4. Talabalar mustaqil ishi mavzulari va mazmuni, ularni bajarish shakllari
“Makroiqtisodiyot” fani bo‘yicha talabalarning mustaqil ish mavzulari va mazmuni, ularni bajarish shakllari quyidagi jadvalda keltirilgan.
Talabalar mustaqil ta’limining mazmuni va hajmi
№
|
Mavzular
|
Dars soatlari hajmi
|
5-semestr
|
1.
|
“Makroiqtisodiyot” faniga kirish
|
4
|
2.
|
Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar
|
6
|
3.
|
Iqtisodiy tebranishlar. Ishsizlik
|
4
|
4.
|
Inflatsiya va inflatsiyaga qarshi siyosat
|
4
|
5.
|
Yalpi talab – yalpi taklif modeli
|
6
|
6.
|
Iste’mol, jamg‘arish va investitsiya
|
6
|
7.
|
Keynsning tovarlar va xizmatlar bozorida makroiktisodiy muvozanat modeli
|
4
|
8.
|
Pul bozorida muvozanat
|
6
|
9.
|
Davlat budjeti, soliqlar va davlat qarzi
|
4
|
10.
|
Budjet-soliq siyosati
|
6
|
11.
|
Pul-kredit siyosati
|
6
|
12.
|
IS-LM modelining shakllanishi va tadbiqi
|
4
|
13.
|
Iqtisodiy o‘sishning umumiy tavsifi va neokeynscha modellari
|
4
|
14.
|
Iqtisodiy o‘sishning neoklassik modellari
|
4
|
15.
|
Xalqaro savdo nazariyalari
|
6
|
16.
|
Tashqi savdo siyosati
|
4
|
17.
|
To‘lov balansi
|
4
|
18.
|
Valuta kursi
|
4
|
19.
|
Ochiq iqtisodiyotda makroiqtisodiy siyosat. Mendell Fleming modeli
|
4
|
Jami
|
90 soat
|
Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlanadi va uni taqdimoti tashkil qilinadi.
5. Talabalar mustaqil ishi bo‘yicha maslahatlarni tashkil etish tartibi
Talabalar mustaqil ishi bo‘yicha maslahatlar darsi auditoriyadan tashqarida amalga oshirishga mo‘ljallangan mustaqil ishlarni bajarish yuzasidan tegishli yo‘llanmalar berish va uning bajarilishini nazorat qilib borish maqsadida tashkil qilinadi. Talabalar mustaqil ishi bo‘yicha maslahatlar darsi fanning kalendar-tematik rejasiga muvofiq o‘tkaziladi.Maslahat darsi tegishli fanning professor-o‘qituvchisi tomonidan o‘tkaziladi.
Fanning professor-o‘qituvchisi maslahat darsida quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
talabalar mustaqil ishlari topshiriqlarini bajarish yuzasidan tegishli yo‘llanma beradi.
topshiriqni bajarish rejasini tuzishga yordamlashadi;
talabalar mustaqil ishlari yuzasidan tayyorlangan ishlanma, hisobot, referat, hisob-kitob va topshiriq natijalarini qabul qiladi hamda baholaydi.
Talabalar mustaqil ishi bo‘yicha maslahatlar o‘quv jarayonining tashkil etilishiga qarab talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarida amalga oshiriladigan dars jadvaliga kiritiladi.
6. Talabalar mustaqil ishlarini nazorat qilish, baholash tartibi va mezonlari
Mustaqil ishlarning bajarilishi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010 yil 26 avgustda 1981-1-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2010 yil 25 avgustdagi 333-sonli buyrug‘i bilan amalga kiritilgan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risida Nizom” va O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2013 yil 13 dekabrdagi 470-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘iga asosan joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va ularga ajratilgan tegishli ballardan kelib chiqqan holda baholanadi.
“Makroiqtisodiyot” fani bo‘yicha talabalar mustaqil ishlarini joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar jarayonida quyidagi topshiriqlarni bajarish orqali nazorat qilish hamda baholash tavsiya etiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |