Tаshqi sаvdо siyosаti
Savdo siyosatining mohiyati va tashqi savdoni cheklash usullari
Biror mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyatga bevosita va bilvosita aralashuvi jarayoni eksport va import hajmi va tarkibiga ta’sir ko’rsatish orqali ichki ish bilan bandlilikni, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy o’sishga erishish, to’lov balansini yaxshilash xamda valyuta kursini tartibga solish maqsadlarini ko’zda tutadi. Davlat tomonidan amalga oshiriladigan bunday tadbirlar tashqi savdo siyosati deb yuritiladi. Tashqi savdo siyosati — byudjet-soliq siyosatining tashqi savdo hajmlarini soliqlar, subsidiyalar, import yoki eksportni to’g’ridan-to’g’ri cheklashlar orqali tartibga solishni o’z ichiga olgan nisbatan mustaqil yo’nalishidir.
Tashqi savdoni cheklash borasida olib borilayotgan xar qanday chora-tadbirlar qisqa muddatli samara beradi. Uzoq davrda esa, faqat erkin savdogina iqtisodiy resurslarni samarali joylashtirish imkonini beradi. Shuning uchun ham ko’pgina mutaxassis-iqtisodchilar mamlakat iqtisodiyoti va aholisi turmush darajasini yaxshilash uchun erkin tashqi savdo siyosati foydaliroq, chunki, tashqi savdoni cheklashga nisbatan uni erkinlashtirish iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishga ko’proq imkoniyat yaratadi, deb hisoblashadi.
Garchand, erkin savdo jahon iqtisodiyoti nuqtai nazaridan foydali bo’lishi mumkin bo’lsada, ammo alohida olingan mamlakat iqtisodiyoti manfaati nuqtai nazaridan erkin savdo hamma vaqt ham foydali bo’lavermaydi.
Tashqi savdoni cheklash usullarining 50 dan oshiqroq turi mavjud. Ularning ayrimlari davlat g’aznasini to’ldirishga yo’naltirilgan bo’lsa, ba’zilari umuman importni cheklashga va yana boshqasi esa eksportni cheklashga yoki
rag’batlantirishga yo’naltirilgan. Amaliyotda tashqi savdoni tartibga solishning tarif va notarif usullaridan foydalaniladi.
Tarif usullariga import va eksport bojlarini joriy qilish kirsa, notarif usullariga eksporterlar va ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berish, kvotalash, litsenziyalash kabilar kiradi.
Tаshqi sаvdо siyosаti
Xalqaro savdoni tartibga solishda eng ko’p qo’llaniladigan usul bo’lib tarif, ya’ni importga solinadigan bojxona boji hisoblanadi.
Importga tariflarning maxsus va advolor turlari o’zaro farqlanadi. Maxsus bojlar import qilinayotgan tovarlar birligiga nisbatan o’rnatiladi. Masalan, 1 barrel neftga nisbatan 2 EVRO.
Advolor bojlar import qilinayotgan tovar qiymatiga nisbatan ma’lum foiz tariqasida belgilanadi. Masalan avtomobil xarid narxining 40%.
Har ikkala turdagi import tariflarning oqibatlari deyarli bir xil bo’lib, buni biz quyidagi grafik vositasida ko’rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |