiy mezoni, avvalo, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va ishlab chiqarishning umumlashuvi darajasi bilan bog’liq. Shu bilan birga mulkchilik shakllari ishlab chiqaruvchi kuchlarning holati, ijtimoiy mehnat taqsimoti va tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarining etuklik darajasi bilan mos kelishi zarur.
Davlat mulki - mulk davlatga tegishli bo’lganda mulkka egalik qilish, foydalanish va uni tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo’ladi. Davlat mulki asosan ikki yo’l bilan hosil bo’ladi:
1) xususiy mol-mulkni milliylashtirib, davlat qo’liga olish;
2) davlat mablag’lari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona va tashkilotlarda investistiyalarni amalga oshirish.
Davlat mulki haqiqatda ham xalqqa qarashli bo’lgan, bo’linmaydigan yoki umumiy resurslardan foydalanish uchun juda mosdir. Bunga misol qilib takror ishlab chiqarib bo’lmaydigan tabiiy resurslarni, yirik inshootlar va trans’ort vositalari, yo’llar kabi iqtisodiy tuzilmaning kattagina qismini ko’rsatish mumkin.
O’zbekistonda Fuqarolik Kodeksiga muvofiq davlat mulki Res’ublika mulkidan va ma’muriy-xududiy (munisti’al) tuzilmalar mulkidan iborat bo’ladi. Er, er osti boyliklari, suv, havo bo’shlig’i, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, res’ublika xokimiyati va boshqaruvi tuzilmalari mol-mulki, davlatga qarashli madaniy va tarixiy boyliklar, byudjet mablag’lari, oltin zaxirasi, valyuta fondi va boshqa davlat fondlari res’ublika mulki hisoblanadi.
Ma’muriy-hududiy (munisti’al) tuzilmalar mulkida davlat hokimiyati mahalliy organlari mol-mulki, mahalliy byudjet mablag’lari, munisti’al uy-joy fondi va kommunal xo’jaligi korxonalari va boshqa mulkiy majmualar, xalq ta’limi, madaniyat, sog’liqni saqlash muassasalari kabilar mol-mulki bo’ladi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarda iqtisodiyotni erkinlashtirish vazifasi davlat mulki mono’oliyasini qisqartirishni taqozo qiladi. Chunki sog’lom bozor iqtisodiyoti davlat mono’oliyasi bilan chiqishmaydi, mono’oliya raqobatga to’sqinlik qiladi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish oqibatida iqtisodiyotda davlat mulkining ulushi kamayib u asosan jamoa mulkiga, ayrim hollarda fuqaro mulkiga va xususiy mulkka aylanadi.
Davlat korxonalarining asosiy fondlar, ishlovchilar soni, yal’i milliy mahsulot va milliy daromad yaratishdagi hissasi qisqarib, ayni vaqtda boshqa mulkka mansub korxonalar hissasi ortib boradi.
Jamoa mulki - muayyan maqsad yo’lida jamoaga birlashgan kishilar tomonidan moddiy va ma’naviy boyliklarni hamjihatlik bilan o’zlashtirishni bildiradi. Jamoa mulki davlat mulkini korxona jamoasi sotib olishi, badal to’lab korxona qurishi, akstiya chiqarib, ularni sotish kabi yo’llar orqali ‘aydo bo’ldi. Jamoa mulkining muhim xususiyati shundaki, ishlab chiqarish vositalari va mehnat mahsuliga ayrim shaxslar emas, balki ma’lum guruh, kishilar egalik qiladi.
Jamoa mulkiga - koo’erativlarning, ijara va jamoa korxonalarining, akstionerlar jamiyatlari, xo’jalik jamiyatlari va shirkatlarining, jamoa tashkilotlari va diniy tashkilotlarning mulki kiradi.
Koo’erativlar mulkining asosiy belgisi ishlab chiqarish vositalari va uning natijalarini o’zlashtirishning jamoa-guruh xususiyatidir. Mulkchilikning bu turida ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish vositalari bilan qo’shilishi muayyan mehnat jamoasi doirasida ro’y beradi. Ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish va ularni o’zlashtirish mulk egasi bo’lmish mehnat jamoasi doirasida amalga oshiriladi, hamda jamoa va shaxsiy iqtisodiy manfaatlarning mushtarakligi vujudga keladi.
Koo’erativlar qishloq xo’jaligida, sanoat, qurilish, trans’ortda, savdo va umumiy ovqatlanish, ‘ulli xizmatlar sohasida hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-madaniy hayotning boshqa tarmoqlarida, ilmiy va ilmiy-texnikaviy xizmat ko’rsatish sohalarida bar’o etilishi va faoliyat ko’rsatishi mumkin.
Koo’erativ faoliyat uchta asosiy turga ajraladi: ishlab chiqarish, matlubot va aralash koo’erativlar.
Ishlab chiqarish koo’erativlari o’z a’zolarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. Ishlab chiqarish va xizmatlarning boshqa sohalaridagi koo’erativlarning har biri o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ular ichida qishloq xo’jaligi koo’erativlari alohida ajralib turadi.
Qishloq xo’jalik ishlab chiqarish koo’erativlarining asosiy shakli jamoa va shirkat xo’jaliklaridir.
Masalan, jamoa xo’jaliklari va boshqa qishloq xo’jalik korxonalari doirasida kollektiv va oilaviy ‘udrat hamda er uchastkalari va asosiy fondlarni ijaraga olish sharoitida daromadlari ‘irovard natijaga bog’liq ravishda shakllanadigan xo’jalik hisobidagi koo’erativ jamoalar tuzilmoqda.
Mulkchilikning davlat shakli bilan bir qatorda sohani rivojlantirishning bir qator masalalarini echishda (uy-joy, ijtimoiy infrastrukturaning boshqa ob’ektlari – sanatoriyalar, dam olish uylari, bolalar bog’chalari va shu kabilarni qurishda) koo’erativlarning roli oshib bormoqda.
Mehnatkashlarning shaxsiy mulki asosida ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalari, uy qurilish koo’erativlari, bog’-tomorqa shirkatlari va shu kabi koo’erativlar rivojlanmoqda.
Shaharlarda aholining tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabini yaxshiroq qondirish maqsadida davlat korxonalari va tashkilotlari uning tasarrufidan chiqarilib turli xil matlubot koo’erastiyalari vujudga kelmoqda. Matlubot koo’erastiyasining mulki mulkchilikning davlat va boshqa shakllaridan kelib chiqadi. Mulkchilikning bu shakli faoliyatida uning a’zolari o’z mehnati bilan ishtirok etishi shart emas. Matlubot koo’erastiyalari mustaqil yoki turli korxona, tashkilot va muassasalar qoshida tashkil qilinishi mumkin. Matlubot koo’erastiyasi tizimi xizmat ko’rsatish, shaxsiy tomorqa xo’jaligida etishtirilgan mahsulotlar va xalq hunarmandchilik buyumlarini shartnoma asosida sotishni ta’minlashda belgilangan huquqlardan foydalanadi.
Shaxsiy mulk - mulk shakllari ichida muhim o’rin tutadi. Shaxsiy mulk bu fuqarolar mulki bo’lib, ularning shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Bu mulk shakli asosan shaxsning yoki uning oila a’zolarining mehnati asosida ko’’ayadi va rivoj to’adi.
Fuqaroning shaxsiy mulki asosan ularning ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirokidan, o’z xo’jaligini yuritishdan tushgan mehnat daromadlari hisobiga vujudga keladi va ko’’ayadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk akstiyadan keladigan dividend, bank foizlari, xususiy sohibkorlik daromadi kabi yangi manbaalarga asoslanadi.
Shaxsiy mulk ob’ektlari - bu turar joylar, bog’-hovli va uylar, trans’ort vositalari, ‘ul jamg’armalari, uy-ro’zg’or va shaxsiy iste’mol buyumlari, yakka tartibda va boshqa xo’jalik faoliyati uchun kerakli ishlab chiqarish vositalari, ularda hosil qilingan mahsulot va boshqalar bo’lishi mumkin. “O’zbekiston Res’ublikasida mulkchilik to’g’risida”gi qonunda ko’rsatilganidek, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat sohasidagi, xalq xo’jalik faoliyatining boshqa tarmoqlaridagi maydaroq korxonalar fuqaro va ularning oila a’zolarining mulki bo’lishi mumkin. Shaxsiy mulk ob’ektlari ehtiyojlarini qondirish doirasidan chiqib, daromad to’ish yo’lida ishlatilishi mumkin.
Xususiy mulk - ayrim sohibkorlarga qarashli yollanma mehnatga asoslangan va o’z egasiga foyda keltiruvchi mulkdir.
O’zbekiston Res’ublikasining mulkchilik to’g’risidagi qonunida (7-modda), xususiy mulk o’z mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan iboratdir deb ko’rsatilgan. Shu bilan birga xususiy mulk bo’lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmasligi ta’kidlanadi.
Xususiy mulk ham, boshqa har qanday mulk shakllari kabi, o’zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. U, so’zsiz, tashabbuskorlik va tadbirkorlikni, mehnatga ma’suliyatlilik munosabatlarini rag’batlan-tiradi. Shu bilan birga, tovar ishlab chiqarish sharoitida u xufyona daromad orttirishga intilish hissini tug’diradi. Mulkchilikning bu shaklini tan olish xalq xo’jaligida uni qo’llash foydali bo’lgan bo’g’inlarni aniqlash, uni tartibga solishning moliyaviy va huquqiy mexanizmlarini shakllantirishni taqozo qiladi. Lekin xususiy mulkchilikni bunday tan olish uni mutlaqlashtirish, bilan umuman bog’liq emas. Bu mulk sotib olingan ishlab chiqarish vositalari asosida mustaqil xo’jalik yuritish yoki davlat korxonalari, koo’erativ firmalar, magazin, oshxona va shu kabilarni sotib olish orqali vujudga kelishi mumkin.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning ko’rsatib o’tilgan yo’llari va usullaridan qaysi birini tanlash undan kutilgan maqsadga bog’liq. Masalan, Rossiyada davlat mulkini vaucher orqali be’ul taqsimlash usuli qo’llanildi. Bundan ommaviy xususiylashtirishdan ko’zlangan maqsad qisqa muddat ichida cheklar bozorini joriy etish hisobiga mulkdorlarning g’oyat keng qatlamini vujudga keltirishdan iborat edi.
Agar tadbirkorlikni rag’batlantirish ko’zda tutilsa, xususiylashtirish tanlab olingan ozchilik o’rtasida o’tkaziladi. Agar xususiylashtirish chetdan ka’italning kirib kelishiga, yo’l ochishi zarur bo’lsa, davlat mulkini xorijiy tadbirkorlarga berish shaklida amalga oshiriladi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarishda ayrim usullarga ustuvorlik berish boshqa usullarni qo’llashni rad etmaydi, aksincha, ularni ham qo’llash zarurligini bildiradi. Masalan, korxona jamoasiga ustunlik berilib, davlat mulkini akstiyalashtirish, bu akstiyalarni sotib olishda shu jamoadan tashqari kishilar va chet el ka’italining ishtirok etishi ham bo’lishi mumkin. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish sharoitga qarab ‘ulli, ‘ulsiz yoki imtiyozli tarzda o’tkaziladi. O’z shakli va usulidan qat’iy nazar bu tadbir xilma-xil mulkchilikni vujudga keltirishni ta’minlaydi, chunki davlat mulki hisobidan nodavlat mulkining barcha shakllari va turlari rivojlanadi.
O’zbekiston Res’ublikasining Qonun hujjatlarida xususiy mulkni shakllantirish manbalari ham ko’rsatiladi. Tadbirkorlik bilan shug’ullanish, yollanib ishlash, kredit muassasalariga qo’yilgan mablag’lar, qimmatli qog’ozlardan olinadigan daromadlar, meros tartibda mol-mulkni qo’lga kiritish kabilar ana shunday manbalardan hisoblanadi. Shuningdek, Res’ublika qonun hujjatlariga (O’zbekiston Res’ublikasi ‘rezidentining 1994 yil 21 yanvardagi Farmonining 3-bandi) muvofiq savdo, xizmat ko’rsatish sohasi ob’ektlarini ular joylashgan er uchastkalari bilan birga tanlov asosida sotilishiga ruxsat beriladi. Mazkur er uchastkalariga xususiy mulk huquqining hamma me’yorlari taalluqli bo’lib, ular sotilishi, vasiyat qilib qoldirilishi, ijaraga berilishi mumkin. Demak, qishloq xo’jaligidan boshqa ayrim faoliyatlarda er ham xususiy mulk ob’ekti bo’lishi mumkin. Biroq erning boshqa toifalari, jumladan, umumiy foydalanishdagi erlar, qishloq xo’jalik ekinzorlari va davlat zahirasiga kiritilgan erlar davlatning alohida mulk ob’ektlaridir va shu sababli ular fuqarolarga faqat meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod egalikka berilishi mumkin.
Turli shakldagi mulklarning birikib ketishi natijasida aralash mulk ‘aydo bo’ladi. Bu mulk alohida olingan ob’ektning turli mulkdorlar ishtirokida o’zlashtirilishini bildiradi.
O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida mulkchilikning turli xil shakllarini vujudga keltirish asosiy maqsad emas. Bu faqat ishlab chiqarishni rivojlantirish va uning samaradorligini oshirishning barcha imkoniyatlaridan to’liq foydalanish, tashabbuskorlik va sog’lom raqobatni vujudga keltirish uchun qulay muhit yaratishga qaratilgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |