Makroiqtisodiyot o`quv-uslubiy majmua



Download 10,48 Mb.
bet123/194
Sana15.06.2022
Hajmi10,48 Mb.
#674828
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   194
Bog'liq
Makroiqtisodiyot Majmua 2021

16.4.- rasm. Mandell-Flemingning Y-r modelida muvozanatga erishish mexanizmi66
Bunday vaziyatda ikki variant yuzaga keladi:
1.Almashinuv kursi juda past bo`lganligi sababli IS va LM egri chiziqlari jahon foiz stavkasidan yuqorida kesishadi( 16.4, a rasm). Bunday vaziyat chet ellik investorlarni mazkur mamlakat iqtisodiyotiga kapital kiritishga rag`batlantiradi. Natijada mamlakatning valutasi kursi ko`tariladi va IS egri chizig`i pastga siljiydi.
2. IS va LM egri chiziqlari ichki foiz stavkasi jahon foiz stavkasidan past bo`lgan nuqtada kesishadi( 16.4, b rasm). Bunday vaziyatda mazkur mamlakat investorlari kapitallarini xorijga olib chiqib ketishdan manfaatdor bo`lishadi. Natijada milliy valutaning almashinuv kursi pasayadi va IS egri chizig`i yuqoriga siljiydi.
Shunday qilib muvozanat LM egri chizig`ining gorizontal liniya bilan kesishish nuqtasida jahon foiz stavkasi darajasida o`rnatiladi.
Mandell-Flemingning Y-e modeli 16.5. va 16.6. rasmlarda tasvirlangan.
16.5. rasmda vertikal o`qda almashinuv kursining turli darajalari, gorizontal o`qda esa daromadning miqdorlari tasvirlangan. Foiz stavkasi o`zgarmas va jahon foiz stavkasiga teng deb tasavvur qilinadi. Bunday vaziyatda grafikda ikki tnglama tasvirlanadi:
1) Y=C(Y-T)+I(r*) +G+Xn(e), IS; 2) M/P= L(r*,Y), LM*.
Iqtisodiyotda muvozanat IS va LM egri chiziqlarining kesishish nuqtasida ta‘minlanadi. Bu kesishish nuqtasi almashinuv kursi va daromadning darajalarini aks ettiradi.
Grafikda tovar bozoridagi (IS*) va pul bozoridagi(LM*) muvozanat tasvirlangan. Jahon foiz stavkasi belgilab berilgan sharoitda LM* tenglamasi yalpi daromadni almashinuv kursiga bog`liq bo`lmagan holda qayd etadi.

16.5.-rasm. Mandell-Flemingning Y-e modeli67

16.6.-rasm. Mandell-Flemingning Y-e modeli68
16.6.-rasmda LM egri chizig`i gorizontal liniya bilan belgilangan jahon foiz stavkasi r* ga teng bo`lgan holatda aks ettirilgan. Bu egri chiziqlar birgalikda almashinuv kursiga bog`liq bo`lmagan daromad darajasini aniqlab beradi.


  1. 7.-rasm. LM* egri chizig`ining vertikal liniya ko`rinishi.

16.7. rasmda LM* egri chizig`i qanday qilib vertikal liniya ko`rinishini olishi aks ettirilgan.
Y-e modeli almashinuv kursi darajasi iqtisodiy siyosatga qanday ta‘sir etishini ko`rsatadi.
Mandell-Fleming modelini tahlil qilish kichik ochiq iqtisodiyotda davlatning har qanday iqtisodiy siyosati natijasi qayd qilingan va suzib yuruvchi valuta kursiga bog`liq degan xulosaga olib keladi. Masalan, suzib yuruvchi valuta kursi sharoitida daromadga faqat pul- kredit siyosati ta‘sir ko`rsatadi. Ayni paytda rag`batlantiruvchi budjet-soliq siyosatining ta‘siri, valuta kursining ko`tarilishi sababli, nolga teng bo`ladi.
Qayd qilingan valuta kursi sharoitida daromadga faqat budjet-soliq siyosati ta‘sir ko`rsatadi. Bunday sharoitda pul-kredit siyosati daromadlarga deyarli ta‘sir ko`rsatmaydi, chunki Markaziy Bankning pul taklifini o`zgartirishdan maqsadi almashinuv kursini belgilangan darajada saqlab turishdan iborat bo`ladi.
Bu o`zgartirish ichki iqtisodiy siyosat maqsadlariga to`g`ri kelish-kelmasligi e‘tiborga olinmaydi.

Download 10,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish