TOR CHANOQDA TUG‘RUQNING KECHISHI
Chanoq torayishiniing 3–4-darajalarida yetuk tirik homilaning
tug‘ilishi mumkin emas. O‘z vaqtida yordam ko‘rsatilmasa, bacha-
don yorilib, septik infeksiya yoki boshqa ko‘ngilsiz hodisalar ro‘y
berib, ona va homila nobud bo‘ladi.
Chanoq birinchi va ikkinchi daraja tor bo‘lganida, homilaning
o‘rtacha kattalikda bo‘lishi, homila va uning oldinda keluvchi
qismining to‘g‘ri joylashgan bo‘lishi, homila boshining yaxshi
konfiguratsiyalana olishi katta ahamiyatga egadir.
Homilaning oldinda keluvchi qismi to‘g‘ri joylashsa, tug‘ruq
normal o‘tadi va hech qanday og‘ir holat ro‘y bermaydi. Yuqorida
aytib o‘tilgan qulay sharoitlardan birontasi bo‘lmay, chanoq sal
toraygan bo‘lsa ham, tug‘ruqning normal kechishi izidan chiqishi,
tug‘ruq vaqtida turli og‘ir holatlar ro‘y berib, uning patologik
holatga aylanishi, ona va homila hayoti uchun xatarli bo‘lishi
mumkin.
Chanoq tor bo‘lganda bunday asoratlar tug‘ruqning turli davr-
larida ro‘y berishi mumkin. Chanog‘i tor, infantil ayollarda tug‘ruq
jarayoni ancha qiyin kechadi. Homila boshining surilishiga chanoq
suyaklari to‘sqinlik qilganligi sababli, ularning kuchi tez sarflanadi,
natijada tug‘ruq cho‘zilib ketadi, tug‘ruq dardining birlamchi sust-
iligi vujudga keladi. Bachadon bo‘yni to‘la ochilmasdan yoki to‘la
ochilgan bo‘lishiga qaramay, homilaning oldinda keluvchi qismi-
ning taqalish kamari bo‘lmasdan qog‘onoq suvi ketib qolsa, kin-
dik tizimchasi, homila qo‘li (homila ko‘ndalang yotganda) qinga
tushishi mumkin. Bu tug‘ish jarayonini yanada og‘irlashtiradi. Suv-
siz davr qancha uzoq davom etsa, homila asfiksiyasiga, ona va
homilaning yuqumli zararlanishiga qulay sharoit yaratiladi. Onada
endometrit avj oladi.
Tor chanoqda homilaning tug‘ilish davrida eng ko‘p qiyinchi-
liklar ro‘y beradi. Homila boshi kichik chanoq og‘zining ustida
uzoq turadi; avvaliga harakatchan bo‘ladi, keyin chanoq og‘ziga
taqalib, hajmi chanoq o‘lchamlariga mos kelsa, kichik segmenti
267
bilan sekin-asta suqiladi. Chanoq og‘ziga suqilgan homila boshi zo‘r
berib, dard tutganida anchagina konfiguratsiyalanadi, shu jarayonda
tor chanoqning shakliga moslashib, tug‘ruq yo‘llaridan o‘tishi
mumkin.
Homilaning tug‘ilish davri aksari cho‘zilib ketadi. Homila tor
chanoq halqasidan o‘tishi uchun dard va to‘lg‘oq qattiqroq tutishi
kerak. Homilaning tug‘ilishi anchagina to‘sqinlikka uchrasa, dard va
to‘lg‘oq behad qattiq tutib, bachadonning pastki segmenti o‘ta
cho‘zilishi mumkin. Homila boshi chanoqqa sig‘masa, bachadon
yorilishi mumkin. Ba’zida dard va to‘lg‘oq qattiq tutganidan keyin
tug‘ruq kuchlarining ikkilamchi sustligi boshlanadi: to‘lg‘oq tut-
may qo‘yadi, homila nobud bo‘ladi, tug‘ruqda endometrit avj ola-
di, keyinchalik esa og‘ir septik kasalliklar ro‘y beradi.
Homila boshi chanoq og‘zida yoki chanoq bo‘shlig‘ida uzoq tur-
ganida, tug‘ruq yo‘llarining yumshoq to‘qimalari chanoq suyaklari
bilan homila boshi o‘rtasida qisilib qoladi. Yumshoq to‘qimalar qi-
silib qolganida ularda qon aylanishi buziladi: bachadon bo‘yni, qo-
vuq devorlari, keyinchalik qin va tashqi jinsiy a’zolar ko‘karadi va
shishib ketadi. Qovuq va uretraning qisilib qolishi sababli siydik
kelmay qoladi. Yumshoq to‘qimalar uzoq qisilib, qon aylanishi
buzilganicha qolaversa, nekroz boshlanadi. Yumshoq to‘qimalarning
nekrozga uchragan qismlari tug‘ruqdan keyin 5–7-kuni ko‘chib
tushadida, siydik-tanosil oqmalari yoki ichak-qin oqmasi vujudga
keladi.
Bachadon bo‘ynining shishganligi va siydik kelishining qiyin-
lashganligi yumshoq to‘qimalarning qisilganligidan darak beradi:
siydikka qon aralashib kelishi oqma hosil bo‘lishi mumkinligini
ko‘rsatuvchi tahlikali belgidir. Nervlar qisilib, oqibatda oyoq mu-
shaklarining parezi ro‘y berishi mumkin.
Homila boshining chanoqdan o‘tishi ancha qiyinlashganda,
ba’zan simfiz zararlanadi: tuqqan ayol oyog‘ini qimirlatganda
og‘riq sezadi, bemalol qadam tashlab yura olmaydi; simfiz paypas-
langanda og‘riq seziladi, uning yoriqligi paypaslab bilinadi.
Tor chanoqda homila ko‘pincha ko‘ngilsiz hodisalarga uchraydi.
Tug‘ruqning uzoq davom etishi va tug‘ruq kuchlarining anomali-
yasi ko‘p uchrashi sababli, bachadon bilan platsenta o‘rtasida qon
aylanishi buzilib, homila asfiksiyasi ro‘y berishi mumkin. Asfiksiya
oqibatida homilaning miyasiga va boshqa a’zolariga qon quyiladi.
Homila boshi qattiq qisilganda va kalla suyaklari chokidan ortiqcha
268
siljiganda miyaga qon quyilishi mumkin. Qon tomirlarining yorilishi
natijasida bir yoki ikkala tepa suyak terisi ostiga qon quyilishi (ke-
falogematoma paydo bo‘lishi) mumkin (127-rasm). Odatda katta
tug‘ruq o‘smasi paydo bo‘ladi, ba’zan kalla suyaklari yorilishi
mumkin (128-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |