O`zbеkistоn Rеspublikаsining tаshqi sаvdо siyosаti
Jahon amaliyotida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning bilvosita usullariga qaraganda bevosita usullaridan kengroq foydalaniladi. Bevosita usullar mazmuniga ko’ra, iqtisodiy, ma’muriy, me’yoriy - xuquqiy ko’rinishga ega bo’lishi mumkin.
Litsenziyalash va kvotalash iqtisodiy xarakterdagi bevosita usullar ichida keng tarqalgani hisoblanadi.
Litsenziyalash — bu, tashqi iqtisodiy operatsiyalarni amalga oshirishga davlat tashkilotlaridan ruxsat olishning ma’lum tartibidir. Tashqi iqtisodiy operatsiyalarga mahsulotlar, ishchi va xizmatchilar eksporti hamda moliya operatsiyalarini o’tkazish, xorijga ishchi kuchini ishga joylashtirish va boshqalar kiradi. O’zbekistonda litsenziyalar faqat davlat ro’yxatida qayd etilgan tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga beriladi. Ularni boshqa yuridik shaxslarga berish taqiqlangan.
Mahsulotlar eksporti va importini litsenziyalash davlatga ular oqimini qattiq tartibga solish, ba’zi hollarda ularni vaqtincha chegaralash va shu asosda tashqi iqtisodiy taqchillik o’sishining to’xtash hamda savdo balansining tenglashtirish imkonini beradi.
Umuman, import mahsulotlarga beriladigan litsenziyalar quyidagi usullar yordamida joylashtiriladi.
Ochiq auktsion — davlat litsenziyalarni yuqori baholarni taklif qilgan ishlab chiqaruvchilarga berishi.
Afzal ko’rish tizimi — davlat birinchi navbatda litsenziyalarni ishlab chiqarish hajmi jihatdan yirik bo’lgan firma va kompaniyalarga hech qanday shart va talablarsiz beradi.
Xarajat usuli — davlat litsenziyalarni yirik ishlab chiqarish quvvatlariga va resurslarga ega bo’lgan firma va kompaniyalarga beradi.
Litsenziyalash bilan bir qatorda jahon amaliyotida mahsulotlarni, shuningdek, ishchi kuchi eksport va importini chegaralash maqsadida kvotalash keng qo’llaniladi.
To`lоv bаlаnsi
Investitsiyalardan daromadlar, foizlar va dividendlar bo’yicha to’lovlarni o’z ichiga oladi. Agar xorijga qo’yilgan milliy kapital uchun chet to’lovlari bo’yicha tushumlar mamlakat iqtisodiyotiga jalb etilgan xorijiy kapital uchun to’lanadigan to’lovlar miqdoridan ko’p bo’lsa, unda sof daromad musbat bo’ladi (+8).
Transfert ko’rinishida pul o’tkazishlar shu mamlakatlarning xorijda yashayotgan fuqarolariga to’lanidagan nafaqalarni, muhojirlarning xorijdagi o’z qarindoshlariga pul o’tkazmalari, turli ko’rinishdagi hukumat yordamlarini o’z ichiga oladi. Jadvaldan ko’rinib turibdiki, xorijga jo’natilayotgan pul o’tkazishlar miqdori olinayotganiga nisbatan yuqori, ya’ni, operatsiyalar mamlakatdagi xorijiy valyuta zaxiralarini kamaytiradi (-8).
Joriy hisoblar bo’yicha barcha operatsiyalar yig’indisi joriy operatsiyalar balansini tashkil etadi. Bizning misolda u salbiy (-87). Bu esa mamlakatda import operatsiyalari natijasida xorijiy valyutaga bo’lgan talab uning eksport operatsiyalari ta’minlaydigan taklifdan ortiq bo’lishini anglatadi. Boshqacha aytganda, ushbu holda mamlakat to’lov balansi joriy operatsiyalar bo’yicha kamomadga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |