Makroiqtisodiyot” O‘quv-uslubiy majmua



Download 2,71 Mb.
bet159/182
Sana20.07.2022
Hajmi2,71 Mb.
#826200
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   182
Bog'liq
Makroiqtisodiyot O UM 2020-2021

Internet saytlari

  1. http:// www.gov.uz

  2. http:// www.lex.uz

  3. http://www.mineconomy.uz.

  4. http://www.mf.uz

  5. http://www.stat.uz

  6. http://www. soliq.uz

  7. http://www.cbu.uz

  8. http://www.wordbank.org.

  9. http://www.ebrd.org.

  10. http://www.imf.org



FANNING ISHCHI O‘QUV DASTURI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI



Ro’yxatga olindi

_____________________


2020 y. «____» ____________

Tasdiqlayman”
O’quv ishlari bo’yicha prorektor
dots. U.Axmedov
__________________________
2020 y. «___» ______________

Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi


MAKROIQTISODIYOT”




IshCHi FAN dasturI



Bilim sohasi:

200000

-Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq




600000

- Xizmatlar sohasi

Ta’lim sohasi:

230000

- Iqtisod




610000

- Xizmat ko’rsatish sohasi










Ta’lim yo’nalishi:

5230100

-Iqtisodiyot (makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, iqtisodiy nazariya, infratuzilma, ijtimoiy soha, real sektor, xizmatlar sohasi)




5230300

-Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil etish (real sektor, xizmatlar sohasi)




5231700

-Kadrlar menejmenti




5610100

-Xizmatlar sohasi (turizmni tashkil qilish va boshqarish)

Termiz – 2020


Kirish
Makroiqtisodiy barqarorlik va yalpi ishlab chiqarishning yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlash orqali aholining turmush farovonligi darajasini o’stirish davlat iqtisodiy siyosatida bosh maqsad bo’lib hisoblanadi.
Mamlakatimizda qisqa davr ichida bu maqsadga erishish borasida keng ko’lamli, asrlarga tatigulik ishlar amalga oshirildi va yutuqlar qo’lga kiritildi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida yuzaga kelgan murakkab muammolarning muvaffaqiyat bilan hal etilishi, makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlanishi, dastlab iqtisodiy pasayishni bartaraf etilishi va so’ngra iqtisodiy o’sishga erishish chuqur o’ylangan va ilmiy asoslangan iqtisodiy siyosat samarasidir.
Ayniqsa, iqtisodiy o’sish sur’atlarining barqarorlik kasb etganligi, mamlakatimizni rivojlantirish borasida keyingi yillarda qayd etilayotgan natijalar bu xulosalar qanchalik asosli ekanligini ko’rsatdi.
2018 yilda mamlakatimizdagi makroiqtisodiy holat, iqtisodiyotni erkinlashtirish bo'yicha izchil chora-tadbirlarning amalga oshirilishi, valyuta bozori faoliyatining erkinlashtirilishi, hududlarni kompleks va mutanosib rivojlantirish dasturlari ijrosining faollashuvi, shuningdek yuqori inflyatsion bosimning mavjudligi sharoitlarida shakllanib, o'zgaruvchan xarakterga ega bo'ldi.
Xususan, so'nggi uch yil davomida asosiy savdo hamkorlarimiz hisoblangan davlatlar milliy valyutalarining deval`vatsiya qilinishi natijasida so'm real almashuv kursi mustahkamlanishining mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligiga salbiy ta'sirini kamaytirish maqsadida 2018 yilning birinchi yarmida milliy valyuta almashuv kursi yuqoriroq sur'atlarda deval`vatsiya qilib borildi.
SHuningdek, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida mamlakatimizni barqaror rivojlantirish shartlariga to`xtalib “... 2020 yilda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va inflyatsiyani jilovlash - iqtisodiy islohotlar jarayonidagi bosh vazifamizdir.
Biz shu yildan boshlab inflyatsiyaviy targetlash tizimini joriy qilishga o’tdik. Bu borada Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Markaziy bank, Moliya vazirligi iqtisodiy o’sish bilan inflyatsiya o’rtasida muvozanatni ta’minlashi, tashqi xavf-xatarlarni hisobga olishi zarur.
Xalqaro tajribani o’rganib, raqobatni olib kirish mumkin bo’lgan monopoliya sohalariga xususiy sektor uchun yo’l ochish va shu orqali raqobat muhitini shakllantirish lozim. Bu borada tabiiy monopoliya va raqobat to’g’risidagi qonunlarni yangilash hamda Iqtisodiyotda raqobat muhitini shakllantirish strategiyasini ishlab chiqish talab etiladi.”72 deb ta’kidladilar.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorida73 Oliy ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta ko'rish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta'minlash maqsadida Oliy ta'lim tizimini kelgusida yanada takomillashtirish va kompleks rivojlantirish bo'yicha bir qator eng muhim vazifalar belgilab olindi:
ta'lim jarayonini, oliy ta'limning o'quv reja va dasturlarini yangi pedagogik texnologiyalar va o'qitish usullarini keng joriy etish, magistratura ilmiy-ta'lim jarayonini sifat jihatidan yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish asosida yanada takomillashtirish;
yangi avlod o'quv adabiyotlarini yaratish va ularni oliy ta'lim muassasalarining ta'lim jarayoniga keng tatbiq etish, oliy ta'lim muassasalarini zamonaviy o'quv, o'quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta'minlash, shu jumladan, eng yangi xorijiy adabiyotlar sotib olish va tarjima qilish, axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish;
Bu yutuqlarga erishishda, bosh islohotchi hisoblangan davlat tomonidan islohotlar strategiyasining to’g’ri belgilangani va oqilona makroiqtisodiy siyosat olib borilganligi hal qiluvchi rol o’ynadi. Davlat iqtisodiy siyosatining nazariy asoslari sifatida tan olinadigan fanlar qatorida “Makroiqtisodiyot” fani alohida o’rin tutadi.
YAlpi ishlab chiqarishining barqaror o’sishini, resurslarning to’liq bandliligini, inflyatsiyaning past sur’atlarini va to’lov balansining muvozanatini ta’minlash nuqtai nazaridan mamlakat iqtisodiyotini bir butun holda tadqiq qilish va uni makroiqtisodiy tartibga solishning iqtisodiy mexanizmlarini o’rganish “Makroiqtisodiyot” fanining predmetini tashkil etadi.
Keltirilgan ta’rifdan ko’rinib turibdiki, “Makroiqtisodiyot” fani milliy iqtisodiyotning rivojlanishi bilan bog’liq barcha jihatlarni, jumladan mehnat resurslari, tovarlar, pul bozorlarining amal qilishi, monetar, fiskal va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish hamda boshqa masalalarni qamrab oladi.
Ushbu dastur “Makroiqtisodiyot” fani predmetiga kiradigan barcha masalalarni mantiqiy izchillik va uzviylikni ta’minlagan holda o’rganishga xizmat qiluvchi mavzularni o’z ichiga olgan.
Fanning maqsad va vazifalari

Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarda makroiqtisodiyot nazariyasi va davlatning makroiqtisodiy siyosati to’g’risida bir tizimga solingan bilim va ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat.

Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish