"makroiqtisodiyot"


 LM  egri chizig’ining algebrik tahlili



Download 3,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/199
Sana31.12.2021
Hajmi3,28 Mb.
#268622
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   199
Bog'liq
Nazarova MM uz 3d090 (1) unlocked

 
3. LM  egri chizig’ining algebrik tahlili 
LM egri chizig’i o’zgarmas narxlar sharoitida pul vositalari bozorida vujudga 
keladigan foiz stavkasi va daromadlar darajasi o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni aks 
ettiradi. LM egri chizig’ining har bir nuqtasida pulga talab Md  pul taklifi Ms ga 
teng  bo’ladi  (liquidity  Preferense  =  Money  Supply).  Pul    bozorida  bunday 
muvozanatga  daromad  Y  ning  oshishi  bilan  foiz  stavkasi  R  ko’tarilsagina 
erishiladi.  
Ma’lumki,  pulga  talab  miqdoriga  foiz  stavkasidan  tashqari  daromadlar 
darajasi  ham  ta’sir  ko’rsatadi.  Daromadlar  yuqori  bo’lsa,  xarajatlar  ham  ko’p 
bo’ladi.  Bu  esa,  o’z  navbatida  iste’mol  va  boshqa  xarajatlar  uchun  pulga  talabni 
oshishiga  olib  keladi.  Shunday  qilib,  daromadlar  darajasining  yuqoriroq  bo’lishi 
pul talabini oshiradi. Boshqacha aytganimizda, daromad va pulga talab dinamikasi 
o’rtasida to’g’ri bog’liqlik mavjud. 
Pulga talab funktsiyasini quyidagicha yozamiz: 
      M/R= f(R;U) 
Pul  bozori  holatini  belgilovchi  ko’rsatkichlar  o’rtasidagi  bunday  o’zaro 
munosabatlarni 3-, 4-chizmalarda tasvirlaymiz.  
4-chizmadan  ko’rinib  turibdiki,  pulga  bo’lgan  talab,  foiz  stavkasi  pasayishi 
bilan,  shuningdek, daromadlar ko’payishi  natijasida  ham  oshadi.  Daromadlarning 
oshishi  natijasida  pulga  talab  egri  chizig’i  Md1  yuqori  surilib,  Md2  holatini 
egallaydi  va  unda  pul  bozoridagi  muvozanat  nuqtasi,  r1  holatidan  r2  holatiga 
o’tadi. 


137 
 
Shunday  qilib,  yuqoriroq  daromad  yuqoriroq  foiz  stavkasiga  olib  keladi  va 
buni  LM  egri  chizig’i  aks  ettiradi.  U  pul  bozorida  foiz  stavkasi  va  daromad 
o’rtasidagi  munosabatlarni  ko’rgazmali  tarzda  ifodalaydi.  Daromad  darajasi 
qancha  baland  bo’lsa,  pulga  bo’lgan  talab  shuncha  yuqori  va  shunga  muvofiq 
muvozanatli foiz stavkasi ham shuncha yuqori bo’ladi. 
LM egri chizig’i o’ziga xos konfiguratsiyaga ega: gorizantal qism va vertikal 
qism.  LM  egri  chizig’ining  gorizantal  qismi  foiz  stavkasi  R  ning  minimal 
darajasidan  pasaya  olmasligini  anglatsa,  vertikal  qism  foiz  stavkasi  R  ning 
maksimal  darajasi  chegarasidan  tashqarida  hech  kim  o’z  mablag’larining  likvid 
(pul)  shaklida  ushlab  turmasligini  va  ularni  qimmatli  qog’ozlarga  aylantirishini 
anglatadi. 
Narxlarning  o’zgarishi  hamda  pul  taklifi  hajmidagi  o’zgarishlar  LM  egri 
chizig’ining o’ngga yoki chapga siljishiga olib keladi. 
LM  egri  chizig’i  tenglamasi  pulga  talab  funktsiyasini  R  va  Y  ga  nisbatan 
echib topiladi. 
R ga nisbatan LM egri chizig’i tenglamasi quyidagicha: 
R=(k/h)Y - (1/h) (M/P). 
Y ga nisbatan LM egri chizig’i tenglamasi quyidagicha: 
Y = (1/k) (M/P) + (h/k) R. 
k/h  koefitsenti  LM  egri  chizig’ining    Y  o’qiga  nisbatan  og’ish  burchagini 
xarakterlaydi  hamda  fiskal  va  pul  kredit  siyosatining  nisbiy  samaradorligini 
baholaydi.  
 
R                                                       R 
                                                                                                   LM 
R1 
 
R2          M
d1 
                                     
                             M
d2
 
 
 
 
 
                         M                    M                             Y1            Y2         Y 
                         P                      P 
11.8-chizma. Pul bozoridagi   muvozanat                 11.9-chizma. LM egri chizig’i 
Shunday  qilib,  LM  egri  chizig’i  o’zgarmas  narxlar  sharoitida  pul  vositalari 
bozorida  vujudga  keladigan  foiz  stavkasi  va  daromadlar  darajasining 


138 
 
kombinatsiyalarini ko’rsatadi. LM egri chizig’ining har bir nuqtasida pul bozorida 
talab va taklif o’zaro teng bo’ladi. 
 

Download 3,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish