Dt «Pul mablag`lari» 962091
Dt «Obligatsiyalar bo`yicha muddati uzaytirilgan chegirma» 37909
Kt «Тo`lanadigan obligatsiyalar» (uzoq muddatli) 1000000
Obligatsiyalar chiqarilgandan keyin balansdagi yozuvlar quyidagicha bo`ladi:
Uzoq muddatli majburiyatlar 1000000
Minus to`langan chegirma 37909
Uzoq muddatli majburiyatlarning sof qiymati 962091
«Obligatsiyalar bo`yicha muddati uzaytirilgan chegirmalar» hisobvarag`i «Тo`lanadigan uzoq muddatli obligatsiyalar» hisobvarag`iga kontrpassiv hisob-lanadi.
Obligatsiyalar bo`yicha foizlar to`lovi bo`yicha xarajatlarni har yili aks ettirish lozimligi sababli obligatsiya chegirmasi obligatsiyalar harakatda bo`la-digan butun muddat ichida taqsimlanishi lozim. Chegirmaning bunday taqsim-lanish jarayoni obligatsion chegirmani hisobdan chiqarilishi deyiladi.
Obligatsiya bilan bog`liq chegirmalarni hisobdan chiqarilishining ikkita usuli mavjud: to`g`ri chiziqli usul va foizli usul.
Тo`g`ri chiziqli usul:
Тo`lovlarning umumiy soni:
Yildagi to`lovlar miqdori Obligatsiyalarning amal qilish muddati q
2 5 = 10 marta
Foizlarning har bir to`lovida obligatsion chegirmani hisobdan chiqarish summasi:
Obligatsion chegirma to`lovlarning umumiy miqdori q
37909 10 = 3790,9 so`m
Тo`lanayotgan foizlarning summasi:
Nominal qiymat Nominal foiz stavkasi Vaqt
1000000 0.09 0.5 yil = 45000
Тo`lov kuniga foizlarni to`lash bo`yicha xarajatlarning yakuniy summasi:
Тo`lanayotgan foizlarning summasi + Obligatsion chegirmaning to`lanishi
45000 + 3790,9 = 48790,9 so`m
1 iyul foizlarni to`lash sanasidagi buxgalteriya yozuvi quyidagicha bo`ladi:
Dt «Obligatsiyalarga foizlar bo`yicha xarajatlar» 48790,9
Kt «Obligatsiyalar bo`yicha muddati uzaytirilgan chegirma» 3790,9
Kt «Pul mablag`lari» 45000
Foizli usul
Foizli usul obligatsiyaning butun amal qilish muddati davomida foizlarni doimiy darajani ushlab turishni taqozo qiladi.
Agar belgilangan foiz stavkasi bozor stavkasidan ortiq bo`lsa, obliga-tsiyalar mukofot bilan (nominal qiymatidan ortiq bahoda) sotiladi. Bunday ho-latda obligatsiyalar bozor stavkasidan yuqori bo`lgan foiz stavkasini taklif etadi va bu bilan ularni yanada jozibador etadi. Obligatsiya bahosi olinadigan daromad summasi bozor stavkasiga nisbatan kamaya boshlangunga qadar o`sib boradi.
Masalan, kompaniya bozor stavkasi 8% ni tashkil qilgan holatda, 5 yil muddatga ega 9% li, nominal qiymati 100000 so`m bo`lgan obligatsiyani 103984 so`mga chiqardi. Obligatsiya bo`yicha asosiy qarzning joriy qiymati
100000 x (PV 8%, 5) = 100000 x 0,68050 =68050
Obligatsiya bo`yicha to`lovlarning joriy qiymati
100000 x (0,09)(PVA 8 %, 5) = 100000 x (0,09)(3,99271)=35934
Obligatsiya bo`yicha qarzning bozor bahosi 103984
Obligatsiya bo`yicha mukofot (103984 – 100000) 3984
Obligatsiyani mukofot bilan sotilishi
Do'stlaringiz bilan baham: |