Kerakli anjomlar:
Tibbiy tarozi, dezinfeksiyalovchi eritma.
Muolajaning bajarilishi:
1. Tibbiy tarozi muvozanatga keltiriladi.
2. Ayolning ustki kiyimlari yechiladi.
3. Ayol tarozi maydonchasining o‘rtasiga zatvorning ko‘tarib
qo‘yilgan holatida ehtiyotlik bilan chiqariladi.
4. Ayolni qattiq silkinib ketishdan saqlash lozim.
5. Muvozanat holati yuzaga keltirilgach zatvor pastga tushiriladi.
6. Gavda massasini tarozi pastki va yuqorigi plankalarda yuklar
to‘xtagan bo‘linmalarining ikkita soni yig‘indisi bo‘yicha aniqlanadi.
7. O‘lchashdan olingan ma’lumot dinamik varaqaga belgilanadi.
Eslatma:
Homiladorlikda ayolning tana vazni ortib boradi, tana
vazniga bir haftada 300–400 g dan qo‘shiladi. Butun homiladorlik
davrida tana vazniga normada 10–11 kg qo‘shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |