Bachadonning qanchalik qisqarganligini tubi qay balandlikda
turganligidan bilsa bo
‘
ladi.
Tug‘ruqdan keyingi dastlabki 10–12
kun mobaynida bachadon tubi kuniga taxminan bir barmoq enicha
pastga tushadi. Tug‘ruqdan keyin bachadon tubi 1–2-kuni kindik
ro‘parasida (qovuq to‘lmagan bo‘lsa), 3-kuni kindikdan 1–2 bar-
moq enicha pastroqda, 4-kuni kindikdan 2–3 barmoq enicha past-
roqda, 5-kuni qovning yuqori chekkasi bilan kindik orasidagi
masofaning o‘rtasida bo‘ladi, 6-kuni bachadon tubi hozirgina
ko‘rsatilgan sathdan taxminan bir barmoq enicha pastga tushadi,
7-kuni qovdan 3 barmoq enicha yuqorida, 8-kuni qovdan 2 bar-
moq enicha yuqorida joylashadi, 10–12-kuni bachadon tubi odatda
qov orqasiga o‘tib, qo‘lga ilinmaydi.
Bachadon tubining balandligini o‘lchab olinadigan ma’lu-
motlarga asoslanib, bachadon involutsiyasi haqida fikr yuritish
mumkin. Bachadon tubining balandligi qovuq bo‘shatilgach san-
timetrli lentada o‘lchanadi. Bachadonning bo‘yi kichrayish bilan
bir vaqtda eni va vazni ham kamayadi.
Bachadon bo‘yni ichkaridan tashqariga qarab shakllanadi ichki
teshigi ertaroq, tashqi teshigi kechroq yopiladi. Ichki teshik 3-kuni
hali bir barmoq sig‘arli ochiq turadi, 7–10-kunga borib bekiladi.
Tashqi teshik tug‘ruqdan keyin 3-haftada yumiladi.
Bachadon qisqarishi bilan bir vaqtda bezlarining tub bo‘lim-
laridagi epiteliy va endometriy bazal qavatining stromasi o‘sishi
hisobiga bachadon shilliq pardasi tiklanadi (regeneratsiya). Shilliq
parda regeneratsiyasi ayolda bachadon jarohatining bitish jarayonidan
iborat. Bachadon jarohati bitgan vaqtda leykotsitlar devori (grapulat-
sion val) hosil bo‘ladi. Bu val bachadon devoriga va jinsiy
yo‘llarning boshqa bo‘limlariga mikroblar kirishiga to‘sqinlik qiladi.
Bachadon ichki yuzasi (jarohati) tug‘ruqdan keyin 10-kunga
borib epiteliy bilan qoplanib bo‘ladi, 20-kunga borib endometriy
to‘la tiklanadi.
Loxiyalar.
Endometriyning tiklanish jarayonida bachadondan
chilla davriga xos chiqindilar – loxiyalar (
lochia
) keladi. Loxiyalar
bachadonning bitayotgan jarohatidan chiqadigan suyuqlik, ya’ni
jarohat sekretidir. Loxiyalar qon zardobidan, parchalanuvchi de-
sidual parda qoldiqlaridan, leykotsitlardan iborat; dastlabki kunlar-
da loxiyalarga anchagina qon aralashgan bo‘ladi.
180
Dastlabki 3–4 kunda loxiyalar qonday qizil bo‘ladi (
lochia rub-
ra
). Keyingi kunlarda sekin-asta oqaradi, picha qon aralash seroz
suyuqlikka o‘xshaydi (
lochia serosa
), 10-kunga borib tiniq, qonsiz
bo‘lib keladi (
lochia alba
). Loxiyalar sekin-asta kamayadi; 3-
haftadan boshlab loxiyalar kam kelib, shilimshiq bo‘lib qoladi,
5–6-haftaga borib chiqmay qo‘yadi.
Bachadon involutsiyasi sekin davom etganda loxiyalar chiqishi
cho‘zilib ketadi. Bachadon orqaga qayrilganda ichki teshik berkilib
qolsa, loxiyalar bachadon bo‘shlig‘iga to‘planishi mumkin, bu
loxiometra (
lochiometra
) deb aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |