3 ) Daromadlar usuli – bunda yalpi ichki mahsulot barcha yakuniy iste’molchilarning daromadlari yig’indisi sifatida aniqlanadi. Shu bilan birga yalpi ichki mahsulot tarkibiga biznesga egri soliqlar va amortizatsiya ham kiritiladi.
YaIM = amortizatsiya + biznesga egri soliqlar + ijara haqi + foiz ko’rinishidagi daromadlar + yollanma ishchilarning ish haqi + yakka tartibdagi qo’yilmalardan daromadlar + korporatsiya foydasiga soliqlar + dividentlar + korporatsiyaning taqsimlanmagan foydasi.
Ko’plar YaIMni iqtisodiyot ahvolini eng yaxshi ko’rsatkichi deb hisoblaydilar. AQSh iqtisodiyot vazirligi tomonidan xar uch oyda hisoblanadigan statistik ma’lumotlar iqtisodiy faoliyat natijalarini yagona qiymat ko’rsatkichida aks ettirishga mo’ljallangan. YaIM ni aniqroq quyidagicha tasavvur etish mumkin:
YaIM iqtisodiyot ahvolini tavsiflashi mumkin, chunki odamlar kam daromadga qaraganda ko’prog’ini afzal ko’radilar. Shunga o’xshash, tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish hajmi qanchalik yuqori bo’lsa, shaxsiy, ishlab chiqarish va davlat ehtiyojlarini qondirish darajasi shunchalik yuqori bo’ladi.
YaIM bir vaqtning o’zida ham iqtisodiyotdagi daromadni, ham ishlab
chiqarishga xarajatlar hajmini o’lchaydi, chunki oxir-oqibat bu miqdorlar bir xil: butun iqtisodiyot uchun daromadlar hajmi xarajatlar hajmiga teng bo’lishi lozim. Bunga ishonch hosil qilish uchun, biz milliy hisobchilikni, YaIM va u bilan bog’liq boshqa bir qator ko’rsatkichlarni o’lchashning statistik tizimini o’rganishimiz lozim.
YaIM iqtisodiyotdagi pul oqimlarini ifodalaydi. Biz uni ikki usul bilan hisoblashimiz mumkin. YaIM – bu non ishlab chiqarishdan olingan yalpi daromad bo’lib, u ish haqi va foyda yiqindisiga teng- pullar doiraviy aylanish chizmasining yuqoridagi yarmi. Shu bilan bir vaqtda, YaIM – bu nonni sotib olishga qilingan xarajatlarning umumiy hajmidir-pullar doiraviy aylanish chizmasining pastki yarmi. Shunday qilib, biz yo firmalardan uy xo’jaliklariga pullar oqimini yoki uy xo’jaliklaridan firmalarga pullar oqimini olishimiz mumkin.
Daromadlar va xarajatlar tengligi hisobga olish qoidalaridan kelib chiqadi: mahsulotlarni sotib olishga barcha xarajatlar albatta bu mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarning daromadi hisoblanadi. Bu qoidaga muvofiq, xarajatlar hajmi o’zgarishi yuz beradigan xar qanday bitim natijasida daromad o’zgarishi ham yuz beradi va daromad o’zgarishiga olib keluvchi xar qanday bitim natijasida xarajatlar hajmi o’zgarishi yuz beradi. Faraz qilaylik, masalan firma uy xo’jaliklariga 1 ta nonni ko’proq ishlab chiqaradi va sotadi. Bu operatsiyada nonga xarajatlarning umumiy miqdori ko’payadi, biroq bunda daromadlarning umumiy hajmi ham o’zgaradi. Agar firmaga qo’shimcha nonni ishlab chiqarish uchun qo’shimcha xodimlarni yollash talab etilsa, unda ish haqining umumiy miqdori oshadi. Agar firma qo’shimcha nonni qo’shimcha xodimlarni jalb etmay ishlab chiqarsa (ishlab chiqarish jarayonini samaraliroq qilib), unda foyda ko’payadi. Ikkala holda ham xarajatlar ham, daromadlar ham bir xil miqdorga ko’payadi.
Faqat non ishlab chiqarilayotgan gipotetik iqtisodiyotda biz YaIMni nonni sotib olishga qilingan barcha xarajatlarni qo’shib oddiygina hisoblashimiz mumkin. AQSh YaIMni hisoblash ancha qiyin vazifani o’zida aks ettiradi. Bunday yirik va murakkab iqtisodiyotda YaIMni hisoblashda tovar va xizmatlarga qilingan xarajatlarni to’g’ridan to’g’ri qo’shiladi deb fikr yuritib bo’lmaydi. Bu kitobda biz YaIMni hisoblashning to’liq uslubiyatiga kirib bormasakda, YaIM tushunchasi haqida to’g’ri tasavvurga ega bo’lish uchun uni shakllantirishning asosiy tamoyillarini bilish kerak.
Faraz qilaylik,faqat bitta tovar turi ishlab chiqarilayotgan iqtisodiyotda firma nonni ishlab chiqarishni ko’paytirish uchun qo’shimcha ishchilarni yollaydi, ularga ish haqi to’laydi, keyin esa qo’shimcha ishlab chiqarilgan nonni firma sota olmaydi. Bu YaIM miqdoriga qanday ta’sir etadi?
Bu savolga javob sotilmay qolgan non bilan nima yuz berishiga bog’liq. Bir tomondan, agar non tashlab yuborilgan bo’lsa, unda firmaning foydasi qo’shimcha
to’langan ish haqi miqdoriga kamayadi- firma ish haqi sifatida katta miqdorni to’ladi, biroq o’zi uchun bundan hech qanday naf olmadi. Bu operatsiya xarajatlar hajmiga ham, daromad darajasiga ham ta’sir ko’rsatmaganligi sababli YaIM miqdori (uning ish haqi ulushiga to’g’ri keladigan qismi endi ko’p, foyda hissasiga to’g’ri keladigan qismi kam bo’lishiga qaramay) o’zgarmay qoladi. Boshqa tomondan, agar non uni keyinroq sotish uchun zahiraga olib qo’yilgan bo’lsa, unda milliy hisobchilik tamoyillariga muvofiq, bu operatsiya boshqacha hisobga olinadi. Bu holda foyda qisqarmaydi, chunki bu firma egalari firma zahiralari uchun non “sotib olishi” bilan bir xildir. Shunday qilib, YaIM miqdori ortadi: yuqoriroq ish haqi tufayli daromad oshadi, zahiralar jamg’arilishi sababli esa xarajatlar miqdori ko’payadi.
Umumiy qoida shundan iboratki, firma tovarlar zahiralarini ko’paytirganda, zahiralarga investitsiyalar hajmi ham xarajatlar tarkibiga, ham daromadlar tarkibiga kiritiladi. Shunday qilib, agar ishlab chiqarish natijasida zahiralar qo’shimcha o’sishi yuz bersa, bunda YaIM xuddi bevosita sotish uchun ishlab chiqarilgani kabi ortadi.
Biz YaIM tahlilini iqtisodiyotda ishlab chiqariladigan yagon tovar non hisoblangandagi taklifdan boshladik. Haqiqatda esa iqtisodiyotda sezilarli miqdordagi turli-tuman tovarlar va xizmatlar: non, gamburgerlar, avtomobillar, sartaroshlik xizmatlari va shu kabilar ishlab chiqariladi. YaIMda bu turli tovarlar qiymati bitta yig’ilgan ko’rsatkichda ifoda etiladi. Iqtisodiyotda ishlab chiqarilayotgan tovarlarning turli-tumanligi YaIMni hisoblashni qiyinlashtiradi, chunki barcha bu tovarlar turli qiymatga egalar.
Faraz qilaylik, misol uchun, iqtisodiyotda uchta apelsin va to’rtta olma ishlab chiqariladi. Biz YaIMni qanday hisoblaymiz? Biz olma va apelsinlar miqdorini oddiygina qo’shib, YaIM mevalarning etti birligiga ega deyishimiz mumkin. Biroq bu faqat olmalar va apelsinlar bir xil qiymatga ega bo’lgan holdagina ma’noga ega bo’lishi mumkin, bu esa noto’g’ri. (bu misol agar biz iqtisodiyotda to’rtta tarvuz va uchta greypfrut ishlab chiqariladi deb faraz qilganimizda yanada yaqqolroq bo’lardi).
Turli tovarlar umumiy qiymatini hisoblash uchun biz ular qiymatini ifodasi sifatida ularning bozor narxini qo’llaymiz. Bozor narxi qo’llanilishining sababi, u odamlar muayyan tovar yoki xizmatlar uchun to’lashga tayyor bo’lgan pul miqdorini o’zida aks ettiradi. Agar olmalar donasi 50 tsent tursa, apelsinlar esa donasi 1 dollar tursa, unda YaIM quyidagiga teng bo’ladi:
YaIM = (olma narxi *olmalar miqdori) + (apelsin narxi * apelsinlar miqdori)=
= (0,50*4) + (1,00*3)= 5,00
YaIM 5 dollarga teng, ya’ni barcha olmalar qiymati (2 dollar) qo’shuv barcha apelsinlar qiymati (3 dollar)
Ko’plab tovarlarni ishlab chiqarish bir qancha bosqichlardan o’tadi: bir firmada xom ashyo oraliq mahsulotlarga aylanadi va keyin boshqa firmaga tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun sotiladi.Biz bunday tovarlarni YaIMni hisoblashda qanday hisobga olishimiz lozim? Faraz qilaylik fermer MakDonaldsga 0,50 dollarga go’shtning chorak funtini sotadi, MakDonalds esa keyin Sizga gamburgerlarni 1, 50 dollardan sotadi. YaIM da ham go’shtni, ham gamburgerni qiymati (2 dollar miqdorida) hisobga olinishi lozimmi yoki faqat gamburger qiymati (1, 5 dollar) mi?
Bu savolga javob quyidagicha bo’ladi: YaIMga faqat yakuniy mahsulotlar qiymati kiritiladi. Shunday qilib, gamburger qiymati YaIMning bir qismi hisoblanadi, go’sht qiymati esa yo’q; YaIM 2 dollarga emas, faqat 1,5 dollarga ko’payadi. Buning sababi shundan iboratki, oraliq mahsulotning qiymati yakuniy mahsulot qiymatiga kiritib bo’lingan. Oraliq mahsulot qiymatini yakuniy mahsulot qiymatiga qo’shish ikki marta hisobga olishga olib keladi-ya’ni bita go’sht ikki marta hisobga olingan bo’ladi. Shunday qilib, YaIM- yakuniy mahsulotva xizmatlar umumiy qiymati.
Barcha yakuniy tovar va xizmatlar qiymatini hisoblash usullaridan biri ishlab chiqarishning xar bir bosqichida qo’shilgan qiymatlarni qo’shishdan iborat. Firmaning qo’shilgan qiymati ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan firma sotib olgan oraliq mahsulot qiymatini ayirmasiga tengdir. Gamburger keltirilgan misolda, fermer tomonidan qo’shilgan qiymat 50 tsentga teng (fermer hech qanday oraliq mahsulot sotib olmasligi ko’zda tutiladi), MalDonalds tomonidan qo’shilgan qiymat esa (1, 50 dollar – 0,50 dollar) 1,00 dollarga teng. Umumiy qo’shilgan qiymat, shunday qilib 0,50 dollar + 1,00 dollar = 1,50 dollarga teng. Butun iqtisodiyot uchun qo’shilgan qiymatning umumiy miqdori barcha yakuniy tovar va xizmatlarning bozor qiymatiga teng bo’lishi lozim. Shunday qilib, YaIMni shuningdek, barcha firmalar qo’shilgan qiymatlari yig’indisi sifatida ham ifodalash mumkin.
Ko’plabtovarva xizmatlar YaIMda ularning bozor qiymati bo’yicha hisobga olingan bir vaqtda, ba’zi tovarlar va xizmatlar bozorda sotilmaydi, demak bozor narxiga ega emas. Bu xizmatlar qiymati YaIMga kiritilishi lozim bo’lgani uchun, biz uni o’lchashimiz kerak. Bundy baholashlar shartli o’tkazilgan qiymatlar nomini oldi.
Shartli o’tkazilgan qiymat, masalan, uy-joy sohasida xizmatlarni baholashda qo’llaniladi. Uy-joyni ijaraga olayotgan inson, xizmatlar uchun haq to’laydi va uy egasini daromad bilan ta’minlaydi; ijara haqi YaIM hisobiga uy egasining daromadi sifatida ham, uy-joyni ijaraga oluvchining xarajatlari sifatida
kiritiladi.Shu bilan birga, ko’plab odamlar shaxsiy uylarida yashaydilar. Ular ijara haqi to’lamasalar ham, biroq ular uy-joyni ijaraga oluvchilar singari xuddi shunday xizmatlardan foydalanadilar. Shunday qilib, shaxsiy uy egalari foydalanadigan xizmatlarni hisobga olish uchun YaIM tarkibiga ular o’zi o’ziga “to’laydigan” “ijara haqi” kiritiladi. Albatta ular o’zi o’ziga hech qanday ijara haqi to’lamaydilar. Savdo vazirligi agar ular uy-joyni ijaraga olganlarida to’lashlari mumkin bo’lgan ijara haqi miqdorini baholaydi va bu shartli o’tkazilgan qiymat miqdorini YaIMga kiritadi. Bu ijara haqi uy egalarining ham xarajatlari, ham daromadlari sifatida hisobga olinadi.
Davlat tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar ham xuddi shunday tarzda baholanadi. Masalan, aholiga politsiyachilar, o’t o’chiruvchilar, senatorlar xizmat ko’rsatadilar. Bu xizmatlarning qiymat bahosini berish qiyin, chunki ular bozorda sotilmaydi va bozor narxiga ega emas. YaIM tarkibida bu xizmatlar ularni ko’rsatishga ketadigan sarflarga muvofiq hisobga olinadi. Bu ushbu davlat xizmatchilarining mahsulotlari qiymatining ko’rsatkichi bo’lib ularning ish haqisi xizmat qilishini anglatadi.
Ko’pgina hollarda bunday hisobga olish haqiqatda zarur bo’lsada, biroq amaliyotda amalga oshirilmaydi. YaIM da o’z uylari uchun shartli ravishda o’tkazilgan ijara qiymati hisobga olinganligi uchun ham miantiqan unga shaxsiy mulk bo’lgan avtomobillar, qimmatbaho buyumlar va uzoq muddat foydalaniladigan boshqa tovarlar uchun shartli ravishda o’tkazilgan ijara qiymati kiritilishi lozim, biroq amaliyotda bunday qilinmaydi. Bundan tashqari ba’zi tovarlar uyda ishlab chiqariladi va iste’mol qilinadi hamda hech qachon bozorga chiqmaydi. Masalan, uyda tayyorlangan ovqat restoranda tayyorlangan ovqatdan unchalik farq qilmaydi, biroq ovqatni uyda tayyorlash jarayonida qo’shilgan qiymati YaIM ga kiritilmaydi. Nihoyat, YaIMga noqonuniy tayyorlanadigan va sotiladigan tovarlar qiymati kiritilmaydi. Masalan, giyohvand moddalar.
Shartli o’tkazilgan qiymatni hisoblash uslubiyati mukammal bo’lmaganligi va ko’plab tovarlar hamda xizmatlarning qiymati YaIMga kiritilmaganligi sababli, YaIM iqtisodiy faoliyat natijalarining ideal ko’rsatkichi hisoblanmaydi. Shunga qaramay bu xatoliklarning mavjudligi YaIM ahamiyatini kamaytirmaydi. Agar xatoliklar miqdori vaqt o’tishi bilan unchalik o’zgarmasa, YaIM turli yillar va turli o’n yilliklarda iqtisodiy faoliyat natijalarini solishtirish uchun muvaffaqiyatli ravishda qo’llanilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |