Davolash.
Nefropatiya faqat statsionarda davolanadi. Har bir
homilador ayolda nefropatiya belgilari hatto uncha yaqqol
ko‘rinmaganda ham, uni tug‘ruq kompleksining homiladorlik pa-
tologiyasi bo‘limiga (palatasiga) jo‘natish zarur. Bemor yotqizib
qo‘yiladi, yengil parhez taomlar buyurilib, suv va tuz iste’mol
qilish cheklanadi. Nefropatiyaning og‘ir shakllarida tuzsiz, asosan,
uglevodli ovqatlar (kisel, bo‘tqa, muss, pechenye, qand, pyure,
ho‘lmeva va boshqalar) buyuriladi. Oqsil tariqasida qaynatib pishi-
rilgan go‘sht yoki baliq (ozroq miqdorda) beriladi. Badanga ko‘p
shish to‘planib, qon bosimi ancha ko‘tarilib ketgan bo‘lsa, ba’zi
kunlari bemorga hech qanday ovqat yedirilmay, faqat 1–1,5 kg
olmaga shakar qo‘shib beriladi. Vitaminlar, ayniqsa C, A, B guruhi
tavsiya qilinadi. Bemor ahvolini kuzatib borib, arterial bosimini
har kuni o‘lchab, vazni tortib turiladi, sutkalik siydik miqdori
aniqlanadi, siydigi 2–3 kun oralatib tekshiriladi. Bemor issiq tu-
tiladi, palata tez-tez shamollatib turiladi; iliq dushga tushish tavsiya
etiladi (bemorning qurbi yetsa, har kuni dushga tushiriladi).
Dori moddalardan magniy sulfat qo‘llaniladi (25% li eritmasi
bir kunda 4 mahal – har 6 soatda 20 ml dan muskul orasiga
yuboriladi). Zarur bo‘lsa, magniy sulfat eritmasi bilan davolash
2–3 kundan keyin takrorlanadi. Bu dori arterial bosimni pasayti-
radi, siydik kelishini kuchaytiradi (shishni kamaytiradi), asab tizi-
mining qo‘zg‘aluvchanligini bartaraf qiladi. Venaga glukoza (40% li
217
eritmasidan 25–30 ml), yaxshisi, unga askorbin kislota qo‘shib
yuborib turiladi. Magniy sulfat yuborilmaydigan kunlari kalsiy xlo-
rid ichish buyuriladi (10% li eritmasi 1 osh qoshiqdan kuniga
3 mahal). Qon bosimini pasaytirishga aminazin yaxshi kor qiladi.
Bu dori ichish, venaga, muskullar orasiga yuborish uchun buyu-
riladi. Magniy sulfat (20–25% li eritmasidan kuniga 2 mahal) bi-
lan aminazindan (1 ml 2,5% li eritmasini kuniga 1–2 mahal
muskullar orasiga) foydalanish tavsiya qilinadi. Aminazinni rezer-
pin bilan birga (0,1–0,25 mg dan kuniga 2–3 mahal ichish)
qo‘shib ishlatilsa ham bo‘ladi. Boshqa dorilar ham qo‘llaniladi
(dibazol, pentamin va boshqalar). Badanga shish kelgan bo‘lsa,
siydik haydovchi dorilar, uyqu buzilganida esa arslonquyruq va vale-
riana ildizi damlamasi, kechasi ichib yotish uchun nembutal (0,1
g), noksiron {0,2 g) va boshqalar beriladi. Oqsil almashinuvini
yaxshilash maqsadida metionin 1,0 dan bir kunda 2–3 marta be-
riladi. Giðotenziv preparatlardan dibazol 1%–1,0 teri ostiga, eu-
fillin 0,1–2–3 marta ichishga, agarda A/B juda baland bo‘lsa
boshqariladigan giðotoniya usul qo‘llaniladi. Bu maqsadda arfonad,
pentamin, geksoniy, benzogeksoniy 0,1%–0,5% eritmalari har
daqiqada 50–70 tomchidan tomchilab qon tomirga quyiladi. Agar
ahvol yaxshilanmasa tezlik bilan tug‘dirish chorasi ko‘riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |