Maket Akusherlik 2013. pmd



Download 10,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet358/513
Sana13.01.2022
Hajmi10,01 Mb.
#355334
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   ...   513
Bog'liq
akusherlik va ginekologiya

PÅLVÅOPÅRITONIT

Pelveoneritonit (



pelveoperitonitis

) – kichik chanoq qorin par-

dasining yallig‘lanishi. Chilladagi pelveoperitonit septik yoki so‘zak

infeksiyasi zaminida kelib chiqadi. Chanoq qorin pardasining yal-

lig‘lanishi sababli kichik chanoq bo‘shlig‘ida dastlab seroz-fibrinoz

ekssudat hosil bo‘ladi, u keyinchalik yiringlashi mumkin. Ekssudat-

da fibrin borligidan kichik chanoq organlari, ichaklar va charvi

bir-biriga yopishib qoladi. Shu tariqa hosil bo‘lgan konglomeratda

bachadon va boshqa organlarni aniqlash qiyin.

Kasallik tug‘ruqdan keyin 15–25-kuni boshlanadi. Ayol qalti-

raydi, harorati 39–40° gacha ko‘tariladi, qornining pasti qattiq

og‘riydi. Kasallikning dastlabki kunlari ayol ko‘ngli aynib, qusadi,

qorin muskullari taranglashadi, Shetkin-Blyumberg simptomi

musbat bo‘ladi. Bemorning umumiy ahvoli yomonlashib, uyqusi

buziladi, pulsi tezlashadi, tili quruq bo‘lib, karash boylaydi.

Bemor to‘g‘ri davolanganda bu og‘ir simptomlar tez orada

barham topadi, kichik chanoqdagi infiltrat chegaralanib, sekin-asta

so‘rilib ketadi. Keyinchalik kichik chanoq organlari o‘rtasidagi tort-

malar saqlanib qoladi. Pelveoperitonitda ba’zan ekssudat yiringlay-

di; abssess ochilmasa qinga, qovuqda va boshqa organlarga ochilishi

mumkin; yallig‘lanish jarayoni yoyilib, sidirg‘a (diffuz) peritonit

avj olishi mumkin.

Metrit, parametrit, salpingooforit, pelveoperitonitni davolash

quyidagi umumiy tamoyillarga asoslanadi.

1. Ayol qat’iyan yotqizib qo‘yiladi. Bemor tinch yotganda

yallig‘lanish jarayoni chegaralanib, tez barham topadi. Pelveoperi-

tonitda tananing yuqori bo‘limini balandroq qilib qo‘yish (krovat-

ning bosh tomonini ko‘tarish) zarur. Qin orqali tekshirish faqat

zarurat bo‘lganda o‘tkaziladi. Ayol ruhan tinch bo‘lishi kerak.

2. Bemorni sinchiklab parvarish qilish (badanini toza tutish,

kiyimini tez-tez almashtirish, palatani bot-bot shamollatish va

hokazo) va to‘g‘ri ovqatlantirish (mazali, to‘yimli ovqat, vitamin-




302

lar)ning ahamiyati juda katta. Bemorni parvarish qilish va ovqatlan-

tirishda umumiy septik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlar uchun

qabul qilingan qoidalarga amal qilinadi.

3. Yuqorida ko‘rsatilgan kasalliklarning o‘tkir fazasida qorinning

pastiga muzli xalta qo‘yiladi, og‘riq qoldiruvchi shamchalar buyu-

riladi.

4. Yallig‘lanishga qarshi davo qilinadi: kalsiy xloridning 10% li

eritmasi 1–2 kunda 10 ml dan venaga yuboriladi yoki 10% li eritmasi

kuniga 3–4 mahal 1 osh qoshiqdan ichiriladi, 2% li piramidon yoki

amidopirin eritmasi kuniga 3–4 mahal 1 osh qoshiqdan beriladi.

5. Streptomitsin bilan penitsillin va boshqa antibiotiklar buyu-

riladi. Penitsillinni novokainning 0,25–0,5% li eritmasida eritib

yuboriladi. Antibiotik dozasi kasallikning klinik manzarasiga va

qo‘zg‘atuvchi-mikrobning sezuvchanligiga bog‘liq. Odatda, sutkasiga

600 000–800 000 birlik hisobida penitsillin buyuriladi. Yallig‘-

lanishga va bakteriyaga qarshi ta’sir etadigan sulfanilamid preparat-

lar (sulfazol, sulfatiazol, oq streptotsid va hokazo) yaxshi foyda

beradi. Sulfanilamid preparatlar dastlabki ikki kunda har 4 soatda

1 g dan, keyingi 2–4 kunda har 4–6 soatda 0,5 g dan ichiriladi.

6. Venaga glukoza eritmasi yuboriladi. Kasallikning yarim o‘tkir

bosqichida autogemoterapiya qilinadi yoki oz-ozdan qon takror

quyib turiladi.

7. Bachadon atrofidagi kletchatka va chanoqning qorin par-

dasidagi infiltrat yiringlaganda jarrohlik usuli bilan davolanadi. Abs-

sessni qay tomondan ochish qulayligiga qarab, qinning orqa gum-

bazi orqali (kolpotomiya) to‘g‘ri ichak orqali yoki qorin devori

orqali (parametritda) ochishadi.




Download 10,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   ...   513




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish