Dаvlаt byudjеti tаrkibi vа uni tаkоmillаshtirish yo`llаri.
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik yillarida O’zbekiston davlati tomonidan kuchli ijtimoiy siyosatning mamlakatimiz aholisiga ijtimoiy yordam ko’rsatish sohasida amalga oshirilgan islohatlar,imtiyoz va yangiliklarning tobora demokratlashib,insonparvarlik tamoyillariga asoslanib barqaror rivoj topayotgani bilan izohlash mumkin.
Bugungi kunda mamlakatimizda ijtimoiy sohaning rivojlanish darajasi iqtisodiyotning eng muhum ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi.Davlat byudjeti mablag’larining 40 foizdan ortig’i 2018- yilda ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish uchun yo’naltirilgan bo’lsa, 2019-yilga kelib qariyib 60 foizi, yoki 1,5 marta ko’p ushbu sohaga sarflanishi rejalashtirilgan.Shunday ekan,bozor munosabatlari avj olib borgani sari aholini ijtimoiy ta’minlashga oid munosabatlarni huquqiy tartibga solish samaradorligini oshirish zarurati oshib borishi tabiiy.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham fuqarolarning ijtimoiy ta’minot olishga bo‘lgan huquqlari mustahkamlab va kafolatlab qo‘yilgan. Jumladan, Konstitutsiyamizning 39-moddasida shunday deyiladi: «Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda va boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega. Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam turlarining boshqa turlari rasman belgilab qo‘yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas».
Hozirgi davrdagi asosiy maqsad bo‘lib hisoblangan davlatning asosiy vazifasi kishilar boshiga ochlik va muhtojlik tushishiga yo‘l qo‘ymaslikdir.Har qanday davlat ham o‘z aholisini himoya qila olsagina, u insonparvar davlat bo‘la oladi.Kishilarning ijtimoiy himoyalashning va huquqiy kafolotlashning kuchli va ta’sirchan mexanizmi mavjud bo‘lgandagina, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni saqlab qolish mumkin.
Byudjеt-sоliq siyosаti
Moliyaviy munosadatlarni boshqarishning barcha tizimi davlatning moliyaviy siyosatiga asoslanadi. Shuning uchun ham moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element hisoblanadi. Moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi mustaqil faoliyatidir. Bu faoliyat davlatning u yoki bu iqtisodiy va sotsial rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy resurslar bilan ta`minlashga qaratilgan.
Iqtisodiyotning erkinlashuvi, bozor mexanizmini real holatda harakatlanishi ko`p jihatdan shu davlatda budjet-soliq siyosatining qay daraja ekanligiga bog`liq. Bu esa o`z navbatida budjet-soliq mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan davlat siyosatini dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Davlatning budjet siyosatini asosiy belgisi budjet mablag`laridan samarali foydalanish orqali mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishish bo`lsa, soliq siyosatining asosiy belgisi bo`lib soliq yukining iste`molchilar bilan ishlab chiqaruvchilar o`rtasida optimal nisbatini belgilashdir.
Byudjetning barqarorligi mamlakat iqtisodiyoti va eng avvalo, uning ijtimoiy sohasi holatini xarakterlaydigan eng muhim ko’rsatkichlardan biridir.
Darhaqiqat, mamlakat milliy xo’jaligini moliyaviy jihatdan tartibga solish, davlat byudjeti daromadlarini rejalashtirish va byudjetdan moliyalashtirish jarayonlari davomida amalga oshiriladi. Rejalashtirish jarayonining o’zidayoq Davlat byudjeti xarajatlarining umumiy hajmi gorizontaliga, ya`ni tarmoq, vazirlik va maqsadli kesimlarda va vertikaliga, ya`ni boshqaruvning turli darajalariga muvofiq ravishda taqsimlanib, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarning sodir bo’lishi uchun tegishli sharoit yaratiladi. Byudjetdan moliyalashtirish jarayonida esa davlat o’zining ixtiyoriga kelib tushayotgan pul mablag’larini rejalashtirilgan tadbirlar doirasida va undan tashqarida keng manyovr qilish imkoniga ega bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |