Makroiqtisodiyot o’z tahlilida mikroiqtisodiyot qanday usullar va tamoyillarni qo’llasa shulardan foydalanadi. Iqtisodiy tahlilning shunday umumiy usullari va tamoyillariga abstraktlashtirish (iqtisodiy jarayonlar va voqeliklarni tadqiq qilish va tushuntirish uchun modellardan foydalanish); deduktsiya va induktsiya usllarini muvofiqlashtirish; normativ va pozitiv tahlilni muvofiqlashtirish; ispolzovanie printsipa «boshqa teng sharoitlarda» tamoyilidan foydalanish, iqtisodiy agentlarning oqilona hulq-atvori haqidagi farazlar va boshqalar taalluqli.
Makroiqtisodiy tahlilning xususiyati shundan iboratki, uning muhim tamoyili bo’lib agregatlash, ya’ni umumlashtirish qatnashadi. Iqtisodiy bog’liqliklar va qonuniyatlarni butun iqtisodiyot darajasida o’rganish, agar ularni umumlashtirib yoki agregatlar sifatida qaralsagina mumkin bo’ladi. Makroiqtisodiy tahlil umumlashtirishni talab etadi. Umumlashtirish alohida qismlarni bitta qilib birlashtirish, yig’ishni o’zida aks ettiradi.Umumlashtirish doimo abstraktlashtirishga, ya’ni iqtisodiy jarayonlar va voqeliklarning ahamiyatli bo’lmagan holatlaridan voz kechish hamda eng ahamiyatli, zarur o’zig xos belgilarini, qonuniyatlarini ajratishga asoslanadi. Umumlashtirish makroiqtisodiy agentlarni, makroiqtisodiy bozorlarni, makroiqtisodiy o’zaro bog’liqliklarni, makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni ajratadi.
Iqtisodiy agentlar hulq-atvorining eng o’ziga xos belgilarini aniqlashga asoslangan umumlashtirish, to’rtta makroiqtisodiy agentlarni ajratib ko’rsatish imkoniyatini ta’minlaydi:
uy xo’jaliklari,
firmalar,
davlat,
xorijiy soha.
1. Uy xo’jaliklari (households) – bu mustaqil, oqilona harakat qiluvchi makroiqtisodiy agent bo’lib, uning iqtisodiy faoliyatini maqsadi naflilikni
maksimallashtirish hisoblanadi.U iqtisodiyotda yuzaga keladigan vaziyatlarda: a) iqtisodiy resurslar (mehnat, er, kapital va tadbirkorlik qobiliyati) egasi. Iqtisodiy resurslarni sotib, uy xo’jaliklari daromad oladilar, ularning katta qismini iste’molga (iste’mol xarajatlari) sarflaydilar va shu sababdan b) tovar va xizmatlarning asosiy xaridori. Uy xo’jaliklari daromadning qolgan qismini jamg’aradilar va shuning uchun v) asosiy jamg’aruvchi yoki qarz beruvchi, ya’ni iqtisodiyotda kredit mablag’larini taklifini ta’minlovchi sifatida qatnashadi.
Firmalar (businessfirms) - bu mustaqil, oqilona harakat qiluvchi makroiqtisodiy agent bo’lib, uning iqtisodiy faoliyatini maqsadi foydani maksimallashtirish hisoblanadi. Firmalar a) iqtisodiy resurslarning xaridori, ular yordamida ishlab chiqarish jarayoni ta’minlanadi va shuning uchun b) iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlarning asosiy ishlab chiqaruvchisi hisoblanadilar. Ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarni sotishdan olingan tushumni firmalar omilli daromadlar ko’rinishida uy xo’jaliklariga to’laydilar. Ishlab chiqarish jarayonini kengaytirish, kapital zahirasi qo’shimcha o’sishini ta’minlash va kapital eskirishini tiklash uchun firmalarga investitsion tovarlar (birinchi navbatda uskunalar) zarur, shu sababdan firmalar v) investorlar, ya’ni investitsion tovar va xizmatlarni xaridorlari hisoblanadilar. Firmalar o’z investitsion xarajatlarini moliyalashtirish uchun odatda qarz mablag’larini ishlatganligi sababli ular iqtisodiyotdagi asosiy qarz oluvchi, ya’ni kredit mablag’lariga talab bildiruvchi bo’lib qatnashadi.
Davlat (government) – bu iqtisodiy jarayonlarni borishiga ta’sir ko’rsatish, iqtisodiyotni tartibga solishda siyosiy va yuridik huquqga ega bo’lgan davlat muassasalari va tashkilotlari yig’indisidir. Davlat - bumustaqil, oqilona harakat qiluvchimakroiqtisodiy agent, osnovnayazadauning asosiy vazifasi – bozor zaifliklarini yo’q qilish (marketfailures) va jamiyat farovonligini maksimallashtirish– va shuning uchun a) ijtimoiy ne’matlarni ishlab chiqaruvchisi;
b) davlat sohasini amal qilishini ta’minlash uchun tovar va xizmatlarni xaridori hamda o’zining ko’p sonli funktsiyalarini bajaruvchisi;v) milliy daromadni (soliqlar va transfertlar tizimi orqali)qayta taqsimlovchisi; g) davlat byudjetining holatiga qarab – moliya bozorida qarz beruvchi yoki qarz oluvchisi sifatida qatnashadi. Bundan tashqari, davlat d) bozor iqtisodiyotini amal qilishini tartibga soluvchisi va tashkilotchisi sifatida qatnashadi.
U iqtisodiyotni amal qilishining institutsional asoslarini yaratadi va ta’minlaydi (zakonodatelnayaqonuniy asos, havfsizlik tizimi, sug’urta tizimi, soliq tizimi va boshqalar), ya’ni «o’yin qoidalariniigri» ishlab chiqadi; pul emissiyasi bo’yicha yakka o’z huquqqa ega bo’lganligi uchun mamlakatda pul taklifini ta’minlaydi va nazorat qiladi; makroiqtisodiy siyosatni o’tkazadi va bu siyosat quyidagilarga bo’linadi:
⮞ iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi tuzilmaviy
⮞ iqtisodiyotning davriy tebranishlarini yumshatish va resurslarning to’liq bandligini, narxlarning barqaror darajasi hamda tashqi iqtisodiy muvozanatni ta’minlashga yo’naltirilgan kon’yunkturali (barqarorlashtiruvchi). Barqarorlashtirish siyosatining asosiy turlari bo’lib a) fiskal (yoki byudjet-soliq) siyosati; b) monetar (yokipul-kredit) siyosati v) tashqi iqtisodiy siyosat; g) daromadlar siyosati.
Xususiy va davlat sektorlariyopiq iqtisodiyotni tashkil etadi.
Xorijiy sektor (foreignsector) – jahonning barcha qolgan mamlakatlarini birlashtiradi va mustaqil oqilona harakat qiluvchi makroiqtisodiy agent hisoblanadi, va u ushbu mamlakat bilan quyidagilar orqali o’zaro hatti-harakatlarni amalga oshiradi:
xalqaro savdo (tovar va xizmatlar eksporti va importi)
kapitallarni ko’chishi (kapital eksporti va importi, ya’ni moliyaviy aktivlar).
Do'stlaringiz bilan baham: |