Xalqaro savdoni tartibga solishda eng ko’p qo’llaniladigan usul bo’lib tarif, ya’ni importga solinadigan bojxona boji hisoblanadi.
Importga tariflarning maxsus va advalar turlari o’zaro farqlanadi. Maxsus bojlar import qilinayotgan tovarlar birligiga nisbatan o’rnatiladi. Masalan, 1 barel neftga nisbatan 2 evro.
Advalar bojlar import qilinayotgan tovar qiymatiga nisbatan ma’lum foiz tariqasida belgilanadi. Masalan avtomobil xarid narxining 40%.
Har ikkala turdagi import tariflarning oqibatlari deyarli bir xil bo’lib, buni biz quyidagi grafik vositasida ko’rib chiqamiz.
Aytaylik, import tariflari joriy qilingunga qadar ichki ishlab chiqarish hajmi S1, ichki talab hajmi esa D1 teng bo’lgan. Talab va taklif o’rtasidagi farq (D1-S1) import hisobiga qoplangan. Mamlakat iqtisodiyoti yopiq bo’lganida baholar darajasi Re ga teng, talab va taklif muvozanati esa E nuqtada o’rnatilgan bo’lar edi. Mamlakat iqtisodiyoti ochiq bo’lgani va importga cheklovlar yo’qligi tufayli milliy bozordagi narxlar jahon bozori narxlari Rw bilan bir xil.
Importga tarif joriy qilinishi natijasida ichki baholar Rw dan Rd ga qadar ko’tariladi. Natijada:
6
Import qilinadigan tovarning ichki bahosi = Jahon bozoridagi bahosi +(Jahon bozoridagi bahosi x Tarif stavkasi).
Oqibatda ite’molchilar ma’lum bir yo’qotishlarga duch keladilar. Bu yo’qotishlar grafikda a,b,c,d sohalar bilan ko’rsatilgan.
Baholarning ko’tarilishi ilgari raqobatbardosh bo’lmagan ayrim ichki ishlab chiqaruvchilar uchun ham foyda ko’rib ishlashga imkon beradi. Umuman shu sohada band milliy ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarish hajmini S1 dan S2 ga qadar oshiradi va S2-S1 hajmdagi mahsulot Pd bahoda sotiladi. Shu hajmdagi mahsulotni iste’molchilar oshirilgan narxda sotib oladilar va a sohaga teng yo’qotishga duch keladilar. Ammo, bu yo’qotish ichki ishlab chiqaruvchilarning o’sgan foydasiga aylanadi.
Baholarning o’sishi oqibatida iste’molchilar ko’rilayotgan tovar iste’moli hajmini D1 dan D2 qadar qisqartiradi. Bu yo’qotish grafikda d soha bilan ko’rsatiladi va u hech kimning foydasi bilan qoplanmaydi.
7
S2- D2 oraliq tarif joriy qilingandan so’ngi import hajmi bo’lib, shu hajmda tovarni iste’molchilar ilgarigidan yuqori bahoda sotib oladilar. Buning natijasida ular turmush darajasidagi yo’qotish ro’y beradi. Bu yo’qotish grafikda s soha bilan belgilangan bo’lib, u davlat byudjetiga borib tushadi. Ya’ni, bu sohadagi iste’molchilarning yo’qotishi davlatning foyda ko’rishi bilan qoplanadi.
Tarif kiritilishi oqibatida iste’molchilar talabi arzon import tovaridan qimmat ichki tovarga yo’naltiriladi. Iste’molchilarning o’sgan to’lovlari yuqori chegaraviy xarajatga ega, raqobatbardosh bo’lmagan samarasiz ichki ishlab chiqarishni kengayishiga olib keladi. Iste’molchilarning bu yo’qotish v sohasi bilan belgilangan bo’lib tarifning «ishlab chiqarish samarasi» deyiladi va hech kimning foydasi bilan qoplanmaydi.