130
soddalashtirish uchun sof eksport miqdori yalpi daromadlar (Y) o’zgarishiga
bog’liq emas deb olinadi. Shuning uchun sof eksport to’lig’icha avtonom xarajatlar
miqdoriga qo’shiladi, ya’ni avtonom xarajatlar (a + I + G +Xn) yig’indiga teng
deb olinadi. Rejalashtirilgan xarajatlar chizig’i haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar
bir-biriga teng bo’lgan (Y=E) chiziqni qaysidir a nuqtada kesib o’tadi. Quyida
keltirilgan 14-chizmada tovarlar va xizmatlar bozorida qisqa muddatli
muvozanatga erishish mexanizmi tasvirlangan bo’lib, u “Keyns xochi” nomini
olgan. Y=E chiziqda haqiqiy investitsiyalar va jamg’armalar tengligi saqlanadi. a
nuqtada esa daromadlar rejalashtirilgan xarajatlarga teng bo’ladi. Shuningdek, bu
erda rejalashtirilgan hamda haqiqiy investitsiyalarning o’zaro tengligiga erishiladi.
Ya’ni, makroiqtisodiy muvozanat ta’minlanadi.
Agarda, ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi (Y1) uning muvozanat
darajasi(Y0)dan ko’p bo’lsa, iste’molchilar mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar
taklif qilganga nisbatan kam sotib oladi (AD
ko’rinishiga ega bo’ladi. Zahiralarning o’sishi firmalarda ishlab chiqarish hamda
bandlik darajalarini pasaytirishiga olib keladi. Bu esa YaIM hajmini Y1 dan Y0
gacha kamayishigaolib keladi va daromad va rejalashtirilgan xarajatlar
tenglashadi. O’z navbatida yalpi talab va taklifning tenglashishiga (AD = AS)
erishiladi. Aksincha, haqiqiy ishlab chiqarish (Y2) uning muvozanat darajasidan
(Y0) kam bo’lgan vaziyatda esa, firmalar iste’molchilar talabiga nisbatan kam
ishlab chiqarayotganligini (AD>AS) ko’ramiz. Talabning oshishi esa firmalar
zahirasining kamayishi hisobiga qondiriladi. Natijada, YaIM asta sekin Y2 dan Y0
ga qarab o’sadi va yana AD=AS tengligiga erishiladi. Bu esa ayni paytda E=Y va
I=S ayniyatlarga erishilganligini anglatadi.
E Y=E
E1 E=C+I+G+Xn
E0 Zahiralarning jamg’arilishi
E2
Zahiralarning kamayishi
Y2 Y0 Y1 Y (daromad, real xarajatlar)
11.4-chizma. Keyns xochi (Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli)
133
E Y=
E1=C+I+G+Xn
E
ΔE
E2 =E1ΔE
Retsession uzilish
Uo Y* Y
11.5-chizma. Ishlab chiqarishning haqiqiy va potentsial hajmi o’rtasidagi
retsession uzilish.
YaIMni to’liq bandlilikning noinflyatsion darajasiga qadar o’stirish uchun
jami talab (jami xarajatlar) ko’paytirilishi zarur bo’lgan miqdor retsession uzilish
deyiladi.
Ishlab chiqarishda to’liq bandlikka erishish va retsession uzilishni yo’qotish
uchun jami talabni rag’batlantirish va muvozanatli yalpi daromadning o’sishini
ta’minlash lozim. Yalpi daromadning o’sishi ΔU quyidagiga teng bo’ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: