Homilaning vaqtidan o
‘
tib ketganligi belgilari:
homila ustini
qoplagan moyning kam bo‘lishi. Homila bosh suyagi qattiq, chok-
lari tor, liqildoqlar kichkina. Terisi birmuncha shalpaygan:
mase-
ratsiya
(teri yuza qavati oson ko‘chib tushadi, kafti bujmaygan –
kir yuvuvchining qo‘liga o‘xshaydi), terisi kulrang.
Homilaning muddatidan o‘tib tug‘ilishi ko‘pincha bahor va
qish paytlarida, organizmda vitaminlar kamaygan davrda uchraydi.
Davosi:
ayol organizmining tug‘ish jarayoniga tayyorligini
aniqlash uchun oksitotsin testini qo‘llash mumkin. 1 ml oksitotsin
yoki 5 TB olib 5% li 500 ml glukoza eritmasiga qo‘shilib yaxshilab
aralashtiradi. Ayol venasiga 15–20 tomchidan yuboriladi va har
5 daqiqada bachadon qisqarishi tekishiriladi. Agar oksitotsin vena
ichiga yuborilayotganda kaftimiz bilan bachadonning ritmik qisqa-
rishini sezsak, oksitotsinli test musbatligini, ya’ni ayol organizmi
tug‘ish jarayoniga tayyorligini bildiradi.
Agar oksitotsinli test manfiy bo‘lsa, ayol organizmini estro-
gen, vitaminlar, ATF, kalsiy xlorning 10% eritmasidan venaga
yuborib, 3–5 kun tayyorlanadi.
Ayolga estrogen-glukoza-vitamin-kalsiyli kompleks bilan birga
dardni zo‘raytiruvchi dorilar qilinadi. 20000 TB follikulin yoki
sinestrol 0,5 ml efir bilan mushak orasiga har ikki soatda yuborila-
di. So‘ngra kanakunjut yog‘idan 30 g ichiladi. 2 soatdan keyin
huqna qilinadi. Har 45 daqiqada hammasi bo‘lib, 4–5 marta 0,15–
0,2 xinin beriladi. Qon tomirga 40% li – 20 ml glukoza, 6%–1,0
244
vitamin B
1
, 5%–5,0 askorbin kislota, vitamin C, 10%–10,0 ml
kalsiy glukonat yuboriladi.
Bu aytib o‘tgan vitamin – glukoza gormonal – kalsiyli fondan
tashqari 5 TB oksitotsin 5%–500,0 glukozaga qo‘shib har da-
qiqasiga 8 tomchidan 30–40 tomchiga yetkazib tomiziladi. Tom-
chini ko‘paytirayotganda ayolning ahvolidan xabardor bo‘lish,
bachadon qisqarishiga e’tibor berish kerak.
Oksitotsin spazmolitik va og‘riqni qoldiruvchi preparatlar bilan
birga yuboriladi. Aprofen 1%–1,0, promedol 2%–1,0 mushak
orasiga.
Agar ayol bir sutkadan ortiq sust dard chekib charchagan
bo‘lsa, dardni zo‘raytiruvchi dori foyda qilmasa, narkoz beriladi.
Oldin teri orasiga atropin 0,1%, so‘ngra vena ichiga 20%–10,0
natriy oksibutirat eritmasi yuboriladi.
Viadril yoki GOMK qilib ayolni uxlatish mumkin. Keyin
tug‘ruq yo‘llari tekshiriladi, qon bosimi o‘lchanadi, homila yu-
rak urushi eshitib ko‘riladi, so‘ngra oksitotsin vena ichiga yubo-
riladi.
So‘nggi vaqtlarda dardni zo‘raytiruvchi yangi preparatlar Pros-
toglandin F
2
á
(2,5 mg va 2,5 TB oksitotsin 5%–500,0 glukozada)
vena ichiga yuboriladi.
Tug‘ruq vaqtida har 3 soatda asfiksiyaga qarshi profilaktik cho-
ralar ko‘riladi. Qog‘onoq suvi ketgandan so‘ng 4–5 soat o‘tgach,
tug‘ruq vaqtida endometrit va chilla davridagi asoratlar oldini olish
maqsadida 500000 TB penitsillin mushak orasiga har 6 soatda,
norsulfazol va sulfademizin beriladi, 0,5 x 3 mahal.
Do'stlaringiz bilan baham: |