(XVIII-XIX asrlar chegarasi)
A)2 B) 4 C) 3 D) 1
13. Buxoro xonligida aholiga yuklangan, davlat oldida o'tashi shart bo'lgan mehnat majburiyati qanday atalgan?
A) otliq B) begor C) ushr D) yasoq
14. Quyidagi Eron prezidentlarining ular prezidentlikka saylangan yillariga qarab to'g'ri ketma-ketlikda berilgan javobni toping?
1) Mahmud Ahmadinajod; 2) Muhammad Hotamiy; 3) Hasan Ruhoniy.
A) 2, 3, 1 B) 2, 1, 3 С) 1, 3, 2 D) 1, 2, 3
15. Buxoro amirligi, Xiva va Qo'qon xonligi Rossiyaning qaysi imperatori davrida bosib olingan?
A) Yekaterina II B) Nikolay II C) Aleksandr II D) Nikolay I
16. Rossiyada qaysi hukmdor davrida davlat lavozimlarini faqat zodagon naslidan bo'lgan kishilar egallashi tartibiga chek qo'yilgan?
A) Aleksandr II B) Yekaterina II C) Ivan IV D) Pyotr I
17. Qaysi shaharlarda O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovga yodgorlik majmuasi barpo etilgan?
A) Toshkent va Qarshi B) Samarqand va Toshkent C) Qarshi va Farg‘ona D) Buxoro va Samarqand
18.Afrikada XIV asr oxiridan mustaqil faoliyat yurita boshlagan davlatni toping?
A) Gana B) Songai C) Mali D) Aksum
19. Qirg'izistonda 2010-yili “Aprel inqilobi” deb atalgan ommaviy harakat natijasida qaysi Prezidentning hokimiyati ag‘darib tashlangan?
A) Kurmanbek Bakiyev B) Askar Akayev C) Almazbek Atambayev D) Sooronbay Jeenbekov
20. Shimoliy Amerikaning mustaqillik uchun kurashida ingliz qo'shinlari yengilgach, Buyuk Biitaniya hukumati 1782-yil Parijda tinchlik muzokaralarini o'tkazishga qaror qiladi. Ushbu muzokaralarda Amerika (AQSh) tomonidan qatnashgan shaxslarni toping?
1) Tomas Jefferson; 2) Benjamin Franklin 3) Jon Jey; 4) Jorj Vashington; 5) Jon Adams
A) 2,3,4 B) 1,3,5 C) 2,3,5 D) 2,4,5
21. Abu Muslim qo'zg'oloni quyidagi qaysi Xuroson noibining boshqaruvi davrida boshlangan?
A) Tohir ibn Husayn B) Qutayba ibn Muslim C) Nasr ibn Sayyor D) Ashros
22. Quyidagi qaysi gazeta chiqa boshlagan kun hozirda O'zbekistonda Matbuot va ommaviy axborot xodimlari kuni sifatida nishonlanadi?
A) “Kengash” B) “Xurshid” C) “Tarjimon” D) “Taraqqiy”
23. Quyidagilardan qaysi biri Xorazm Sovet Sotsialistik Respublikasida 1923-yilda qabul qilingan Konstitutsiyada belgilangan?
1) mavjud yerlar umumxalq mulki deb e’lon qilindi; 2) qishloqda kollektivlashtirish siyosati o'tkazish belgilandi;
3) qozixonalar faoliyati taqiqlanib, sovet sudlari tashkil etildi; 4) yangi usul maktablari tarmog'ini kengaytirish belgilandi;5) Xiva xoni mulklari musodara qilindi; 6) vaqf mulklari maorif vazirligi tasarrufiga o'tkazildi
A) 2, 4, 6 В) 1, 3, 5 С) 1, 3, 6 D) 2, 4, 5
24. Hokimiyatni bo'lish, ya’ni ijro etuvchi hokimiyatni qonun chiqaruvchi hokimiyatdan ajratish haqidagi ta’limotni ishlab chiqqan ingliz olimini aniqlang?
A) Isaak Nyuton B) Jon Lokk C) Jordano Bruno D) Nikolay Kopernik
25. 1469-yilda Abu Said Mirzo halok bo'lgach, Movarounnahr uning o‘g‘illari hukmdor bo’lgan uch mustaqil davlatga bo`linib ketdi. Quyidagi qaysi javobda uch mustaqil davlat hukmdorlari va ular hukmronlik qilgan hududlar mos ravishda berilgan javobni toping?
1) Sulton Ahmad; 2) Umarshayx Mirzo; 3) Sulton Mahmud Mirzo
a) Hisor, Xuttalon va Badaxshonda; b) Samarqandda; c) Farg'onada; d) Buxoro va Karmanada
A) 1-b, 2-c, 3-a B) 1-d, 2-b, 3-a C) 1-a, 2-c, 3-b D) 1-b, 2-d, 3-c
26. So'nggi salib yurishlarini qaysi davlat hukmdori amalga oshirgan?
A) Fransiya qiroli B) Germaniya imperatori C) Angliya qiroli D) Vizantiya imperatori
27. Quyidagilardan Qarluqlar (a) va O‘g‘uzlar (b) tarixiga oid ma’lumotlar mos ravishda to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang?
1) turkman, ozarbayjon, qoraqalpoqlarning etnogenezida muhim rol o‘ynagan;
2) Oltoyning g‘arbida, so‘ngra Irtish daryosining o‘rta oqimida yashaganlar;
3) Yettisuv o‘lkasida o‘z davlatlariga asos solganlar;
4) davlat poytaxti Chu daryosidan shimolroqda joylashgan Suyobshahri bo‘lgan;
5) Sirdaryo havzasi hamda Orol dengizi bo‘yida muqim yashaganlar va shu hududda o‘z davlatlariga asos solganlar;
6) X asrning birinchi choragida shimoli-sharqdan qo‘zg‘algan qipchoqlar zarbasiga uchrab bo‘linib ketgan;
7) o‘zbek va tojiklarning etnogenezida muhim rol o‘ynagan;
8) davlat poytaxti Yangikent shahri bo‘lgan
A) a-2, 3, 4, 6; b-1, 5, 7, 8 B) a-1, 3, 6, 8; b-2, 4, 5, 7 C) a-1, 3, 7, 8; b-2, 4, 5, 6 D) a-2, 3, 4, 7; b-1, 5, 6, 8
28. Quyidagi tarixiy shaxslar bilan bog‘liq to‘g‘ri ma’lumotlar mos ravishda berilgan javobni aniqlang?
1) Kserks; 2) Frada; 3) Gilgamish; 4) Xammurapi; 5) Spitaman
a) forslarga qarshi ko‘tarilgan xalq qo‘zg‘oloni rahbari;
b) Fermopil jangida yunon qo‘shinlari ustidan g‘alaba qozongan hukmdor;
c) tarixda qonunlar tuzgan birinchi hukmdor;
d) Mesopotamiya rivoyatlaridagi eng sevimli qahramon;
e) Makedoniyalik Aleksandrga qarshi kurashgan qo‘zg‘olon rahbari.
A) 1-c, 2-a, 3-b, 4-e, 5-d B) 1-b, 2-c, 3-a, 4-d, 5-e C) 1-c, 2-b, 3-a, 4-e, 5-d D) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c, 5-e
29. O‘rta asrlarda Yevropada yangi shaharlarning paydo bo‘lish davri mos ravishda berilgan javobni belgilang.
1) Italiya va Fransiyaning janubida;
2) Fransiyaning shimoli, Niderlandiya, Angliya, Germaniyada;
3) Vengriya, Boltiqbo‘yi, Rus yerlarida.
a) X-XI asrlar; b) XII-XIII asrlar; c) IX-X asrlar
A) 1-c, 2-b, 3-a B) 1-b, 2-a, 3-c C) 1-c, 2-a, 3-b D) 1-a, 2-c, 3-b
30. Quyidagi atamalarning ma’nolari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang?
1) moliya; 2) trest; 3) kapital; 4) ssuda;
a) moddiy boyliklar garovi hisobiga foiz to‘lash va qaytarib berish sharti bilan muayyan muddatga qarzga beriladigan pul yoki moddiyboylik;
b) sarmoya, o‘z egasiga daromad keltiruvchi jami vositalar va mablag‘lar, ya’ni qiymat keltiruvchi, o‘zini o‘zi ko‘paytiruvchiqiymat;
c) ishlab chiqarish va savdoni o‘zlaricha emas, markaziy boshqaruv qarori asosida olib boradigan korxonalar birlashmasi;
d) maqsadli pul jamg‘armalarini vujudga keltiruvchi, jamlash, taqsimlash va ishlatish bilan bog‘liq munosabatlar
A) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a B) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a C) 1-d, 2-a, 3-b, 4-c D) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c
Do'stlaringiz bilan baham: |