Ushbu uskuna o’zida xamir tayyorlash qismi hamda makaron mahsulotini siqib chiqarish qismlarini o’zida jamlagan bo’lib, quvvati 40 kg soatgacha yetadi. Ko’p hollarda chiqargan mahsulotingiz unumdorligi siz ishlab chiqarishda tanlagan qolip shakliga ko’proq bog’liq sanaladi, chunki hamma makaron mahsulotlari ham bir xil vaznga va hajmga ega emas.
Konveyer lentasi ekstruderdan chiqqan mahsulotni par berish orqali yuza qismini silliqlashtirib berish uchun xizmat qiladi. Konveyer lentaga bug’ generatori orqali chiqadigan qismdan o’tgach sovutiladi. Shundan so’ng u quritish shkafi sari yo’l oladi.
Ushbu qism konveyer lentasi bilan birga ishlaydi va makaronga bug’ berish orqali uning yuzasini silliq bo’lishini ta’minlaydi. Ushbu jarayonda par berish tezligi va lenta harakati bir biriga mutanosib bo’lishi juda muhim, aks holda makaronga kam yoki ko’p bug’ berilishi mumkin. Bu esa mahsulotingiz sifatiga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Quritish jarayoni tayyor mahsulot uchun muhim qismlardan biri sanalib aynan ushbu qism sizga mahsulotingizning asl holatini ko’rsatib beradi. Quritish vaqti makaronning namlik darajasiga bevosita bog’liq hisoblanadi. Issiqlikni oshirib yuborish ham mahsulotingiz ko’rinishiga salbiy tasir qiladi. Bu jarayonda kam issiqlikni havo orqali berib, uni ventilyatsion usulda butun shkaf bo’ylab harakatlantiradi.Natijada makaronning hamma qavatlari bir xilda qurishi ta’minlanadi. Makaronni o’rtacha namlik holatida 1 soat atrofida quritish maqsadga muvofiq.
Quritish shkafidan olingan makaronlar yaxshilab sovutilgach ularni idishlarga qadoqlash va mijozlarga yetkazish qoladi xolos. Biz uskuna narxi oshib ketishini oldini olish maqsadida sizga yarim avtomat qadoqlash uskunasini tavsiya qilmoqdamiz.
Yuqoridagi liniya uchun quyidagi talablarni xaridor bajarishi lozim bo’ladi:
380 v 50 hz kuchlanishli xona ichida joylashga tarmoq shiti Agar imkon bo’lsa sovuq suv tarmog’i, imkon bo’lmagan taqdirda 200L li plastik idish Injener texnolog talab qilgan boshqa kichik talablar JOY UCHUN 1mln so’m 2ta ishchi uchun oyiga 2,5mln so’mdan har biri uchun. Jami 5mln so’m Bir kunda 7 soat ishlaydi. Har soatda 40kg makaron mahsuloti ishlab chiqarish qobiliyatiga ega . Kommunal to’lovlar uchun 1mln so’m Makaron ishlab chiqarish uchun kerak bo’ladigan jihozlar summasi 90mln so’m (o’rnatib berish bilan birga) 10mln so’m reklama uchun. 100 mln so’mning barchasi sarflandi. Ishchilar bir oyda 25kun ishlashadi. Har kuni 280 kg mahsulot ishlab chiqariladi. Har kuni taxminan 200 kg miqdorda mahsulot sotiladi. Har kgni 5000 so’mdan sotsak 200*5000=1mln so’m Oyiga 25*1 000 000=25 mln so’mni tashkil etadi. 25mln-5mln(ishchilar oyligi)-1mln(kommunal to’lovlar)=19mln so’m 1yilda 12*19 000 000=228 000 000 so’m foyda .