Оchiq iqtisоdiyotdа byudjеt-sоliq siyosаti
Yuqoridagilardan ayon bo‘ldiki, Budjet-soliq siyosatida barqarorlikni aniqlash masalasiga yondoshuvlardan biri bo‘lib, foiz stavkalari va inflatsiyaning maqbul o‘sish sur’atlariga mos keladigan YaIMga nisbatan davlat qarzning miqdorini o‘sishiga yo‘l qo‘ymaydigan kursni belgilash hisoblanar ekan. Yuqoridagi me’yorni olib borilayotgan Budjet-soliq siyosatining barqarorlik darajasiga baho beradigan indikator sifatida talqin qilish mumkinligiga qaramasdan, u ayrim kamchiliklardan holi emas. Birinchidan, iqtisodiy adabiyotlarda davlat qarzining YaIM miqdori qancha bo‘lishi optimal yoki maqbul bo‘lishi to‘g‘risida hech qanday ma’lumot yo‘q. Ikkinchidan, davlat qarzinining YaIMga nisbatini barqaror darajada ushlab turish budjet siyosatida juda qattiq cheklovlar bilan bog‘langan bo‘ladi. Shuning uchun Budjet-soliq siyosatini olib borishda to‘lovga qobiliyatlilik tushunchasidan kelib chiqadigan qattiq talablarni biroz yengillashtirish masalasini ko‘rib chiqish lozim.
To‘lovga qobiliyatlilik tamoyili barqaror budjet siyosatining ajralmas qismi hisoblanadi. Uning asosiy talabi qarzning YaIMga nisbati real foiz stavkasi bilan YaIMning real o‘sish sur’ati ayirmasi sur’atlarida bo‘lishidir.
Оchiq iqtisоdiyotdа byudjеt-sоliq siyosаti
Oхirgi yillarda iqtisodchi-olimlar orasida Budjet-soliq siyosatining barqarorligi masalasi katta qiziqish uyg‘otmoqda. Qanday holatlarda Budjet-soliq siyosatini nobarqaror deb hisoblash mumkin? Siyosiy qaror qabul qiladigan shaхslar ma’lumoti uchun qanday operatsion indikatorlar ishlab chiqish lozim? Hozirgi paytgacha soliqbudjet siyosatining barqarorligiga yagona ta’rif ishlab chiqilmagan bo‘lsa-da, ko‘pchilik mutaхassislar tomonidan joriy va kelgusi budjetlar kamomadi YaIMga nisbatan tez sur’atlarda oshib borsa, olib borilayotgan Budjet-soliq siyosati barqaror emas, deb qabul qilingan. Shunday qilib, barqarorlikning eng asosiy ko‘rsatkichlaridan biri qarzning YaIMga nisbati va uning o‘sish sur’atlaridir.
Ko‘pchilik mamlakatlar tajribasi qarz miqdorining YaIMga nisbati baland bo‘lishi oхir-oqibatda olib borilayotgan siyosatning kelajagi yo‘qligi va uni o‘zgartirish lozimligini ko‘rsatdi. Qarzning YaIMga nisbati baland bo‘lishi real foiz stavkalariga bosim o‘tkazib, budjet kamomadi sharoitlarida qarzga хizmat ko‘rsatish xarajatlari salmog‘ining oshishiga olib keladi va budjet siyosatida iхchamlik va egiluvchanlik imkoniyatlaridan foydalanishga imkon bermaydi. Moliya bozorining ishtirokchilari olib borilayotgan siyosat ishonch uyg‘otmayotganligi sababli, uni o‘zgartirish lozimligiga ko‘zi yyetib, o‘z kutishlarini o‘zgartirilardi va natijada hukumat olib borayotgan siyoatni davom ettirish imkoniyati tugaydi. Bu esa, hukumat tomonidan qarz majburiyatlarini joylashtirish masalasida muammolar tug‘diradi va oхir oqibatda ularni sota olmay qoladi. Bozor faoliyatining qatnashchilari qarz miqdorining YaIMga nisbati qanchalik baland bo‘lsa, hukumat shunchalik xarajatlarni qisqartirish hisobiga budjet chegaralarida qolishi qiyinlashishini tushunib yetadilar va hukumatning emission moliyalashtirish yoki qarzni to‘lashdan bosh tortish va qarzni qaytarish shartlarini o‘zgartirish xavfi oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |