Ishsizlik darajasi deb ishsizlarni ishchi kuchi soniga nisbatiga (% hisobida)
aytiladi va uni quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:
Ishsizlik darajasi = (ishsizlar soni / ishchi kuchi soni)x100
RASM
42
Har kuni bir nechta odamlar o’z ishlarini yo’qotishadi yoki tashlab ketishadi,
va ba’zi ishsizlar ishga yollanadi. Bu davriy inqiroz va oqim ishsiz bo’lgan ishchi
kuchining bir qismini belgilaydi. Bu qismda biz ishsizlik tabiiy darajasini nimalar
belgilashini ko’rsatadigan ishchi kuchi dinamikasi modelini rivojlantiramiz
2
. Biz
biroz muloxaza bilan boshlaymiz, keling L ishchini belgilasin. E ishlayotgan
ishchi kuchi soni va U ishsizlar soni. Har bir ishchi yoki ishli yoki ishsiz bo’lgani
uchun, Ishchi kuchi ishsizlar va ish bilan bandlarning yig’indisidir.
L=E+U
Bunda- ishsizlik darajasi U/L ga teng. Ishsizlik darajasiga qanday omillar
tasir qilishini ko’rishimiz uchun, faraz qilaylik ishchi kuchi L o’zgarmas va ishchi
kuchidagi ishlilar E va ishsizlar o’rtasidagi shaxslarning ko’chishiga bog’langan.
Keling s ishdan ayrilishning darajasini belgilasin, ishlaydiganlardan har oyda
ishini yo’qotgan yoki tashab ketganlar qismi. F ish topishning darajasini
ifodalasin, ishsiz shaxslarning har oyda ish topadigan qismi. Job separation
darajasi s va job finding darajasi f birgalikda ishsizlik darajasini ko’rsatib
beradi. Agar ishsizlik darajasi oshmasa ham pasaymasa ham, bunday holat ishchi
kuchi bozori barqaror bo’lgan vaziyatda bo’ladi, unda ish topadigan odamlar soni
fU, ishini yo’qotadigan odamlar soni s Ega teng bo’lishi kerak. Bunday barqaror
holatni quyidagicha yozishimiz mumkin.
fU=sE
Biz bu tenglamadan ishsizlikning barqaror darajasini topishda
foydalanishimiz mumkin. Ishchi kuchi haqidagi tarifimizdan, E=L-U; bu ish bilan
bandlar soni ishchi kuchidan ishszizlar sonini ayirganga teng. Agar barqarorlik
sharoitida E ni (L-U) bilan almashtirsak, topamiz
fU=s(L-U)
2
Robert E. Hall, “A Theory of the Natural Rate of Unemployment and the Duration of Unemployment,”
Journal of Monetary Economics 5 (April 1979): 153–169.
43
Keyin, tenglamaning ikkala tarafini L ga bo’lamiz, qo’lga kiritish uchun
Endi, U/L yechamiz, topishimiz uchun
Bu esa quyidagicha yozilishi mumkin
Bu tenglama barqarorlik sharoitidagi ishsizlik darajasi job separation darajasi s
va job finding darajasi f ga bog’liqligini ko’rsatadi. Job separation darajasi
qanchalik yuqori bo’lsa, ishsizlik darajasi ham shuncha yuqori bo’ladi.Job finding
darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, ishsizlik darajsi shunchalik past bo’ladi. Mana
quyida son bilan keltirilgan misollar Faraz qiling, ishlilarning 1 foizi har oyda
ishini yo’qatadi (s=0.01). bu o’rtacha oganda ish 100 oy yoki taxminan 8 yil
davom etadi deganidir. Yana faraz qiling, ishsizlarning 20 foizi har oyda ish
topadi (f=0.20), shunday ekan ishsizlikning vaqt oralig’i o’rtacha 5 oy davom
etadi. Demak, ishsizlikning barqaror darajasi
Ish bilan band
Ishdan ajralish
(s)
Ishsiz
Ish topish (f)
Do'stlaringiz bilan baham: |