Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: jabrlanuvchi — sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilgan, sug‘urta tovoni olish huquqiga ega bo‘lgan yo‘lovchi; yo‘lovchining mol-mulki — bagaj va yo‘lovchining o‘zi bilan birga tashiyotgan qo‘l yuki; naf oluvchi — yo‘lovchi sug‘urta hodisasi tufayli vafot etgan taqdirda, sug‘urta tovonini olish huquqiga ega bo‘lgan shaxs; sug‘urtalovchi — tijorat tashkiloti bo‘lgan, majburiy sug‘urta qilishni amalga oshirishga haqli yuridik shaxs; sug‘urta puli — bu shunday summaki, sug‘urtalovchi sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda yo‘lovchining hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini ushbu summa doirasida qoplash majburiyatini oladi; sug‘urta hodisasi — tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi amal qilishi davrida yo‘lovchilarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilganligi uchun tashuvchining fuqarolik javobgarligi yuzaga kelganligining belgilangan tartibda tasdiqlangan fakti;
Do'stlaringiz bilan baham: |