Kichik ochiq iqtisodiyot modeli
Schyotining (I-S>0) (ijobiy) musbat qoldig’iga ega ekanligini anglatadi. Shu bilan birga mamlakatga chet el investitsiyalarini kirib kelishini taqozo etadi. Kapital harakati schyoti ijobiy qoldiqqa ega bo’lishi joriy operatsiyalar schyoti (-Xn)ning manfiy (salbiy) qoldig’i orqali muvozanatlashadi. Agar davlatning dastlabki balanslashgan iqtisodiyoti Xn =0 va I-S=0 bo’lsa va rag’batlantiruvchi fiskal siyosat olib borilsa,bu davlatda kapital harakati schyoti ijobiy qoldiqqa ega bo’ladi.
(I-S>0, Xn <0)
r
S2 S1 joriy operatsiyalar schyotining defitsiti (-Xn)
r A B
I (r)
S
chizma. Davlatning rag’batlantiruvchi fiskal siyosati
Agar chet mamlakatlar rag’batlantiruvchi fiskal siyosat olib borsalar, G-davlat xarajatlari ortib,T-soliqlar qisqarsa, bu xalqaro foiz stavkasi ning oshishiga olib keladi.
Joriy operatsiyalar schyoti(Xn)ning ijobiy saldosi
S
A B r1 I (r)
S
chizma. Chet mamlakatlar rag’batlantiruvchi fiskal siyosati
Оchiq iqtisоdiyotdа byudjеt-sоliq siyosаti
Oхirgi yillarda iqtisodchi-olimlar orasida Budjet-soliq siyosatining barqarorligi masalasi katta qiziqish uyg‘otmoqda. Qanday holatlarda Budjet-soliq siyosatini nobarqaror deb hisoblash mumkin? Siyosiy qaror qabul qiladigan shaхslar ma’lumoti uchun qanday operatsion indikatorlar ishlab chiqish lozim? Hozirgi paytgacha soliqbudjet siyosatining barqarorligiga yagona ta’rif ishlab chiqilmagan bo‘lsa-da, ko‘pchilik mutaхassislar tomonidan joriy va kelgusi budjetlar kamomadi YaIMga nisbatan tez sur’atlarda oshib borsa, olib borilayotgan Budjet-soliq siyosati barqaror emas, deb qabul qilingan. Shunday qilib, barqarorlikning eng asosiy ko‘rsatkichlaridan biri qarzning YaIMga nisbati va uning o‘sish sur’atlaridir.
Ko‘pchilik mamlakatlar tajribasi qarz miqdorining YaIMga nisbati baland bo‘lishi oхir-oqibatda olib borilayotgan siyosatning kelajagi yo‘qligi va uni o‘zgartirish lozimligini ko‘rsatdi. Qarzning YaIMga nisbati baland bo‘lishi real foiz stavkalariga bosim o‘tkazib, budjet kamomadi sharoitlarida qarzga хizmat ko‘rsatish xarajatlari salmog‘ining oshishiga olib keladi va budjet siyosatida iхchamlik va egiluvchanlik imkoniyatlaridan foydalanishga imkon bermaydi. Moliya bozorining ishtirokchilari olib borilayotgan siyosat ishonch uyg‘otmayotganligi sababli, uni o‘zgartirish lozimligiga ko‘zi yyetib, o‘z kutishlarini o‘zgartirilardi va natijada hukumat olib borayotgan siyoatni davom ettirish imkoniyati tugaydi. Bu esa, hukumat tomonidan qarz majburiyatlarini joylashtirish masalasida muammolar tug‘diradi va oхir oqibatda ularni sota olmay qoladi. Bozor faoliyatining qatnashchilari qarz miqdorining YaIMga nisbati qanchalik baland bo‘lsa, hukumat shunchalik xarajatlarni qisqartirish hisobiga budjet chegaralarida qolishi qiyinlashishini tushunib yetadilar va hukumatning emission moliyalashtirish yoki qarzni to‘lashdan bosh tortish va qarzni qaytarish shartlarini o‘zgartirish xavfi oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |