Makroiqtisodiyotga kirish Reja



Download 43,58 Kb.
bet1/7
Sana07.07.2022
Hajmi43,58 Kb.
#755639
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Makroiqtisodiytga kirish


Makroiqtisodiyotga kirish
Reja
1.Makroiqtisodiyot fanining shakllanishi tarixi, predmeti va tadqiqot usullari.
2.Makroiqtisodiyotning iqtisodiyot sohasidagi boshqa fanlar bilan aloqadorligi.
3. Makroiqtisodiyotning muammolari. Makroiqtisodiy siyosat.
4. Resurslar, tovarlar va xizmatlar hamda daromadlarning doiraviy aylanishi


Tayanch iboralar: makroiqtisodiyot, agregatlash, makroiqtisodiy modellar, makroiqtisodiy siyosat, uy xo`jaliklari, milliy iqtisodiyot, firmalar, davlat, tashqi dunyo.


1.Makroiqtisodiyot fanining shakllanishi tarixi, predmeti va tadqiqot usullari


Makroiqtisodiyot atamasi kundalik foydalanishga nisbatan yaqindagina kiritilgan bo`lsada makroiqtisodiy tahlil elementlari iqtisodiyot fani bilan deyarli birga paydo bo`ldi. Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini yaxlit bir jarayon sifatida tadqiq qilish, unga turli elimentlarining o`zaro bog’liqligi va o`zaro ta`siri xos bo`lgan tizim sifatida yondoshish dastlab F. Kene asarlarida uchraydi. Frantsiya qiroli Lyudovik XV saroyi shifokorii F.Kene 1758 yilda, milliy mahsulot ishlab chiqarish jarayoni pul oqimlarining doiraviy aylanishi sifatida tasvirlangan “Kene jadvali” ni tuzishda ilk bor makroiqtisodiy tahlil elimentlarini qo`lladi.
Makroiqtisodiy tahlilning tamal toshlari, shuningdek, J.B.Sey, L.Val’ras, V.Pareto va boshqa olimlar tomonidan XIX asrdanoq qo`yilgan edi deb ta`kidlash mumkin. Keyinchalik, K.Marks o`zining jami ijtimoiy mahsulot(JIM)ni takror ishlab chiqarish sxemasi, V.Leon’tev esa o`zining tarmoqlararo balansi bilan makroiqtisodiyotni iqtisodiy nazariyaning alohida bo`limi sifatida ajralib chiqishi uchun mustahkam asos yaratishdi. J.M. Keyns esa o`zining “Ish bilan bandlilik, foiz va pulning umumiy nazariyasi”(1936 yil) asari bilan bu jarayonni mantiqiy yakuniga etkazdi. SHu sababli ham J.M. Keyns makroiqtisodiyot fanining asoschisi sifatida tan olinadi.
SHunday qilib, makroiqtisodiyot o`z predmeti va tadqiqot usullariga ko`ra mustaqil fan sifatida XX asrning o`rtalariga kelib shakllanib bo`ldi.
Makroiqtisodiyot umumiy iqtisodiy nazariyaning bo`limi hisoblanib, unda milliy xo`jalik darajasida iqtisodiyotning fundamental muammolari tadqiq qilinadi.
Makroiqtisodiy nazariyaning ikki ko`rinishi o`zaro farqlanadi:
a) pozitiv makroiqtisodiyot;
b) normativ makroiqtisoiyot.
Pozitiv makroiqtisodiyot real iqtisodiy hodisalarni va ularning aloqadorliklarini o`rganadi.
Normativ makroiqtisodiyot esa qaysi sharoitlar yoki jihatlar maqbul yoki nomaqbul ekanligini belgilaydi, harakatning aniq yo`nalishlarini taklif etadi.
SHu joyda iqtisodiy nazariyaning ikki mustaqil bo`limi sifatida makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot fanlarining predmetlarini o`zaro farqlab olishimiz zarur.
Mikroiqtisodiyot predmeti bo`lib “belgilangangan” iqtisodiy shart-sharoitlarda uy xo`jaliklari va firmalar darajasida iqtisodiy qaror qabul qilish mexanizmi hisoblanadi. Mikroiqtisodiy tahlil ob`ekti bo`lib alohida tovarlar bozorlari, resurslar bozorlari, ulardagi talab va taklif hisoblansa makroiqtisodiyotda milliy iqtisodiyot darajasida mehnat, pul, tovarlar va xizmatlar bozorlarining o`zaro munosabatlari va o`zaro ta`sirini tahlil qilinadi..
Mikroiqtisodiyotda “belgilangan” deb qabul qilingan, ya`ni mikroiqtisodiy tadqiqot predmeti hisoblanmaydigan ko`pgina ko`rsatkichlar, jumladan iste`molchilarning daromadlari, jamg’armalari, foiz stavkasining dinamikasini va buni belgilovchi omillarni makroitisodiyot tadqiq qiladi.

Download 43,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish