“MAKROIQTISODIYOT” FANIDAN
MUSTAQIL ISH MAVZULARI VA BAJARISH TARTIBI
Mustaqil ish - xar xil nuqtai nazarlarni o‘zaro solishtirish va tahlil qilish
ko‘nikmasini talab etadigan bir yoki bir qancha manbalarni o‘zida mujassam
etadigan g’oyalarni qisqacha yozma ko‘rinishdagi taqdimotidir
Mustaqil ish kirish, asosiy qism, xulosa va adabiyotlar ro‘yxatidan tarkib
topadi.
Kirish qismida muammo, Mustaqil ishning mavzusiga ko‘ra
predmeti,
maqsadi va mazmuni, tadqiqot usullari qisqacha bayon qilinadi.
Asosiy qismda rejada belgilangan savollar yoritiladi. Bunda mantiqiy izchillik
saqlanishiga, bayon qilish tilining ravon va tushunarli ekanligiga, savol qisqa va
lo‘nda yoritib berilishiga e’tibor qaratiladi.
Xulosa qismida tadqiqot yakuniga ko‘ra muallif chiqargan xulosalar birma-bir
bayon qilinadi.