TALABANING SEMESTR DAVOMIDAGI MUSTAQIL TA’LIMIGA OID TOPSHIRIQLAR
MUSTAQIL TA’LIMGA OID TOPSHIRIQLAR
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining mazmun-mohiyati.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimizni 2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2019 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Oliy Majlisga Murojaatnomasida ilgari surilgan iqtisodiy masalalar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning Respublika Baynalmilal madaniyat markazi tashkil etilganining 25-yilligiga bag‘ishlangan uchrashuvdagi nutqida ilgari surilgan masalalar.
Sh. Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqida ilgari surilgan iqtisodiy masalalar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishni ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni (PF-4848. 05.10.2016 y) mazmun-mohiyati.
Prezident Sh.Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali ma’rosimdagi ma’ruzasida ilgari surilgan iqtisodiy masalalar.
Makpoiqtisodiy ko‘rsatkichlar nimalar va ular milliy iqtisodiyotda qanday rol o‘ynaydi?
Iste’mol va jamg‘arma funksiyalarining grafikdagi tasvirini chizib, ularga shartli raqamlar qo‘llagan holda tushuntiring.
Investitsiyalarga sarflarning darajasini qanday omillar belgilab beradi? Ularning qisqacha tavsifini bering.
Jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi muvozanatning keynscha modelining mohiyatini hamda klassik modeldan farqini tushuntirib bering.
Iqtisodiy taraqqiyot, iqtisodiy rivojlanish va iqtisodiy o‘sish tushunchalarining ta’rifini bering hamda ularning umumiy tomonlari va farqlarini ko‘rsating.
Mamlakatning iqtisodiy salohiyatiga, aholisining turmush darajasiga va ishlab chiqarishining samaradorligiga baho berishda iqtisodiy o‘sishning qanday ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi?
Milliy iqtisodiyotning muvozanat darajasiga erishishda xususiy mutanosibliklarning roli qanday?