Ma'lum ma'no bilan bog'langan va morfologik shakllangan tovush yoki tovushlar birikmasi so'z sanaladi.
So'z ikki xil ma'no bildiradi. Bu ikki xil ma'noni opa so'zi misolida ко'rib chiqaylik.
Opa so'zi akа, uka, singil singari so'zlar bilan qarindoshlik ma'nosi bilan bir guruhga birlashadi. Ayni paytda, bir guruhga mansub bo'lgan yuqoridagi so'zlar bir-biriga zidlanganda, ma'lum ma'nolari bilan o'zaro farqlanadi.
Xususan, opa so'zi о'gay opaga zidlanganda, qon-qorindoshlik (o'gay emaslik) ma'nosini bildirishi bilan; opa so'ziga zidlanganda, men bilan bir bo'g'inga mansublik ma'nosini bildirishi bilan; aka, uka so'zlariga zidlanganda, ayol jinsiga mansublik ma'nosi bilan; singil so'ziga zidlanganda esa opaiiing mendan kattalik, singilning esa kichiklik ma'nosiga egaligi bilan farq qiladi.
Opa so'zining boshqa qarindoshlik bildiruvchi so'zlar bilan birlashtirib turadigan va ayni paytda, ularni bir-biridan farqlaydigan ma'nolarining jami uning atash ma'nosi yoki leksik ma'nosi deyiladi.
Opa so'zi yuqoridagi ma9nodan tashqari predmetlik, bosh kelishik, birlik ma'nolariga ham ega. Bu ma'nolar uning grammatik ma'nosi sanaladi. Ko'rinadiki, nutq jarayonida har bir so'z leksik va grammatik ma'nolar uyg'unligidan tashkil topadi. Odatda, leksik va grammatik ma'nolarning muayyan tovush yoki tovushlar birikmasi bilan barqaror munosabatidan tashkil topgan butunlikka nisbatan so'z atamasi qo'llaniladi.
Grammatik ma'nosiz, faqat leksik ma'no bildiruvchi til birligi uchun leksema atamasi qo'llaniladi.Bunday vaqtda so'z morfologiya birligi sifatida, leksema esa leksikologiya birligi sifatida bir-biridan farqlanadi.
Demak, tahlil jarayonida gap tarkibidan so'zlarni ajratamiz. So'zlar esa leksema va grammatik qo'shimchalarga bo'linadi. Tilning lug'aviy (leksik) ma'no bildiruvchi birligi leksema sanaladi. Lug'atlarda bosh so'z sifatida leksemalar beriladi.
Nutq jarayonida ikki va undan ortiq ma'noda qo’llaniluvchi so'zlarga ko'p ma'noli so'zlar yoki polisemiya deyiladhPoli semiya yunoncha poll - ko'p, semia - ma'no so'zlaridan olingan bo'lib, ko'p ma'noli demakdir. Polisemiya monosemiya (yunoncha mono - bir, semia - ma'no)ga zidlanadi.
Ko'p ma'noli so'zlarda ma'no qanchalik ko'p bo'lsa ham, lekin u bir so'z hisoblanaveradi. Shuning uchun ham ko'p ma'noli so'zlarda ma'nolardan biri to'g'ri ma'no (yoki o'z ma'no), qolganlari esa ko'chma ma'no bo'ladi. Ko'chma ma'nolar nutq tarkibida boshqa so'zlar bilan bog'langanda namoyon bo'ladi, nutq tarkibidan ajratilganda esa to'g'ri ma'nosi asosiy ma'no bo'lib qoladi. Masalan, tosh so'zi nutq qurshovidan ajratib olinsa, «qattiq jism» ma'nosini anglatadi.
Bir ma'noli so'zlar tilimizda kam sonni tashkil qiladi va ilmiy, kasb-hunarga doir atamalarni, shuningdek, yangi paydo bo'lgan so'zlarni o'z ichiga oladi. Yangi so'zlar (neologizmlar) ham davrlar o'tishi bilan qo'shimcha ma'nolarni anglatadi.
Ko'p ma'noli so'zlarning ma'nosini bilish va undan nutq jarayonida o'rinli foydalanish nutqning ta'sirchan, ifodali bo'lishiga yordam beradi.
Ko'p ma'noli so`zlar va ma'nolarning to'g'ri va ko'chma ma'nolarga bo'linishini yuqorida ko'rib o'tdik.
Borliqdagi narsa - hodisa, belgi - xususiyat, harakat - holat nomlari malum bir asosga ko'ra boshqa narsa - hodisa, belgi - xususiyat, harakat- holat nomi sifatida. ham qo'llaniladi. Bunday vaqtda bitta nom bitta narsa "" hodisa, belgi - xususiyat, harakat - holatlarning nomiga xizmat qiladi. Masalan, burun so'zi «tirik organizmning yuz qismidan bo'rtib chiqqan nafas olish organi» ma'nosini ifodalashi bilan birgalikda «yerning suvlikka tomon bo'rtib chiqqan qismi» ma`nosi ham ifodalaydi. Predmetlar o'rtasidagi tashqi o'xshashlik (yuz qismidan bo'rtib chiqqan burun bilan yer qirg'og'ining dengiz yoki okean qa`ridan bo'rtib chiqishi o'rtasidagi o'xshashlik) birining nomini ikkinchisi o'rnida qo'llashga asos bo'lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |