Makroiqtisodiyot” Ma’ruzalar matni O’zbekiston Respublikasi Okiy va O’rta


Import qilinadigan tovarning ichki bahosi = Jahon bozoridagi bahosi



Download 1,94 Mb.
bet114/146
Sana03.02.2022
Hajmi1,94 Mb.
#426386
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   146
Bog'liq
Назарова Макро-2017

Import qilinadigan tovarning ichki bahosi = Jahon bozoridagi bahosi


+(Jahon bozoridagi bahosi x Tarif stavkasi).


P
Sd
Pd
Ichki narx (tarif bilan birga)
Pw a b c d jaxon bozori narxi
Dd Tarif joriy kilin.keyingi import



S1 S2
2 D1

D
Q

Tariflar joriy kilingunga kadar bulgan import

1-rasm. Import tariflari kiritilishi natijalari


Oqibatda ite’molchilar ma’lum bir yo’qotishlarga duch keladilar. Bu yo’qotishlar grafikda a,b,c,d sohalar bilan ko’rsatilgan.
Baholarning ko’tarilishi ilgari raqobatbardosh bo’lmagan ayrim ichki ishlab chiqaruvchilar uchun ham foyda ko’rib ishlashga imkon beradi. Umuman shu sohada band milliy ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarish hajmini S1 dan S2 ga qadar oshiradi va S2-S1 hajmdagi mahsulot Pd bahoda sotiladi. Shu hajmdagi mahsulotni iste’molchilar oshirilgan narxda sotib oladilar va a sohaga teng yo’qotishga duch keladilar. Ammo, bu yo’qotish ichki ishlab chiqaruvchilarning o’sgan foydasiga aylanadi.
Baholarning o’sishi oqibatida iste’molchilar ko’rilayotgan tovar iste’moli hajmini D1 dan D2 qadar qisqartiradi. Bu yo’qotish grafikda d soha bilan ko’rsatiladi va u hech kimning foydasi bilan qoplanmaydi.
S2- D2 oraliq tarif joriy qilingandan so’ngi import hajmi bo’lib, shu hajmda tovarni iste’molchilar ilgarigidan yuqori bahoda sotib oladilar. Buning natijasida ular turmush darajasidagi yo’qotish ro’y beradi. Bu yo’qotish grafikda s soha bilan belgilangan bo’lib, u davlat byudjetiga borib tushadi. Ya’ni, bu sohadagi iste’molchilarning yo’qotishi davlatning foyda ko’rishi bilan qoplanadi.

Tarif kiritilishi oqibatida iste’molchilar talabi arzon import tovaridan qimmat ichki tovarga yo’naltiriladi. Iste’molchilarning o’sgan to’lovlari yuqori chegaraviy xarajatga ega, raqobatbardosh bo’lmagan samarasiz ichki ishlab chiqarishni kengayishiga olib keladi. Iste’molchilarning bu yo’qotish v sohasi bilan belgilangan bo’lib tarifning «ishlab chiqarish samarasi» deyiladi va hech kimning foydasi bilan qoplanmaydi.

Iste’molchilarning yo’qotishlari

Ishlab
chiqaruvchilar foydasi

Davlat
daromadi

Jamiyatning sof yo’qotishi

a + b+ c + d

--

a

--

s

=

b + a

Demak, iste’molchilarning a sohadagi yo’qotishlari ishlab chiqaruvchilar foydasining o’sishi hisobiga qoplanadi. Ayni damda iste’molchilar shu tarmoq korxonalari aktsiyadorlari bo’lishsa, ular yo’qotishlarining bir qismi o’sgan dividentlar sifatida qaytadi.


«s» sohada davlat olgan daromadini transfert to’lovlarini oshirish, soliqlarni pasaytirish, byudjet tashkilotlarida ishlovchilar ish haqini oshirishi ko’rinishida iste’molchilarga qaytarishi mumkin.
Ammo «b» Q «d» sohalarda jamiyat sof yo’qotishga duch keladi. Valyuta kursi o’zgarishi bu yo’qotishlarni bir oz qoplashi mumkin. Masalan, 20% li tarif kiritilishi natijasida milliy valyuta 4% ga qimmatlashsa import qilinayotgan tovarlarning milliy valyutada ifodalangan ichki bahosi 20 % ga emas, 16 % ga oshadi. Bu esa tarif kiritilishi oqibatida jamiyatning sof yo’qotish «b» va «d» sohalarning 80 foizini((16 / 20) x 100 q 80) tashkil etishini anglatadi.
Umuman olganda tariflarni kiritilishiga nisbatan bir-biriga zid fikrlar mavjud bo’lib, bu tadbir mamlakat iqtisodiyoti holati, xususiyati va qo’yilgan maqsadlar bilan asoslanadi.
Bojxona tariflarini kirtishni yoqlovchi mutaxassislar fikriga ko’ra import tariflari:

  • mamlakat mudofaa sanoatini himoya qilish imkonini beradi;

  • mamlakatda bandlilik darajasi o’sishini ta’minlaydi va yalpi talabni rag’batlantiradi, importning nisbatan cheklanishi natijasida sof eksport o’sadi va joriy operatsiyalar bo’yicha to’lov balansi xolati yaxshilanadi;

  • milliy iqtisodiyotdagi yangi tarmoqlarni himoya qilish uchun zarur;

  • davlat byudjeti daromadlarini to’ldirish manbai bo’lib xizmat qiladi;

  • milliy ishlab chiqaruvchilarni demping ko’rinishidagi chet el raqobatidan himoya qiladi;

  • iqtisodiyot tuzilishini qayta qurishni boshqarish vositasi hisoblanadi va ular yordamida mamlakat iqtisodiyotidagi ilg’or siljishlar rag’batlantiriladi va h.k.

Milliy iqtisodiyotning tiklanishi sharoitida ko’pgina davlatlar o’z ishlab chiqaruvchilarini chet el raqobatidan himoya qilish maqsadida protektsionizm siyosatini qo’llaydilar. Aks holda, mahalliy korxonalar «sinishi» jamiyatda ishsizlik xavfini tug’diradi.
Mamlakatlarda ta’rif mexanizmi orqali tashqi savdo siyosatini yuritish, birinchi navbatda ushbu mamlakatning asosiy tarmoqlari va yangi ishlab chiqarish sohalarining himoyalanganligiga ta’sir qiladi. O’zbekistonda avtomobilsozlik yangi va istiqbolli soha (tarmoq) hisoblanadi va tabiiyki, tarifli himoyaga muhtoj. Tarmoqni tarifli himoyalanishining haqiqiy darajasini quyidagi misolda ko’rib chiqamiz. Masalan, O’zbekistonda yangi mashinalar uchun import boji 40 foizni tashkil qilsin. Ushbu mashinani ishlab chiqarish uchun zarur bo’ladigan ehtiyot qismlar asosan chetdan keltirilsin va unga import boji 25 foiz miqdorida o’rnatilsin. Bir dona mashinaning narxi 10000 AQSh dollariga teng bo’lsa, ya’ni bitta avtomobil uchun zarur bo’lgan ehtiyot qismlarining narxi 7000 dollar, qo’shilgan qiymat esa 3000 dollarni tashkil etsin.
Avtomobil importiga 40 foiz tarif belgilanganligi uchun har bir avtomobil narxi 4000 dollarga o’sib, tarif bilan birga 14000 dollarni tashkil etadi. Ehtiyot qismlar importiga 25 foizli tarif kiritilishi ularga qilinadigan xarajatlarni 1750 dollarga oshirib 8750 dollarga etkazadi. Oqibatda mahsulot birligiga ehtiyot qismlar xarajati 1750 dollarga oshdi. Qo’shilgan qiymat esa 2250 dollarga (4000 - 1750 q 2250) o’sdi. Shunday qilib, tarif kiritilgandan so’ng mahsulot birligiga to’g’ri keladigan qo’shilgan qiymat 5250 dollarni (3000 Q 2250 q 5250) tashkil etdi.
Endi esa soha (tarmoq)ning samarali himoyasi formulasidan foydalanamiz.

Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish