Kurs ishining maqsadi. Ushbu kurs ishining maqsadi mulk hamda mulkchilik faoliyati borasida chuqur nazariy bilimlarni egallash, ularda atroflicha amaliy ko`nikmalar hosil qilishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari. Kurs ishning vazifalari quyidagilar:
Mulk shakllari xilma-xilligi va raqobatchilik muxitining paydo bo‘lish tarixi;
Raqobatning mohiyati, iqtisodiy asoslari va maqsadi;
Raqobat usullari;
O‘zbekistonda antimonopol qonunchilik va raqobatchilik uchun shart-sharoitning vujudga kelishini o`rganish.
Kurs ishining predmeti. Mulkchilik va uning mohiyatini o`rganishlik dolzarbligi hamda rivojlanayotgan davlatlarda mulkchilik faoliyatining roli.
Kurs ishining obyekti. Rivojlangan davlatlardagi mulkchilikka oid statistik ko`rsatkichlar.
Kurs ishining tuzilishi. Ushbu kurs ishi kirish, ikki bob, to’rtta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil to’gan.
1-BOB. MULK SHAKLLARI XILMA-XILLIGI VA RAQOBATCHILIK MUXITINING PAYDO BO‘LISHI
1.1 MULK SHAKLLARI XILMA-XILLIGI VA RAQOBATCHILIK MUXITINING PAYDO BO‘LISH TARIXI
Mulkchilik munosabatlari har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining asosiy munosabatlaridan birini tashkil qilib, insoniyat taraqqiyotining mahsuli hisoblanadi.
Mulkchilik munosabatlari moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarish hamda jamiyat boyliklarini o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladi.
Shunday ekan, mulkchilik munosabatlari - bu mulkka egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish va o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir.
Mulkka egalik qilish mulkning egasi qo’lida saqlanib turishini bildiradi va yaratilgan moddiy boyliklarni o’zlashtirishning ijtimoiy shaklini ifodalaydi. Ayrim hollarda mulkka egalik qilish uning egasi ixtiyorida saqlangan holda, undan amalda foydalanish esa boshqalar qo’lida bo’ladi. Bunga ijaraga berilgan mol-mulkni misol qilib keltirish mumkin. Mulkdan foydalanish - bu mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo’llanilishidir. Mol-mulkni o’zlashtirish yuz berganda u daromad olish uchun yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ishlatilishini bildiradi. Mulkni tasarruf etish - bu mol-mulk taqdirining mustaqil hal qilinishidir. U mol-mulkni sotish, meros qoldirish, hadya qilish, ijaraga berish kabi hollar orqali ro’y beradi.
Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmunini uning ajralmas jihatlari (egalik qilish, foydalanish, o’zlashtirish va tasarruf etish) belgilab bersada, bu munosabatlar tavsifi nafaqat alohida mulk shakllarida, balki bitta mulk shakli doirasida ham farqlanishi mumkin.
Misol uchun xususiy mulk shaklini olaylik. O’z-o’zidan ko’rinib turibdiki, bu mulk shakli bir necha ming yillardan buyon hozirgacha saqlanib kelgan. Shu bilan birga bu davr davomida xususiy mulk mazmunida tubdan o’zgarishlar sodir bo’ldi. Uning o’zgarishiga xususiy mulkchilikni amalda qo’llash (ro’yobga chiqarish) usullari sabab bo’ldi. Xususiy mulkchilik mehnatga majbur qilish yo’li bilan ro’yobga chiqarilsa, u quldorlik yoki feodal xarakter kasb etadi: ro’yobga chiqarish mulkdorning o’z mehnati yordamida amalga oshirilsa, mayda tovar ishlab chiqarishi uchun xarakterli bo’lgan mehnat qilib to’ilgan xususiy mulk ‘aydo bo’ladi; nihoyat, xususiy mulk yollanma ishchilar tomonidan harakatga keltirilsa, ka’italistik xususiy mulki ‘aydo bo’ladi.
Mulkchilik jamiyatdagi ham huquqiy, ham iqtisodiy munosabatlar mazmunini o’zida ifodalaydi. Mulkchilikning huquqiy va iqtisodiy mazmuni o’zaro bog’liq va bir-birini taqozo qiladi, shu sababli mulkchilik bir vaqtda ham iqtisodiy, ham huquqiy kategoriya hisoblanadi. Bu birlikda, yuqorida ko’rsatilganidek, hal qiluvchi rolni mulkchilikning iqtisodiy tomoni egallaydi. Agar mulk iqtisodiy jihatdan ro’yobga chiqarilmasa, ya’ni o’zlashtirilmasa, ishlab chiqarishda foydalanilmasa yoki mulk egasiga daromad keltirmasa, bunda u «huquqiy» kategoriya sifatida qoladi.
Mulkchilik xo’jalik va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllari orqali iqtisodiy jihatdan ro’yobga chiqariladi.
Boshqa tomondan, mulkchilikning huquqiy jihati uning iqtisodiy tomoniga nisbatan faqat bo’ysinuvchi rol o’ynamaydi. Bu shunda ko’rinadiki, ishlab chiqarish vositalariga ma’lum huquqiy egalik qilmasdan, hech kim ishlab chiqarish jarayonini amalga oshira olmaydi, ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan mahsulotdan foydalana olmaydi. Shu sababli mulkchilikning huquqiy normalari (egalik qilish, tasarruf qilish, foydalanish huquqi) iqtisodiy munosabatlarning aniqlashtirilgan ko’rinishi hisoblanadi.
Xuquqiy normalar, bir tomondan, aynan mulkchilik munosabatlarini muhofaza qilish zarurati bilan bog’liq holda vujudga kelsa, boshqa tomondan u tovar ishlab chiqarish sharoitida mulkchilik munosabatlarini rivojlantirishda g’oyat muhim rol o’ynaydi. Bu rol shunda ko’rinadiki, tovar xo’jaligi sharoitida ayrim ijtimoiy qatlamlar ishlab chiqarish jarayonida qatnashmasdan, ayirboshlash munosabatlarida ishtirok etib (masalan, savdo vositachilari) mulkdorga aylanish imkoniyati ‘aydo bo’ladi.
Shunday qilib, mulkchilikning huquqiy normalari, birinchidan, ishlab chiqarish vositalari va yaratilgan moddiy ne’matlarning muayyan shaxslarga (huquqiy yoki jismoniy) tegishli ekanligini, ikkinchidan, mulk egalarining qonun bilan qo’riqlanadigan vakolatlarini va nihoyat, uchinchidan mol-mulkni himoya qilish usullarini belgilab beradi.
Mulkchilik munosabatlari va ulardan kelib chiquvchi huquqiy vakolatlarning mohiyatini quyidagi shartli misol yordamida yaqqolroq tasavvur etish mumkin (1-jadval).
1-jadval. Mulkchilik munosabatlari va huquqiy vakolatlarning taqsimlanishi.
Bunda mulkchilik munosabatlaridan kelib chiquvchi huquqiy vakolatlarni muayyan er maydoniga mulkchilik sharoitidagi 4 ta holat orqali ko’rib chiqamiz.
Birinchi holat. Erning mulkiy egasi zamindor bo’lib, erda uning o’zi mehnat qiladi va tabiiyki, ishlab chiqarish natijasini ham o’zi o’zlashtiradi.
Ikkinchi holat. Zamindorning erda ishlash uchun vaqti etarli bo’lmaganidan yollanma ishchi mehnatini qo’llay boshladi. Natijada erdan foydalanish, ya’ni uning iste’mol xususiyatlaridan bevosita foydalanish huquqi ishchiga o’tdi. Bunda zamindor ishchining mehnati uchun ma’lum ish haqi to’laydi, biroq, ishlab chiqarish natijasini o’zlashtirishni o’z ixtiyorida saqlab qoladi.
Uchinchi holat. Zamindor erning holatini va yollanma ishchi ustidan nazorat uchun ham vaqt to’a olmay, erni uzoq muddatga ijarachiga to’shirdi. Ijarachi erga egalik qiluvchi va, unda shaxsan o’zi ishlagani uchun, erning foydalanuvchisiga aylandi. Ishlab chiqarish natijasini zamindor (ijara haqi ko’rinishida) va ijarachi birgalikda o’zlashtiradi.
To’rtinchi holat. Endi ijarachining o’zi ham erda mehnat qilmay, yollanma ishchidan foydalana boshladi. Natijada er bo’yicha mulkiy huquqlarning yanada tabaqalanishi ro’y berdi: erdan foydalanuvchi – ishchi, uning egasi – ijarachi (ijara shartnomasi muddati davomida), tasarruf etuvchisi – zamindor. Ishlab chiqarish natijasi ijarachi va zamindor o’rtasida taqsimlanib, ishchi uchun ish haqi to’lanadi.
Mulkchilik munosabatlari uning ob’ektlari va sub’ektlari bo’lishini shart qilib qo’yadi. Mulkka aylangan barcha boylik turlari mulkchilik ob’ektlaridir. Mulk ob’ekti bo’lib, inson yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar, tabiiy boyliklar, aqliy mehnat mahsuli, insonning mehnat qilishi qobiliyati - ishchi kuchi va boshqalar hisoblanadi. Mulk ob’ektida asosiy bo’g’in - bu ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari kimniki bo’lsa, ishlab chiqarilgan mahsulot ham unga tegishli bo’ladi.
Real hayotda ishlab chiqarish vositalarining umumlashish darajasi turli xil, ya’ni ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish vositalari bilan qo’shilishi turli darajada va turli shakllarda amalga oshiriladi. Shunga mos ravishda mulk sub’ektlari vujudga keladi. Mulk sub’ekti jamiyatda ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy mavqeiga ega bo’lgan, mulk ob’ektini o’zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari bo’lib, ular jamoa, sinf, tabaqa yoki boshqa ijtimoiy guruhlarga birlashgan bo’ladi. Ayrim kishilar, oilalar va davlat ham mulkchilik sub’ekti bo’lib chiqadi.
Mulk ob’ektlari va sub’ektlari yordamida mulkchilik munosabatlari va huquqlarini yanada yaqqolroq tushunish mumkin. Mulkchilik munosabatlari – bu mulk ob’ektini o’zlashtirish bo’yicha mulk sub’ektlari o’rtasidagi iqtisodiy munosabatdir. Bu qoidani quyidagi tasvir orqali ifodalash mumkin:
Mulkchilik huquqlari esa mulk sub’ektining mulk ob’ektiga nisbatan munosabatidir, ya’ni undan foydalanish va nazorat qilish yuzasidan kelib chiquvchi huquqlar majmuidir:
Mulkning tuzilishi va shakli xilma-xilligi sababli, bu mulkni o’zlashtiruvchi yuqorida ko’rsatilgan sub’ektlar ham turli darajada bo’ladi. Masalan, davlat mulkining bevosita sub’ektlari res’ublika hokimiyati va boshqaruv organlari, davlat korxonalari va muassasalari hamda ularning mehnat jamoalari a’zolari bo’lishi mumkin.
Jamoa mulk sub’ektlari (tasarruf etuvchilar) sifatida jamoa korxonalari, ko’erativlar, xo’jalik jamiyati va shirkatlari, akstionerlik jamiyatlari, xo’jalik birlashmalari (uyushmalari), jamoat va diniy tashkilotlar bo’lishi mumkin.
Aralash mulk, ya’ni huquqiy shaxslar va fuqarolarning mulki ham mavjud bo’lishi sababli, bu mulk sub’ektlari sifatida qo’shma korxonalar, xorijiy fuqarolar, xorijiy tashkilotlar va xorijiy davlatlar chiqadi.
Shunday qilib, mulk sub’ektlari ko’’ darajali bo’lib, shu sub’ektlardan birontasi o’zini mulk egasi sifatida yuzaga chiqara olmasa, unda mulkchilik munosabatlari rasmiy va yuzaki tus oladi.
Mulkchilik munosabatlarining samarali amal qilishi mulk bilan bog’liq huquqlarning bir-biridan to’g’ri va aniq ajratilishi hamda ularning xo’jalik sub’ektlari o’rtasida oqilona taqsimlanishiga bog’liq bo’ladi. Bu qoidalar neoinstitustionalizm yo’nalishining muhim nazariyalaridan biri bo’lgan mulkchilik huquqlari iqtisodiy nazariyasi tomonidan keng yoritib berilgan.
Mulkchilik huquqlari nazariyasining asoschilari bo’lib amerikalik iqtisodchilar R.Kouz va A.Alchian hisoblanadi. Shuningdek, bu nazariyaning yanada rivojlanishida Y.Barstel, G.Demeest, D.Nort, R.’ozner va boshqalar katta hissa qo’shganlar.
Mulkchilik huquqlari nazariyasi namoyondalari mazkur muammoni tadqiq etishdagi ikkita o’ziga xos yondoshuvlari bilan ajralib turadi.
Birinchidan, ular o’z tadqiqotlarida odatdagi «mulkchilik» tushunchasini emas, balki «mulkchilik huquqlari» tushunchasini qo’llaydilar. Ularning fikricha, resursning o’zi mulk hisoblanmaydi, balki resursdan foydalanish bo’yicha huquqlar to’’lami yoki ulushi mulkchilikni tashkil etadi.
Mulkchilikning to’liq «huquqlar to’’lami» o’z ichiga quyidagi 11 ta huquqni oladi:
Egalik huquqi, ya’ni ne’matlar ustidan to’liq jismoniy nazorat o’rnatish huquqi;
Foydalanish huquqi, ya’ni ne’matlarning foydali xossalarini o’zi uchun qo’llash huquqi;
Boshqaruv huquqi, ya’ni ne’matlardan foydalanishni kim va qay yo’sinda ta’minlashini hal etish huquqi;
Daromad olish huquqi, ya’ni ne’matlardan foydalanish orqali natija olish huquqi;
Suverenlik huquqi, ya’ni ne’matni begonalashtirish, iste’mol qilish, o’zgartirish yoki yo’k qilish huquqi;
Xavfsizlikni ta’minlash huquqi, ya’ni ne’matni eks’ro’riastiya qilinishi hamda tashqi muhit tomonidan zarar keltirilishidan himoyalash huquqi;
Ne’matni merosga berish huquqi;
Ne’matga ega bo’lishning muddatsizligi huquqi;
Ne’matdan tashqi muhitga zarar etkazuvchi usullar orqali foydalanishni taqiqlash huquqi;
Qarz uchun to’lov sifatida javobgarlik huquqi, ya’ni qarzni uzishda ne’matdan to’lov sifatida foydalanish imkoniyatini qo’llash huquqi;
Qoldiq tavsifidagi huquq, ya’ni buzilgan vakolatlarni tiklanishini ta’minlovchi tartib va muassasalarning amal qilishi huquqi.
Mulkchilik huquqlari ne’matlarning amal qilishi bilan bog’liq holda vujudga keluvchi va ulardan foydalanishga taalluqli bo’lgan kishilar o’rtasidagi jamiyat tomonidan (davlat qonunlari, ma’muriy farmoyishlar, an’analar, odatlar va h.k.) ruxsat etilgan hulqiy munosabatlardan iborat. Bu munosabatlar ne’matlar bo’yicha hatti-harakatlar me’yorini namoyon etib, kishilar o’zaro hatti-harakatlarda bu me’yorlarga amal qilishlari lozim. Aks holda, ularga amal qilmaganliklari uchun ma’lum sarf-xarajatlarga tushishlari, tovon to’lashlari lozim. Boshqacha aytganda, mulkchilik huquqlari jamiyatda qabul qilingan ma’lum «o’yin qoidalari»dan iborat. «Mulkchilik huquqlari – bu ma’lum resurslardan foydalanishni nazorat etish hamda bu borada vujudga kelgan xarajat va foydani taqsimlash huquqlaridir. Aynan mulkchilik huquqlari yoki, kishilarning fikrlaricha, tegishli o’yin qoidalari jamiyatdagi talab va taklif jarayonlarining aynan qay tarzda amalga oshishini belgilab beradi»1.
Ikkinchidan, mulkchilik huquqlari nazariyasi asoschilari mulkchilik munosabatlarini resurslarning cheklanganligi, nisbatan kamyobligi muammosidan keltirib chiqaradilar: «Qandaydir kamyoblik, cheklanganlik shart-sharoitisiz mulkchilik to’g’risida so’z yuritish ma’noga ega emas».2
To’g’ri, bunday yondoshuv yuqorida nomlari tilga olingan iqtisodchilarning kashfiyotlari hisoblanmaydi; bu yondoshuv dastlab 1871 yilda avstriyalik iqtisodchi K.Menger tomonidan «Siyosiy iqtisodning qaror to’ishi» kitobida asoslab berilgan edi. Mulkchilik, deb yozgan edi K.Menger, ehtiyojlarga nisbatan miqdori kam bo’lgan ne’matlarning mavjudligi sharoitida vujudga keladi. Shuning uchun mulkchilik munosabatlari «ehtiyojlar hamda ularni qondirish imkoniyati doirasidagi ne’matlar miqdori o’rtasidagi nomuvofiqlik»3 muammosini hal eta oladigan yagona munosabat hisoblanadi.
Bunday nomuvofiqlik shunga olib keladiki, mulkchilik munosabatlarining markaziy holati bo’lib ularning rad etuvchi tavsifi maydonga tushadi. Mulkchilik munosabatlari – bu moddiy va nomoddiy resurslarga erishishni rad etish tizimidir. Resurslarga erishishda rad etish holatining mavjud emasligi, ya’ni, ularga erishishning erkinligi, bu resurslar hech kimniki emasligi yoki barchaga baravar tegishli ekanligini anglatadi. Bunday resurslar mulkchilik ob’ekti bo’la olmaydi. Ulardan foydalanish bo’yicha kishilar o’rtasida iqtisodiy, bozor munosabatlari ‘aydo bo’lmaydi.
Mulkchilik huquqlari nazariyasi mualliflarining nuqtai nazariga ko’ra resurslarga erkin erishishdan boshqalarning rad etilishi resurslarga bo’lgan mulkchilik huquqlarini tasniflashni anglatadi.
Tasniflashning ma’no va maqsadi mulkchilik huquqini haqiqatan ham mulkni yuqoriroq baholovchi, uning qadriga etuvchi, undan nisbatan ko’’roq foyda oluvchi kishilar tomonidan egallanishi uchun sharoit yaratishdan iborat.
«Agar ma’lum hatti-harakatlarni sodir etish uchun huquqlarni sotish va sotib olish mumkin bo’lganda edi, - deb yozadi R.Kouz, - ularni ‘irovardida eng yuqori baholovchi kishilar tomonidan sotib olingan bo’lar edi. Bu jarayonda huquqlar shunday tarzda sotib olingan, taqsimlangan va uyg’unlashtirilgan bo’ladiki, ular asosida yo’lga quyilgan faoliyat eng yuqori bozor qiymatiga ega bo’lgan daromad keltiradi».4
Shunday qilib, tasniflash, ya’ni mulkchilik huquqlarini aniq belgilashning asosiy vazifasi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar xulq-atvorini shunday o’zgartirishdan iboratki, natijada ular o’ta samarali qarorlar qabul qiladilar. Chunki, mulk bo’yicha faoliyatning barcha ijobiy va salbiy natijalari ‘irovardida mulkdor zimmasiga borib taqaladi. Shunga ko’ra u mulk yuzasidan qarorlar qabul qilish chog’ida bu natijalarning to’liq hisobga olinishidan manfaatdordir. Mulkchilik huquqlari qanchalik aniq bo’lsa, xo’jalik yurituvchi sub’ektning qaroridan boshqa birovlarga tegishi mumkin bo’lgan foyda yoki ziyonni hisobga olishga rag’bat shu qadar kuchli bo’ladi. Aynan shuning uchun mulkchilik huquqlarini ayirboshlash jarayonida u yoki bu ne’matlar ularning qadrini eng yuqori tarzda baholagan iqtisodiy agentlarga beriladi. Shu orqali resurslarning samarali taqsimlanishiga erishiladi, chunki ayirboshlash jarayonida resurslar nisbatan unumsiz foydalanishdan unumli foydalanishga, kam qadrlovchi shaxslardan ko’’roq qadrlovchi shaxslarga o’tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |