Respublikachilar javobi
Prezident hisobotiga Respublikachilar partiyasi nomidan Marko Rubio, Florida shtatidan yosh senator, gapirdi
"Prezident har bir muammoga javobni soliqni oshirish bilan hal etmoqchi. Uningcha, Amerikaning moliyaviy-iqtisodiy muammolarini ko'proq mablag' orqali yechish mumkin. Gap kuchli va samarali siyosatda", - deydi Rubio.
"Rahbarimiz xususiy sektorni yovuz va ochko'z kuch deb tasvirlaydi. Vaholanki, Amerika iqtisodiyotini ko'tarib turganlar aslida juda oddiy kelib chiqishga ega, qattiq mehnat qilib, yutuqqa erishgan insonlar. Iqtisodni yaxshilash uchun bozorni yanada erkinlashtirish, cheklovlarni kamaytirish kerak".
Ta'lim sohasidan immigratsiya tizimigacha, sog'liqni saqlashdan tortib, ijtimoiy himoyagacha, AQSh jamiki muammolarga yechim qidirar ekan, avvalo davlat qarzini kamaytirish haqida o'ylash kerak, deydi senator..
Amerika kuchi hukumatda emas, uning xalqida, deydi senator. Hukumat rolini kamaytirib, fuqaro faolligini oshirish kerak. Amerika orzusiga yetish shu yurtda yashayotgan har bir insonning o'z qo'lida. Hukumat halal bermasligi, sharoit yaratishi kerak xolos, deydi Marko Rubio.
Rend Pol, "Choychilar" harakati vakili, respublikachi senator
Do'stlaringiz bilan baham: |