1.3-rasm. Mineral-xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash amalga oshirish
yo`nalishlari
Xususan, 2017 yilda umumiy qiymati 1,0 mlrd dollarga teng 145 ta ishlab chiqarish quvvatlarini foydalanishga topshirish, jumladan meva-sabzavot va go`shtsut mahsulotlarini qayta ishlash sohasida qiymati 147,0 mln.dollarga teng 63 ta loyiha; rangli va qimmatbaho metallarni chuqur qayta ishlash bo`yicha qiymati 217 mln.dollarga teng 6 ta loyiha, kimyoviy ashyolarni chuqur qayta ishlash bo`yicha 25,0 mln. dollarlik 2 ta loyiha, uglevodorod xom ashyolarini qayta ishlashni chuqurlashtirigsh bo`yicha 342 mln.dollarlik 6 ta loyiha, tayyor charm poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish bo`yicha 6 mln.dollarlik 9 ta loyiha, farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirishga yo`naltirilgan 24 mln. dollar qiymatga teng 7 ta loyiha, qurilish materiallari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish bo`ytcha 151 mln.dollarlik 29 ta loyiha, tayyor to`qimachilik va tikuv trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirish bo`yicha 178 mln.dollarlik 15 loyihani amalga oshirish nazarda tutilmoqda.
2017-2021 yillarga mo`ljallangan Harakatlar strategiyasida hududlarni kompleks va muvozanatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning salohiyatidan samarali va optimal foydalanish yo`nalishi muhim o`rin tutadi (1.4-rasm). Bunda:
Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda nisbatan orqada qolayotgan Nurota,
Kattaqo`rg`on, Qo`shrabot, Qiziriq, Muzrabot, Boyovut, Sardoba tumanlarini kompleks rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Toshkent shahrining Yashnobod va Olmazor tumanlarida kichik biznesning inoovatsion texnoparklarini tashkil etish;
Kichik sanoat zonalarini tashkil etish;
Ishsizlik darajasi yuqori hududlarda yangi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish:
1.4-rasm. Tarmoq va sohalar bo`yicha ishsizlik darajasi yuqori bo`lgan hududlarda amalga oshiriladigan loyihalar4
3 O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017 yil 7 fеvraldagi PF-4947-sonli ―2017-2021 yillarda O‘zbеkiston Rеspublikasini rivojlantirishning bеshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar stratеgiyasi to‘g‘risida‖gi Farmoni ilovalari asosida tuzildi 4 O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017 yil 7 fеvraldagi PF-4947-sonli ―2017-2021 yillarda O‘zbеkiston Rеspublikasini rivojlantirishning bеshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar stratеgiyasi to‘g‘risida‖gi Farmoni ilovalari asosida tuzildi
Mazkur loyihalarining to`lig`icha va izchillik bilan amalga oshirilishi natijasida ishsizlik yuqori bo`lgan hududlarda bandlik darajasi ko`tariladi, hududning salohiyati ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |