To`lоv bаlаnsi
Investitsiyalardan daromadlar, foizlar va dividendlar bo’yicha to’lovlarni o’z ichiga oladi. Agar xorijga qo’yilgan milliy kapital uchun chet to’lovlari bo’yicha tushumlar mamlakat iqtisodiyotiga jalb etilgan xorijiy kapital uchun to’lanadigan to’lovlar miqdoridan ko’p bo’lsa, unda sof daromad musbat bo’ladi (+8).
Transfert ko’rinishida pul o’tkazishlar shu mamlakatlarning xorijda yashayotgan fuqarolariga to’lanidagan nafaqalarni, muhojirlarning xorijdagi o’z qarindoshlariga pul o’tkazmalari, turli ko’rinishdagi hukumat yordamlarini o’z ichiga oladi. Jadvaldan ko’rinib turibdiki, xorijga jo’natilayotgan pul o’tkazishlar miqdori olinayotganiga nisbatan yuqori, ya’ni, operatsiyalar mamlakatdagi xorijiy valyuta zaxiralarini kamaytiradi (-8).
Joriy hisoblar bo’yicha barcha operatsiyalar yig’indisi joriy operatsiyalar balansini tashkil etadi. Bizning misolda u salbiy (-87). Bu esa mamlakatda import operatsiyalari natijasida xorijiy valyutaga bo’lgan talab uning eksport operatsiyalari ta’minlaydigan taklifdan ortiq bo’lishini anglatadi. Boshqacha aytganda, ushbu holda mamlakat to’lov balansi joriy operatsiyalar bo’yicha kamomadga ega.
O`zbеkistоn Rеspublikаsi to`lоv bаlаnsi
Makroiqtisodiy modellarda joriy operatsiyalar balansi qoldig’i quyidagicha beriladi:
X – M = Xn = Y-(S+I+G)
bu erda: X - eksport; M – import, Xn - sof eksport, S + I + G - absorbtsiya
Joriy operatsiyalar balansida kamomad bo’lgan sharoitda, mamlakatning eksportdan olgan daromadlari importga qilgan xarajatlaridan kam bo’ladi va uni tashqaridan qarz olish hisobiga yoki mavjud aktivlarning bir qismini xorijiy investorlarga sotish orqali qoplashi mumkin. Bu operatsiyalar sof xorijiy aktivlarning kamayishiga olib keladi.
Sof xorijiy aktivlar (CXA) – bu milliy rezidentlar tomonidan egallab turilgan xorij aktivlari va xorijliklar egalik qilgan mamlakat aktivlari o’rtasidagi farqni bildiradi.
Joriy operatsiyalar balansida taqchillik bo’lmagan sharoitda esa mamlakat xorijiy valyutalarni sarf qilishga nisbatan ko’proq olib keladi.
Mamlakatning joriy operatsiyalar bo’yicha balansi ijobiy qoldiqqa ega bo’lsa, unda mamlakatda chet elda ko’chmas mulkni sotib olish yoki boshqa mamlakatlarga qarzga berishga yo’naltirilishi mumkin bo’lgan ortiqcha xorijiy valyuta yuzaga keladi.
Investitsiyalash va kreditlash bilan bog’liq operatsiyalar to’lov balansining keyingi bo’limida, ya’ni, kapitallar harakati hisobida aks ettiriladi.
Mamlakatda ma’lum bir vaqtda moddiy va moliyaviy aktivlarini sotib olish va sotish bilan bog’liq operatsiyalariga kapital harakati hisobi deyiladi. Kapital harakati hisobi balansida korxonalar, er, uy-joylar, qimmatnarx qog’ozlar, aktsiyalar, xazina majburiyatlari va boshqa aktivlarni olish-sotish bilan bog’liq kapitallar oqimi aks ettiriladi. Bu aktivlar sotilsa yoki eksport qilinsa, xorijiy valyuta mamlakatga kiritiladi, ya’ni valyuta tushumi ko’payadi (+150). Biroq kapitalni olib kelish bilan bir vaqtda uni olib chiqish bilan bog’liq operatsiyalar ham amalga oshiriladi. Bunda mamlakatning tadbirkorlari xorijdan aktsiyalar sotib oladi, xorijliklarga kreditlar beradi va shu asosda ular xorijiy valyuta zaxiralarini
Do'stlaringiz bilan baham: |