Skulskiy formulasi:
X = (L•2)–5.
5
Bu formulada
X
– izlanayotgan homiladorlik muddati;
L
–
bachadondagi homilaning uzunligi;
2
– ikkilanish koeffitsienti;
suratdagi
5
– bachadon va qorin devorining qalinligi, maxrajdagi
5
– Gaazi formulasidagi indeks.
Masalan: homilaning uzunligi 25 sm, u ona qornida ikki
buklanib yotganligi uchun uni 2 ga ko‘paytirsa 25•2 = 50 bo‘ladi,
undan 5 sm chegirib, 5 ga bo‘linsa 45 : 5 = 9 kelib chiqadi. De-
mak, homiladorlik muddati 9 oylik, yoki 36 haftalik hisoblanadi.
Tug
‘
ruqqacha beriladigan ta’til muddatini aniqlash.
Ishchi-xiz-
matchi ayollarga tug‘ruqqacha beriladigan ta’til muddatini belgilashda
homiladorlik muddatini aniqlash alohida ahamiyatga ega.
Tug‘ruqqacha beriladigan ta’til muddatini aniqlashda anamnez
va obyektiv tekshirishning hamma ma’lumotlari hisobga olinadi.
So‘nggi marta hayz ko‘rish va homilaning birinchi marta qimirlagan
vaqti, shuningdek homilador ayol avvallari akusherga ko‘ringan-
dagi tekshirish ma’lumotlari hisobga olinadi. Tug‘ruqqacha berila-
digan ta’til muddatini aniqlash uchun homilador ayolning hayz
ko‘rmay qo‘ygandan keyin tez orada akusherga kelib-uchrashuvi va
homiladorlikni barvaqt aniqlash muhim ahamiyatga egadir.
Turli ayollar homiladorlikning bir muddatida tekshirilganda
har xil ma’lumot olinadi. Bu esa homilaning kattaligiga va vaziyati-
ga, qog‘onoq suvining miqdoriga, homilaning oldinda yotgan
qismi qay balandlikda ekanligiga bog‘liq. Aksari ayollar homilador-
ligining 32-haftasida tekshirilganda bachadon tubi xanjarsimon o‘siq
bilan kindik oralig‘ida yoki undan birmuncha yuqorida ekanligi
aniqlanadi. Bachadon tubining qovdan balandligi santimetrli lenta
bilan o‘lchanganda 28—30 sm ekanligi aniqlanadi. Homila boshi
birinchi marta homilador bo‘lgan ayollarda chanoqda taqalib tura-
di, takror homilador bo‘lgan ayollarda harakatchan bo‘ladi; ho-
mila boshining peshona-ensa o‘lchami o‘rta hisob bilan 9,5—10
sm; qorin aylanasi 85—90 sm.
K.M.Figurnov va B.A.Libovlar tomonidan 32 haftalik homila-
dorlikni aniqlash uchun maxsus jadval ishlab chiqilgan. Homila-
dor ayollarni bo‘yi, konstitutsion tiðiga qarab III guruhga bo‘lib,
jadvalga solgan. Hozirgi paytda tug‘ruqdan oldingi dekret ta’tili 30
haftalikdan berilishi sababli bu jadval quyidagicha ko‘rinishga ega:
128
Homiladorlikning 36-haftasida bachadon tubi xanjarsimon
o‘siqqa qadar yetadi, qovdan 31—32 sm balandda turadi, qorin
aylanasi 90—95 sm bo‘ladi; homila boshi birinchi marta
tug‘ayotgan ayollarda chanoq kirish qismiga kirib turadi, takror
homilador bo‘lgan ayollarda esa harakatchan bo‘lishi mumkin;
homila boshining peshona-ensa o‘lchami 11—11,5 sm.
Homiladorlikning 36-haftasida kindik tekislana boshlaydi. Homi-
ladorlik muddatini aniqlamoq uchun qorindagi homilaning uzun-
ligi o‘lchanadi.
Homilaning chanoq tomoni oldinda yotgan bo‘lsa, bachadon
tubi bosh tomonning oldinda yotishiga nisbatan 2—3 sm yuqori-
roqda turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |