muskul qa-
vati
bor, u ikki qatlamdan: bo‘ylama (uzunasiga) ketgan tashqi
qatlam va aylana yotgan (sirkulyar) ichki qatlamdan iborat. Ichki
qatlamdagi muskullar tashqi qatlamga qaraganda ko‘proq rivojlan-
gan, elastik tolalari ham ko‘p. Muskul qatlamiga
qinning och pushti
rangdagi shilliq pardasi
taqalib turadi. Shilliq pardaning oldingi va
opqa devorlarida uzunasiga ketgan ikkita milk (valik) bor, bular bir
talay ko‘ndalang burmalar (
columnae rugarum
)dan iborat; qin
devorlarining juda ham cho‘ziluvchanligi ana shu burmalarga bog‘liq.
Bu tug‘ruq vaqtida katta rol o‘ynaydi. Tug‘ruq, ayniqsa, takror
tug‘ishdan keyin bu burmalar sekin-asta yozilib, tekislanib ketadi;
ko‘p tuqqan ayollarda qin shilliq pardasi silliq bo‘ladi
.
Do'stlaringiz bilan baham: |