17-Mavzu. To‘lov balansi
Reja:
17.1. To‘lov balansi tushunchasi va uning tuzilishi.
17.2. Joriy operatsiyalar hisobi balansi.
17.3. Kapital harakati hisobi balansi.
17.4.To‘lov balansining tarkibiy qismlari o‘rtasidagi bog‘liqliklar.
17.5. To‘lov balansini makroiqtisodiy tartibga solish vositalari va usullari.
17.1. To‘lov balansi tushunchasi va uning tuzilishi.
To‘lov balansi — ma’lum davr mobaynida mamlakat rezidentlari va tashqi dunyo o‘rtasida bo‘ladigan bitimlar statistik qayd qilingan xujjatdir. U mamlakatning iqtisodiy aloqalarini aniq-lo‘nda ifodalab pul-kredit, valuta, budjet-soliq, xalqaro savdo siyosatining hamda davlat qarzini boshqarish yo‘nalishlarini tanlash uchun indikator vazifasini bajaradi.
17.1-jadval
Mamlakat to‘lov balansining taxminiy ko‘rinishi
(raqamlar shartli)61
Moddalar nomi
|
Kredit (+) yoki eksportdan tushumlar
|
Debet (-) yoki import uchun xarajatlar
|
Sof kredit yoki sof debit
|
Joriy operitsiyalar xisobi
|
|
|
|
Tovarlar
|
+185
|
-260
|
-75
|
Tashki savdo balansining koldig‘i
|
|
|
-75
|
Xizmatlar
|
+85
|
-97
|
-12
|
Investitsiyalardan daromadlar (foizlar va divedentlar)
|
+28
|
-20
|
+8
|
Transfert kurinishidagi pul o‘tkazmalari
|
+10
|
-18
|
-8
|
Joriy operatsiyalar buyicha balansning qoldig‘i
|
|
|
-87
|
Kapital xarakatning hisobi
|
|
|
|
Investitsiyalar va boshqa o‘rta va uzoq muddatli kapital
|
+150
|
-87
|
+63
|
Kapital harakati balansining qoldig‘i
|
|
|
+63
|
Joriy operatsiyalar va kapital harakati buyicha balansning qoldig‘i
|
|
|
-24
|
Rasmiy zahiralar (oltin, XFVdagi zahiralar)
|
+24
|
|
+24
|
Mamlakatning ma’lum vaqtdagi barcha xalqaro iqtisodiy faoliyati, shu jumladan, tashqi savdo, kapital va ishchi kuchi migratsiyasi ham to‘lov balansida o‘z aksini topadi. Har qanday tashqi iqtisodiy bitim valuta ayirboshlash va valuta operatsiyalari orqali amalga oshiriladi. Demak, mamlakatning jahon bozoridagi faoliyati natijalari pirovardida xorijiy valuta tushumlari va xarajatlarida ifodalanadi. Shuning uchun ham to‘lov balansini bir tomondan, chetdan keladigan barcha tushumlar, ikkinchi tomondan esa, chetga chiqariladigan barcha to‘lovlar ko‘rsatilgan hujjatdir deb qarash mumkin. Tushum faqat eksport yordamida ta’minlanishi mumkin. Aksincha, xorijiy tovarlarni va xizmatlarni sotib olish (import) uchun to‘lovlar va xorijiy valuta xarajatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunda tovar deganda ayirboshlanadigan har qanday narsa tushuniladi, ya’ni, u moddiy ne’mat, xizmat, ishchi kuchi, kapital va valuta bo‘lishi mumkin.
To‘lov balansida barcha iqtisodiy bitimlar ikkita katta guruhga bo‘linadi: joriy operatsiyalar va kapital harakati bilan bog‘liq operatsiyalar (17.1-jadval). Shunga ko‘ra to‘lov balansi struktarasi ham ikki qismdan iborat:
1. Joriy operatsiyalar hisobi;
2. Kapital harakati hisobi.
Joriy operatsiyalar hisobida mahsulotlar va xizmatlar eksporti «plyus», import esa «minus» ishoralari bilan belgilanadi. Ya’ni, joriy operatsiyalar hisobida ichki mahsulotlar eksporti kredit, aksincha mamlakatga mahsulotlar olib kelish - import esa debet sifatida ko‘rsatiladi. Chunki, mahsulotlar eksporti xorijiy valuta ishlab topib, mamlakat valuta zahirasini boyitsa, import esa mamlakatdan valuta chiqib ketishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida mamlakat valuta zahirasini kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |