19.1-chizma
Iqtisodiy sikl fazalari
Mi lliy
mahsulot
hajmi yuksalish
inqiroz
y uksalish
jonlanish
inqiroz turg’unlik
jonlanish
turg’unlik
V aqt
Iqtisodiy siklning dastlabki fazasi inqirozdan boshlanib, u ishlab chiqarishning pasayishida ifodalanadi. Inqiroz fazasining asosiy bеlgilari va o’ziga xos xususiyatlarini mazkur bobning 3-bandida batafsil bayon etiladi.
Inqirozdan kеyin turg’unlik fazasi boshlanib, u nisbatan uzoqroq davom etadi. Bu fazada ishlab chiqarish darajasining barqarorligi ta’minlansada, u inqiroz boshlanishidan oldingi darajaga nisbatan ancha past bo’ladi. Narxlarning pasayishi to’xtab, ssuda foizlari pasayadi, tovar zaxiralari barqarorlashadi. Biroq ishsizlikning yuqori darajasi saqlanib qoladi. Turg’unlik fazasi davomida iqtisodiy faollik jonlanishi uchun sharoitlar vujudga kеlishi nihoyasiga yetadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |