Invеstitsiya funktsiyasi vа оmillаri
Mamlakatimizda chuqurlashgan jahon-moliyaviy inqirozi sharoitlarida barqaror o’sish sur’atlarining saqlanib qolishi esa tanlangan mustaqil taraqqiyot yo’limiz va unga muvofiq amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatimizning nechog’liq to’g’ri ekanligini yana bir bor tasdiqlamoqda. Respublikamizda doimo qisqa muddatli spekulyativ kreditlardan voz kechib, chet el investitsiyalarini uzoq muddatlarga, imtiyozli foiz stavkalari bo’yicha jalb etildi. Natijada milliy iqtisodiyotimizning halqaro kreditlar bozoridagi kon’yunkturaga keskin bog’liqligini va moliyaviy inqirozning salbiy oqibatlarining oldi olindi. Mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirish, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan yangi korxonalarni barpo etish va rekonstruktsiya qilish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish nechog’lik katta hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu avvalambor, aholi bandligi, uning ish haqi va daromadlarini oshirish kabi eng muhim ijtimoiy muammolarni yechish imkoniyatini beradi. SHu boisdan ham mamlakatimizga xorijiy investitsiyalar jalb etayotgan korxonalarni iqtisodiy rag’batlantirish va zaruriy sharoitlarni yaratib berish o’ta muhim masalalardan biri hisoblanadi. Xorijiy investitsiyalarni jalb etmay, ayniqsa, yetakchi tarmoqlarda chet el investitsiyalari ishtirokini kengaytirmay turib, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish va modernizatsiyalash, korxonalarni zamonaviy texnika bilan qayta jihozlash hamda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish mumkin emas. 2Mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etilishi uning iqtisodiy imkoniyatlarining kengayishini tezlashtirib, barcha sohalarda ichki imkoniyatlar va rezervlarni ishga solish, yangi texnika va texnologiyani, eksportbop tovarlarni o’zlashtirishga, ularni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish orqali davlatimiz iqtisodiy qudratini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. . Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va iqtisodiyotga jalb qilishning ob’ektiv zarurligi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yilning asosiy yakunlari va 2020 yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi «Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir» nomli ma’ruzasida quyidagi fikrlarni ta’kidladi: “2020 yilda mamlakatimizda muhim strategik loyihalarni amalga oshirish uchun 3 milliard AQSH dollaridan ziyod yoki o’tgan yilga nisbatan 30 foiz ko’p xorijiy investitsiyalar jalb qilinishini e’tiborga oladigan bo’lsak, o’ylaymanki, amalga oshiriladigan loyihalarning ko’lami va salmog’i o’z-o’zidan ayon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |