Ona tili va adabiyoti
1. Berilgan gaplarning qaysilarida grammatik shakllari notoʻgʻri qoʻllangan variantni aniqlang.
1. Yaxshisi, chopqillab chiqqin-da, kesak otib, boyqushni uchirtirib yubor.
2. Koʻl yoqasidan oʻtgan zaxkashning muzdek salqin zaxob suviga qiychuvlashib choʻmilishamiz. (S.Ravshanov)
3. Choyni ichib, maslahatni bitirib, Go`rog`li bu so`zni aytib turibdi.
4. Xalq tarixini oʻrganishi lozim boʻlgan ilmgoh, asosan, Xolidiyning xizmatini oʻtash bilan mashgʻul edi. (T.Malik)
A) 1, 2, 4 B) 1, 2 C) faqat 4 D) 1, 2, 3, 4
2. Qaysi hukm xato?
1) Fe`lning otga xoslangan shakli harakat nomi hisoblanadi.
2) Ikkinchi qismi turdosh otdan iborat bo`lgan qo`shma otlar ajratib yoziladi;
3) es-es, chelak-chelak, qatorqator so`zlari takror otlardir
4) juft sifatlar belgini ta`kidlab, kuchaytirib ifodalaydi;
5) juft fe`llar ish-harakatning tez va oson bajarilishini ifodalaydi.
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 2, 3, 4 C) 2, 3, 4, 5 D) 2, 3, 5
3. Quyidagi gapda nuqtalar o`rniga qaysi kelishik qo`shimchalarini qo`llab bo`lmaydi?
Til - so`zlovchi… istagi… eshituvchi… yetkazuvchi tarjimondir.
A) chiqish kelishigi B) qaratqich kelishigi C) tushum kelishigi D) jo`nalish kelishigi
4. Quyida berilgan qaysi gaplarda shakl yasovchi qo`shimcha ta’sirida tovush o'zgarishi bilan yozilgan so‘z yasovchi qo`shimcha qatnashgan?
1) Sayroqi qushlar makoni bo‘lgan bu bog‘ endi xunuk manzara kasb etgan edi;
2) Unsin xola ko'rpaning chiroyli qavig‘iga qarab o‘z ishidan mamnun bo‘lardi;
3) U mayda tishli taroq bilan sochini avaylab taradi;
4) U do‘stiga qaynoq tilaklarini izhor qilmoqchi edi;
5) Nursultonning quvnoqligi atrofdagilarning ham kayfiyatini ko'tardi.
A) 2, 5 В) 1, 3, 5 C) 2, 3, 4 D) 2, 4
5. Qaysi javobdagi barcha so`zlarda nuqtalar o`rnida o unlisi yoziladi?
A) munos…bat, muom…la, isloh…t B) muloq…t, mutl…q, muhok…ma
C) t…bora, mabod…, insho…t D) taq…zo, udd…buron, saxov…t
6. Qismlari o`zaro kelishik va ko`makchilarsiz bog`langan otli birikmalarni aniqlang.
1) shahar ko`chalari; 2) rivojlangan mamlakat; 3) O`zbekiston haqida; 4) o`z uyim; 5) iliq munosabat; 6) o`zbekcha nutq
A) 1, 2, 4, 5, 6 B) 2, 5, 6 C) 2, 3, 5, 6 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6
7. Sodiq maqtanib: “Men kabi yashashni istasang, ishlashni o`rgan”,
– dedi.
Mazkur gapda ishtirok etgan fe`llar haqidagi to`g`ri ma`lumotni aniqlang.
A) Gapda majhul nisbatdagi ravishdosh ishtirok etgan.
B) Gapda ishtirok etgan sof fe`llarning barchasi kelasi zamon ma`nosini ifodalagan.
C) Gapda ishtirok etgan sof fe`llarning barchasi xabar mayli ma`nosini ifodalagan.
D) Gapda aniq nisbatdagi harakat nomi ishtirok etgan.
8. Qaysi gaplar juftligida berilgan –siz shaxs-son qo`shimchasi har ikki o`rinda ko`plik ma`nosini ifodalab kelgan?
A) Kech bo`lib qoldi, qani, turinglar, yigitlar, endi ketasiz.
Akramjon, siz hammani yig`asiz, keyin birga jo`naymiz.
B) Hozir mana bu rasmni chizasiz, o`g`lim, keyin ikkovlashib kamchiligini to`ldiramiz.
“Siz ham menga juda yoqasiz” , – dedi ustoziga.
C) Nimaga qarab turibsiz, hammangiz o`z ishingizni davom ettiring.
Shunaqa ham uxlaysizmi, turinglar, tush bo`lib ketdi-yu.
D) Nimaga bitta o`zingiz turibsiz, qolgan yigitlar qani?
Oyijon, bugun siz ham borasizmi, iltimos, bora qoling.
9. Dildoraning chaqnoq, qop-qora ko`zlari, quvnoq yuzi, xushchaqchaq tabiati ziyrak aqlini aks ettirib turardi.
Mazkur gapdagi sifatlar haqidagi qaysi ma`lumot to`g`ri?
A) Mazkur gapda oddiy va ozaytirma daraja shaklidagi sifatlar ishtirok etgan.
B) Mazkur gapda faqat nisbiy sifatlar ishtirok etgan.
C) Mazkur gapda tub va yasama sifatlar ishtirok etgan.
D) Mazkur gapda otlashgan sifatlar ishtirok etgan.
10. Qaysi javobda yuklamaning bir ma`no turi qatnashgan?
A) U xuddi otasiga o`xshab gapiradi, hatto yuzi ham o`xshaydi.
B) Bu muqaddas dargoh siz bilan bizga qadar ham bo`lgan.
C) Menda-ku bu narsalardan bor, siz nima qilasiz, sizda ham bormi?
D) Bu holat bahorda ham bilinmaydi, faqat yozda bilinadi.
11. Qaysi javobdagi gaplar juftligida o`zaro shakldosh so`zlar qatnashgan?
A) Norqul aka raislikdan bo`shadi va boshqa ishga o`tdi.
Binoning ikkinchi qavatidagi auditoriya bo`shadi
B) Bola tosh bilan qo`lidagi yong`oqni chaqdi.
U o`ziga qilingan kinoyaning mag`zini chaqdi va miyig`ida kulib qo`ydi.
C) Sharofat xola chinni kosalarga sho`rva suzardi.
O`sha kun juda fayzsiz edi, samoda g`arib oy mung`ayib suzardi.
D) G`o`zalarimiz shoxladi, demak, ko`sak mo`l bo`ladi, do`stim.
Bu yil hovlimizdagi yong`oq daraxti to`rt tomonga qarab shoxladi.
12. Qaysi so`zning ma`noli qismlari asos +shakl yasovchi+so`z yasovchi+so`z yasovchi tartibida joylashgan?
A) maqtanchoqlik B) buyurtma C) ko`rsatma D) qisqartma
13. Tarkibida ikki nuqta tushirib qoldirilgan sodda gapni aniqlang.
A) Orzum shul o`chmasin yongan chirog`ing.
B) Hamon dilim g`ash rahbarimiz nega shundoq yig`ilishda noto`g`ri ma`lumot berdi?
C) Hamma narsa uylar, devorlar, daraxtlar qorong`ilikka jimgina cho`kdi.
D) Aytilgan so`z otilgan o`q.
Do'stlaringiz bilan baham: |