Amaliy tavsiyalar
1. Makkajuxori zararkunandalariga qarshi biologik usulda kurashni to’g’ri
tashkil etish maqsadida asosiy vazifa shundan iborat bo’lmog’i kerakki, ayniqsa
makajuxori kapalagi qurtiga qarshi eng avval laboratoriya sharoitida tuxumxo’r
trixogrammani yaratish, so’ngra qurtxo’r brakonni har bir xo’jalik parallel
yaratishga erishish zarur.
2. Makkajuxori kapalagi va boshqa tunlamlarni zarar keltirish mezonini
aniqlashda feromon tutqichlardan to’g’ri va o’z vaqtida foydalanilsa ko’tilgan
natijani beradi.
3. Kuzgi tunlamga qarshi kurashda uyg’unlashgan kurash tizimini o’z
vaqtida joriy qilish, agar zararkunanda soni me’yoridan oshadigan bo’lsa atrof
muhit va foydali entomofaglar uchun kam zaharli kimyoviy preparatlarni qo’llash
tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |