Maktab laboratoriysida ammaik olish tajribasini kimyo sanoat texnologiyalariga muvofiq tashkil etishning uslubiy masalalari



Download 0,68 Mb.
bet1/4
Sana08.04.2022
Hajmi0,68 Mb.
#536529
  1   2   3   4
Bog'liq
2.Kuchkarov. ammiak. DOCX 7777


MAKTAB LABORATORIYSIDA AMMAIK OLISH TAJRIBASINI KIMYO SANOAT TEXNOLOGIYALARIGA MUVOFIQ TASHKIL ETISHNING USLUBIY MASALALARI
M. A.Kuchkarov,
Nizomiy nomli TDPU o’qituvchisi


Annotatsiya
Ushbu maqola umumiy o’rta ta’lim tizimida kimyoviy eksperimentni tashkil etishni, xususan “Ammiak olish” laboratoriya ishini kimyo sanoati texnologiyalariga muvofiqlashtirgan holda tashkil etishga bag’ishlangan. Kimyo eksperimentini tashkil etishga bunday yondoshuv, o’quvchilarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg’unlashtirish bilan birga, sanoat ishlab chiqarish jarayonlari haqida aniq tasavvur hosil bo’lishiga yordam beradi. Bu tadbir o’z navbatida, o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini mustahkamlovchi, fikrlash doirasini kengaytiruvchi, tadqiqotchilik, ijodkorlik qobilyatlarini oshiruvchi vosita bo’lib xizmat qiladi.
Kalit so’zlar: Kimyoviy eksperiment, katalizator, imitatsiya, xomashyo, elektrolizyor, ammiak olish.
Аннотация
Данная статья посвящена организации химического эксперимента в системе общего среднего образования, в частности организации лабораторной работы “получение аммиака” в соответствии с технологиями химической промышленности. Такой подход к организации химического эксперимента, сочетающий теоретические знания учащихся с практикой, способствует формированию четкого представления о процессах промышленного производства. Это процесс служит средством закрепления знаний и умений учащихся, расширения сферы их мышления и повышения творческих способностей.
Ключевые слова: химический эксперимент, катализатор, имитация, сырье, электролизер, получение аммиака.


Annotation
This article is devoted to the organization of a chemical experiment in the system of general secondary education, in particular, the organization of laboratory work "production of ammonia” in accordance with the technologies of the chemical industry. This approach to the organization of a chemical experiment, combining the theoretical knowledge of students with practice, contributes to the formation of a clear understanding of the processes of industrial production. This process serves as a means of consolidating students' knowledge and skills, expanding the scope of their thinking and increasing creative abilities.
Keywords: chemical experiment, catalyst, imitation, homeopathy, electrolysis, ammonia extraction.


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo va biologiya yo’nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini oshirish va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qaroriga asosan, ta’lim tizimida “kimyo” va “biologiya” yo’nalishlarida ta’limning sifat va samaradorligini oshirish maqsadida amaliy mashg’ulotlarga alohida e’tibor berish kerakligi ta’kidlab o’tilgan [1].
Kimyo eksperimentini tashkil etishga bunday yondoshuv, o’quvchilarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg’unlashtirish bilan birga, sanoat ishlab chiqarish jarayonlari haqida aniq tasavvur hosil bo’lishiga yordam beradi. O’quvchilar aynan ishlab chiqarish jarayonlari asosida eksperiment o’tkazishlari, ularning bilim va tushunchalarini shakllanishida, ijodkorlik qobilyatlarini rivojlanishida juda muhim omil hisoblanadi. Shuni nazarda tutgan holatda o’quv laboratoriyalarini, imkon qadar sanoat ishlab chiqarish jarayonlariga, ham xomashyo jihatidan, ham qurilmalar jihatidan yaqin ko’rinishda tashkil etish maqsadga muvofiq.
Kimyoviy eksperimentni tashkil etishda muhim yoʻnalishi: oʻquv eksperimenti motivatsion ta’lim hodisasi emas, balki uning zarurligiga ishonch hosil qilish va hayotiylik his etgan holda amalga oshirishdir. Agar tajriba ijtimoiy, koʻpincha ekologik boʻlsa va ishlab chiqilayotgan loyihaning bir qismi boʻlsa, oʻquvchilar uni istalgan boʻsh vaqtlarida katta ishtiyoq bilan oʻtkazishga tayyor boʻladi.
Amaldagi o’quv dasturi va darslikka ko’ra “Azotning vodorodli birikmalari” mavzusiga doir “Ammiak olish va u bilan tajribalar o‘tkazish” (3-amaliy mashg’ulot) amaliy mashg’uloti hamda “Ammoniy tuzlariga so‘ndirilgan ohak ta’sir ettirib ammiak olish va uning xossalarini o‘rganish” (9-laboratoriya ishi) mavzusidagi laboratoriya ishi berilgan. Har ikkala eksperiment ham bir xil ananaviy usul - ammoniy tuzlari va asoslar orasidagi reaksiyaga asoslangan. Maktab laboratoriyasida ham ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyolardan, vazifasiga ko’ra imitatsiya qilingan qurilmalardan foydalanish o’quvchilarning dunyo qarashlarini kengaytiradi hamda bilimlarini amaliyotga qo’llay olish xususiyatini oshiradi. Shuni ta’kidlab o’tish joizki, laboratoriyada bu usullar bilan olingan mahsulotlarda qo’shimchalarning bo’lishi, mahsulot unimining pastligi kabi holatlar bo’lishi mumkin (kelajakda o’quv laboratoriyasining reaktivlar ta’minotiga qo’shimcha katalizatorlar, reaktivlar, moslashtirilgan qurilmalar, hatto, sanoatdagi qurilmalarning mahsulot chiqaruvchi kichik modellari kiritilishi, bu muammolarni ham bartaraf etishi mumkin). Eng muhimi, oz miqdorda bo’lsada, haqiqiy sanoat texnologiyalari bo’yicha mahsulot olinishi, o’quvchilarda o’zlariga ishonch, bilimlarini amaliyotga qo’llay olish, ijodkorlik xususiyatlarini shakllanishiga olib keladi.
Shu maqsadda maktab laboratoriya mashg’ulotlari uchun mazmunan o’zgartirilgan qo’shimcha uslubiy tavsiyalar tayyorlandi.
Tajriba. 8-sinf. VI BOB. Azot guruhchasi. 37-§.Azotning vodorodli birikmalari. 3-Amaliy ish. “Ammiak olish va u bilan tajribalar o‘tkazish”. 9-laboratoriya ishi “Ammoniy tuzlariga so‘ndirilgan ohak ta’sir ettirib ammiak olish va uning xossalarini o‘rganish”.

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish