25
Май 2021 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG’ICH SINF O‘QITUVCHISI MAHORATINING SHAKLLANISHINING
ASOSIY BOSQICHLARI.
Doniyorova Anora Shuhratovna
Navoiy viloyati Qiziltepa tumani
43 – maktab boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Annotatsiya:
ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’qituvchisining mahorat bilan dars tashkil
etishi haqida mahoratli tashkil etish haqida yoritilgan.
Kalit so’zlar:
zamonaviy dars, zamonaviy pedagog, mahoratli dars.
Biror kasbning ustasi bo‘lish uchun kishida tabiiy qobiliyat, ma’lum jismoniy va ruhiy xislat
jo bo‘lishi zarur. O‘qituvchilik kasbini egallash uchun avvalo bolalarni sevish, ularni tushunish,
harakterlarini bilish zarur. O‘qituvchi bu narsalardan tashqari izlanuvchan, o’z ustida ishlaydigan,
ijodkor bo‘lishi kerak, chunki o’quvchilarga ta’limni sodda fikrlar orqali yetkazish kerak.
O’quv materialini o’quvchilarga tushunarli qilib bayon eta olishi, o’quvchilarda mustaqil
fikrlashga qiziqish uyg’otish uchun, darsni qanday tushuntirishni ijod qilib yaratadi.
Pedagogik ijodkorlik manbai-bu pedagogik tajribadir. Pedagogik tajriba muammoli vaziyat-
larga juda boydir. Ilg’or pedagogik tajriba deganda biz o‘qituvchining o’z pedagogik vazifasiga
ijodiy yondashishni, o’quvchilarning ta’lim tarbiyasida yangi samarali yo’l va vositalarni qidirib
topishni tushunamiz.
Ilg’or pedagogik tajriba o‘qituvchi tomonidan qo’llanadigan ish shakli va usulida, uslub va
vositalaridir. Ular vositasida o’quv - tarbiyaviy ishlarda eng yuqori natijalarga erishadi. Ilg’or
pedagogik tajribani o’rganish unga asoslanib yangi pedagogik xodisa va qonuniyatlarini ochish
o’quv tarbiya jarayoniga yaxshi, sifatli o’zgarishlar kiritadi, o’quvchilaring bilim faoliyatini
boshqarish yangi ko’rinishidagi o’quv jarayonini modellashtirish muammolarini yechishga sabab
bo’ladi. Ijodiy ishlaydigan o‘qituvchi faqatgina bolalarni muvaffaqiyatli o‘qitish va tarbiyalash,
ilg’or o‘qituvchilar ish tajribalarini o’rganish bilangina cheklanib qolmay, tadqiqotchilik ko’nikma
va malakalariga ham ega bo‘lishi zarur. Xozirgi zamon fan va texnika taraqqiyoti o‘qituvchining
ijodkor bo‘lishini, fanni muhim muammolarini erkin fikrlay olishi, nihoyat o’quvchilarni ham
ijodiy fikrlashga ham, tadqiqot ishlariga o’rgata olishini talab qiladi. Shuning uchun o‘qituvchi
avvvalo tadqiqotchilik malakalarini egallashi zarur. O‘qituvchi ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish
davomida omillarni to’playdi, taxlil qiladi, ular asosida xulosalar chiqaradi.
O‘qituvchining mahorat bilan dars o‘tishi, darsni tushuntirish g‘oyalari asosida o‘qituvchining
bolalar bilan o‘zaro harakati tushuniladi, sinfda psixologik birlik yaratish har bir metodik
yondashuv uchun o‘ziga xos muloqot yo‘lini tanlab borish kabilar kiradi. Ta’lim jarayoniga
yangicha yondoshish, ijodkorlik, bunyodkorlik tatbiq etilsagina, ta’lim samaraligi bosqichga
ko‘tariladi, ya’ni bolaning talabi, moyilligi, istak-xohishi uning imkoniyatlari darajasida
qondiriladi;o‘quvchining o‘quv mehnatiga mas’uliyati, javobgarligi va burchi oshadi;bilimlarni
mustaqil egallash malakalari shakllanadi;u umr bo‘yi o‘z bilimini boyitishga ishonch paydo
bo‘ladi;erkin fikrlash malakasi shakllanadi;Shaxs jamiyatda o‘zining o‘rnini tezroq topib olishga
muhit yaratadi.
O‘quvchilarda har tomonlama o‘zi jamoada erkin tutish ko‘nikmalari, to‘g‘riso‘zlik, fikrini
to‘la, to‘g‘ri bayon etishga o‘rganishda o‘qituvchining o‘rni muhimdir. O‘qituvchi bunday
tarbiyani berishda ajdodlarimiz boy merosidan foydalanishi juda foydalidir. Ajdodlarimizning
yurt-tinchligi, farovonligi yo‘lida qilgan mislsiz qahramonliklari, mardliklari haqida gapirib berib
o‘quvchilarni hamisha shunday bo‘lishga chorlash kerak. Bunday hikoyalar o‘quvchilarda g‘urur
tuyg‘usini uyg‘otadi, ular hali bobolari kabi erkin, to‘g‘ri so‘z, mard bo‘lishlariga undaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: