Majburiy blok (Ona tili)



Download 0,54 Mb.
bet1/4
Sana07.01.2022
Hajmi0,54 Mb.
#327781
  1   2   3   4
Bog'liq
MAJBURIY BLOK


MAJBURIY BLOK (Ona tili)

1. Berilgan so’zlardan qaysi biri ajratib yozilishi kerak?

A) qayroqtosh B) shirinso’z C) salko’k D) qiymataxta

2. Qaysi qatorda imloviy xatolikka yo’l qo’yilgan?

A) Vatanni shunchaki sevish mumkin emas.

B) Odamzod xasad qilmasligi kerak.

C) Kichkina bolakay yo’lda yiqilib tushdi.

D) Vatan tuyg’usi eng ulug’, eng mo’tabar tuyg’ulardan biridir.

3. Tarkibida ibora qo’llangan gapni aniqlang.

A) O’zingni er bilsang, o’zgani sher bil.

B) Qurvonbibi fotiha to’yidan keyin biroz o’ziga keldi.

C) Bu ishlarni qilgan sen.

D) Shunaqa gaplardan qachon qutulamiz?

4. ehtiyot qilmoq, ayamoq, papalamoq, avaylamoq, e’zozlamoq, ehtiyotlamoq. Ushbu sinonimik qatordagi bosh so’zni aniqlang.

A) ehtiyot qilmoq B) avaylamoq C) e’zozlamoq D) ehtiyotlamoq

5. Qaysi javobda ergashgan qo’shma gap berilmagan?

A) Odam umrining lazzati – farzand, lekin noqobil farzand otaonaning umrini qisqartiradi.

B) O’tgan ota-bobolarimizning xulosasi shuki, shirin so’z odamlarning qalbini bog’lovchi zanjirdir.

C) Kimki rostgo’y, samimiy bo’lsa, u el o’rtasida qadr topadi.

D) Oyna opa xatni oxirigacha o’qiy olmadi, chunki hovlining eshigini kimdir taqillata boshladi.

6. Qaysi javobda orttirma darajadagi sifat qatnashgan?

A) Kasbning katta-kichigi bo’lmaydi.

B) Nodon odamdan yaxshi gap chiqmaydi.

C) Nomus jondan ham qimmatliroq.

D) Hamma yoq top-toza.

7. Qaysi gapda qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq xatolikka yo‘l qo‘yilgan?

A) Tovus o‘zini chiroyli patlarini ehtiyot qiladi, vijdonli odam esa sharaf va shonini saqlaydi.

B) Qayerda intizom va hamjihatlik bo‘lsa, o‘sha yerda ish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘ladi.

C) Imoratning o‘pirilib tushgan joylari siniq pishiq g‘isht bilan tiklangan edi.

D) Bu xushxabarni tezroq ota-onamga yetkazish uchun uyga chopdim.

8. Miqdor son qo’llanmagan gapni belgilang.

A) Nafis chayqaladi bir tup na’matak.

B) Bitta ona-bola echki olib kelib, bularni ham boqa berdi.

C) Bekatda o’n odam avtobus kutib turishardi.

D) Bahorning birinchi kuni edi.

9. Holat ravishi qatnashgan gapni aniqlang.

A) O’g’il otasidan qo’rqmadi, jim turdi.

B) Tashqariga chiqib G’afurjon boydan yordam so’radi.

C) Ko’p o’tmay hamma ichkariga taklif etildi.

D) Keyin hamma o’z uyiga ketdi..

10. Kirish so’z qatnashgan gapni toping.

A) Muhtaram otalar, onalar, sizga oila tinchligi hamma narsadan muhim.

B) Seni unutolmas yuragim aslo, ey O’rta Osiyo, O’rta Osiyo.

C) Nimalar haqida surasan xayol, so’yla, majnuntol?

D) Izzattalab o’z holicha, ehtimol, nuqsondir, biroq u ko’p hollarda qadr-qimmat manbayidir.

11. Berilgan gaplarning qaysi birida belgisiz tushum kelishigidagi so’z mavjud?

A) Yo’lchi Shokir otaning ahvolini bildi.

B) So’ngra Oltoyda ham topishmoqni topolmagan ekan.

C) Biz Rais boboning uyiga qo’ndik.

D) Ona bolalariga ertak aytib bera boshladi.

12. Sadafbibi qoramag’izdan kelgan, peshonasi keng, qoshko’zlari qop-qora. Ushbu gapda sifatning qanday ma’no turlari qo’llangan?

A) rang-tus, xususyat sifatlari B) faqat rang-tus sifatlar

C) hajm-o’lchov sifatlar D) rang-tus, hajm-o’lchov sifatlar

13. Bu xabarni darhol aytmoq lozim. Ushbu gap eganing ishtirokiga ko’ra qanday gap hisoblandi?

A) egasi ma’lum gap

B) egasi noma’lum gap

C) egasi umumlashgan gap

D) egali gap

14. Hol qo’llangan gapni aniqlang.

A) Kasbning katta-kichigi bo’lmaydi.

B)Oqko’ngil insonlar mevali daraxtga o’xshaydi.

C) Shu payt birdan momaqaldiroq gumburladi.

D) Haydar ota undan ham so’rab ko’rdi.

15. O’zlik nisbatdagi fe’l qaysi gap tarkibida qo’llangan?

A) Haqiqiy do’stlarning sadoqati boshga ish tushganda bilinadi.

B) G’ayratlining yuragi qaynar.

C) Kampirning dod-voyiga odamlar tez to’plandi.

D) Mehmonlar ko’rsatilgan joyga o’tirishdi.


Asosiy blok. Ona tili va adabiyot.

46. Boyvachcha o’z ishidan uyalib, tavba qilibdi va keksa otaonasini rozi qilish uchun o’sha zahoti ularning huzuriga shoshilibdi. Ushbu gapda nechta yasama fe’l ishtirok etgan?

A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta

47.Keyingi ma’lumotlarga binoan u endi poytaxtga kelmoqqa jazm qilgan. Berilgan gapda ishtirok etgan so'z turkumlari va ularning tartibi to'g'ri ko'rsatilgan javobni aniqlang.

A) sifat, ot, ko'makchi, olmosh, ravish, fe’l, fe’l

B) ravish, ot, modal so'z, olmosh, ravish, ot, fe’l, fe’l

C) modal so'z, ot, ko'makchi, olmosh, ravish, ot, fe’l, ot, fe’l

D) sifat, ot, ko'makchi, olmosh, ravish, ot, fe’l, fe’l

48. Darhaqiqat, o‘g‘lim, bizdan ko'nglingiz to‘q bo'lsin, xalqimiz inoq va serg'ayrat, yuzlaringizni shuvut qilmaydi. Berilgan gap haqidagi to‘g‘ri hukm(-lar)ni aniqlang. 1) ikkita so‘z boshqa bo'laklar bilan grammatik aloqaga kirishmaydi;

2) gapda uyushgan sifatlovchi aniqlovchilar mavjud; 3) vositasiz to‘ldiruvchi tarkibida uchta ko'makchi morfema qatnashgan;

4) ikkita yasama sifat ishtirok etgan;

5) ikkita so‘z fonetik yozuv asosida yozilgan;

6) old qo‘shimcha shakldoshlik xususiyatiga ega.

A) 2,4,5 B) 1,3,4,5,6

C) 1,3,5 D) 1,2,3,4,5

49. Qaysi qatorda shakldoshlik xususiyatiga ega bo'lmagan ibora qatnashgan?

A) boshga ko‘tarmoq B) ko‘z yummoq

C) dunyoga kelmoq D) qo‘l ko‘tarmoq

50. Ushbu gapda ravish tukumiga oid so‘z necha o'rinda qo’llangan? U bugun juda charchagan edi, kechki taomda ham zo'rg'a o'tirdi, yostiqqa boshini qo'ydi-yu, darhol uyquga ketdi. Bir mahal endigina orom olib uxlayotganda kimdir hovli

eshigini ochib ohista kirib keldi, garchi charchoq kuchli bo’lsa-da, ozgina shovqindan ham

uyg’onib ketishga odatlangan yigitning bu ovozdan so'ng uyqusi butunlay

qochdi, boyagi uyqu istagi uni bir zumda tark etdi.

A) 12 ta B) 11 ta C) 10 ta D) 9 ta

51. Bir oyda ham eridan, ham o’g’lidan “qoraxat” olgan ayol qaysi asarda uchraydi?

A) “Qiyomat qarz” qissasi Zebi

B) “Dunyoning ishlari” qissasi, Zebi

C) “Kecha va kunduz” romani, Zebi

D) “Ufq” romani, Zebi

52. Berilgan gapdagi so‘z yasovchi qo'shimchalar miqdorini aniqlang.

Do'stlik g'alabaga yangi mazmun baxsh etadi, u ko‘maklashganda barcha omadsizliklar barham topadi.

A) 6 ta B) 5 ta C) 3 ta D) 4 ta

53. G’.G’ulom qaysi asari uchun Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan?

A) “Sharqdan kelayotirman”

B) “Sog’inish”

C) “Sen yetim emassan”

D) “Shum bola”

54. Xalq dostoni : “Dunyoda bir qo’rqqan yomon, bir quvongan yomon”

jumlasi qaysi dostonda uchraydi?

A) “Ravshan”

B) Rustamxon”

C) “Kuntug’mish”

D) “Alpomish”

55. Qaysi asarda chigit po’choq va kunjara bilan savdo qiladigan obraz uchraydi?

A) “O’g’ri”

B) “Bemor”

C) “Mening o’g’rigina bolam”

D) “Shum bola”

56. “Bodom qishda gulladi”, “Tog’alarga qor tushdi”, “Yashil Niva”, “Xumor” singari asarlar qanday janrda yozilgan?

A) hikoya B) doston C) she’r D) roman

57. Qaysi javobda bog‘lovchi, ko‘makchi, yuklamalarga ikkitadan misol keltirilgan?

A) nahotki, basharti, uzra, agar, atigi, faqat

B) hatto, nihoyat, sayin, ya’ni, tufayli, va

C) nahotki, hatto, naq, ya’ni, tufayli, uzra

D) nahotki, negaki, qadar, naq, hamda, ichra

58. Qaysi javobdagi so‘zlar juftligida o‘zaro omonim so‘z yasovchi qo‘shimchalar qatnashgan?

A) minglab — yuzlab

B) o‘tloq — porloq

C) yutuq — sovuq

D) yozgi — supurgi

59. Gap bo‘laklari tartibida joylashgan gapni aniqlang.

To’ldiruvchi+aniqlovchi+ega+kesim.

A) Kampirning dodiga odam tez to‘plandi.

B) Odamlar bilan ularning aqliga monand gaplash.

C) Qobil yugurib borib do‘konxona eshigidan ko‘chaga qaradi.

D) Halollik haqida ibratli rivoyat bor.

60. Fanor qurilgan vaqtlarda butun


Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish