Kerakli asbob-anjomlar:
ginekologik kreslo, qoshiqsimon
ko‘zgular, bir tishli Myuzo qisqichi, pinset, kleyonka yoki bir
marta ishlatiladigan salfetka va kolposkop.
Muolajaning bajarilishi:
1. Bemor beligacha yechintirilib, ginekologik kresloga yotqi-
ziladi.
2. Qinga qoshiqsimon ko‘zgular kiritilib, bachadon bo‘yni
ochiladi.
3. Kolposkop bilan bachadon bo‘ynining tashqi teshigi atrofi
va qin devorlari ko‘zdan kechiriladi.
4. Kolposkopiya o‘tkazilgandan so‘ng ishlatilgan asboblar xlo-
ramin eritmasiga 10 daqiqaga qoldiriladi.
5. Bemorning turishiga yordamlashiladi.
Hamshira kolposkopiyada yordamchi sifatida ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |