Bachadon bo‘yni kanalidan surtma olish algoritmi:
1. Bemor ginekologik kresloga beligacha yalong‘ochlanib yot-
qiziladi.
2. Qoshiqsimon qin ko‘zgulari (Sims ko‘zgulari) qinga kiri-
tilib, bachadon bo‘ynining qin qismi ochiladi.
3. Paxtali tampon bilan (10% sodali eritma shimdirilgan)
bachadon bo‘yni artiladi.
4. Folkman qoshiqchasi yoki tarnovsimon zond bilan bacha-
don bo‘yni kanalidan tashqi teshikdan 0,5–1 sm ichkariga kiri-
tilib, sekret olinadi va buyum oynasiga surtiladi.
5. Tezlik bilan spirtovkada yonib turgan alanga ustidan uch
marta o‘tkazib, fiksatsiya qilinadi va laboratoriyaga jo‘natiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |