Махсус таълим вазирлиги тошкент молия институти mustaqil ish audit fani. Mavzu: Auditorlik riskini aniqlash tartibi


Auditorlik riski tushunchasi, auditorlik risklarining maqbul to’plami va unga ta’sir ko’rsatadigan shart-sharoitlar



Download 140 Kb.
bet2/6
Sana21.07.2022
Hajmi140 Kb.
#832226
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
АУДИТ 59.2 Абдуллаев Мирали

Auditorlik riski tushunchasi, auditorlik risklarining maqbul to’plami va unga ta’sir ko’rsatadigan shart-sharoitlar

Yuqorida bayon etilganidek, auditorlik risklarining maqbul to’plami bir qancha risklardan iborat. Umumiy auditorlik amaliyotida auditorlik risklarining maqbul to’plamiga quyidagicha yondashuv ishlab chiqilgan va ular ingliz tilidagi abbreviaturasi (bosh harflari) bo’yicha quyidagi formula ko’rinishida ifodalangan:

DAR= IR*CR*DR


DAR (Desired audit risk) – ARMT (auditorlik risklarning maqbul to’plami);
IR (Internal risk) – IXR (ichki xo’jalik riski);
SR (Control risk) – NR (nazorat riski);
DR (Detection rick) – AR (aniqlanmaslik ya’ni xatolar va moliyaviy hisobotdagi kamchiliklarning aniqlanmaslik riski).
Demak, auditorlik risklarining maqbul to’plami (ARMT) ni va uni tashkil etuvchi tarkibiy qismlar (IXR; NR; AR)ni batafsil bayon qilish va mohiyatini o’rganish uchun quyidagi formula ko’rinishida ifodalaymiz hamda uning tarkibiy qismlarini alohida ko’rib chiqamiz:
ARMT= IXR*NR*AR
Ichki xo’jalik riski –IXR (IR-Internal risk) – bu mazkur buxgalteriya schyotida, balans moddasida, bir turdagi xo’jalik muomalalari guruhida yaxlitlanganda, xo’jalik yurituvchi sub’ekt hisobotida jiddiy kamchiliklarning, bunday kamchiliklar ichki nazorat tizimi vositalari yordamida aniqlan-gunga qadar yoki ichki xo’jalik nazorati umuman yo’q bo’lganda, auditor tomonidan sub’ektiv tarzda aniqlanish ehtimoli tushuniladi. Ichki xo’jalik riskini baholashda auditor bir necha guruh omillarni e’tiborga olishi lozim.

  1. Ajralmas risk

Ajralmas risk balans yoki operatsiyalar toifasining moddiy xarakterga ega bo'lgan buzilishlarga moyilligidan iboratdir. Ajralmas riskka buxgalteriya balansi yoki operatsiyalar toifasining xarakteri ta'sir ko'rsatadi.
Ajralmas riskni baholash auditorning mijoz faoliyati xususiyatlarini, uning tashkiliy tuzilishini va korxonani boshqarish tavsifnomalarini bilishiga asoslanadi.
Auditning umumiy rejasini tayyorlashda, auditor o'z kasbiy malakasidan foydalanib, balans moddalari va moliyaviy hisobot ko'rsatkichlariga nisbatan ajralmas riskni baholashi kerak.
Ajralmas riskni baholashda auditor o'tgan yillar auditi materiallaridan foydalanishi mumkin, bunda u ana shu baholangan riskning tekshirilayotgan yil uchun ham to'g'riligiga ishonch hosil qilishi kerak.
Ajralmas riskka quyidagi omillar ta'sir ko'rsatishi mumkin:
Ajralmas riskka quyidagi omillar ta'sir ko'rsatishi mumkin:
1. Oddiy hisob-kitoblarga qaraganda murakkab hisob-kitoblarda moddiy jihatdan buzib
ko'rsatish ehtimolining darajasi katta bo'ladi.
2. Naqd pullar o'g'irlanishga moyil bo'ladi.
3. Nisbatan barqaror haqiqiy ma'lumotlardan iborat bo'lgan schyotlarga qaraganda smeta taxminlaridan kelib chiqadigan summalardan iborat bo'lgan schyotlar riskning yuqori darajasini yuzaga keltiradi.
4. Texnologik yutuqlar zaxiralarning sezilarli oshishiga sabab bo'lib, har qanday muayyan mahsulotni eskirgan mahsulotga aylantirishi mumkin.
5. Inqiroz holatidagi tarmoqda bo'lgan va biznesda ko'pgina muvaffaqiyatsizliklarga uchragan hamda yetarli darajadagi oborot kapitali ega bo'lmagan mijozning kompaniya rahbariyati moliyaviy hisobotni buzib ko'rsatishga moyilligi bo'ladi.
Nazorat riski xo'jalik yurituvchi sub'ektda mavjud bo'lgan va muntazam ravishda qo'llanadigan buxgalteriya hisobi tizimi va ichki nazorat tizimi vositalari alohida olingan yoki umumiy holatda jiddiy buzilishlarni o'z vaqtida aniqlamasligi va ularni tuzatmasligi va (yoki) bunday buzilishlarning paydo bo'lishiga to'sqinlik qilaolmaslik ehtimolini ifodalaydi.
Nazorat riski xo'jalik yurituvchi sub'ektning buxgalteriya hisobi tizimi va ichki nazorat tizimining ishonchlilik darajasini tavsiflaydi.
Auditor o'z kasb malakasidan foydalanib, audit davomida xo'jalik yurituvchi sub'ektning nazorat tizimini, nazorat muhitini va alohida nazorat vositalarini baholashi shart.
Nazorat vositalari riskini baholash uchun auditor nazorat vositalarini test sinovidan o'tkazishi kerak.
Nazorat vositalarini test sinovidan o'tkazish quyidagilardan iborat:
Nazorat vositalarini test sinovidan o'tkazish quyidagilardan iborat:
1. Moliya-xo'jalik operatsiyalarini o'tkazishni aks ettiradigan hujjatlarni tekshirish va shu munosabat bilan auditorlik dalillarini olish nazorat vositalarining yetarli tarzda faoliyat ko'rsatganligini aniqlash.
2. To'g'ridan-to'g'ri hujjatlar bilan tasdig'ini olish imkoni bo'lmagan hollarda, nazorat vositalarining faoliyat ko'rsatishiga oid auditorlik dalillarini olish maqsadida operatsiyalarni rasmiylashtirish ustidan kuzatuvlar va so'rovnomalar o'tkazish.
3. Nazorat vositalarining ish qobiliyati to'g'risidagi ma'lumotlarni olish uchun boshqa auditorlik tartib-taomillarining natijalaridan foydalanish.
Nazorat riskini baholashda auditor, o'tgan yillar auditining materiallaridan foydalanishi mumkin,bunda u ana shu tegishli nazorat vositalari uchun o'tgan yillarda baholangan riskning tekshirilayotgan yil uchun ham to'g'riligiga ishonch hosil qilishi kerak.
Nazorat riskini baholash natijalarini auditor auditning umumiy rejasida aks ettirishi kerak.
Aniqlamaslik riski
Aniqlamaslik riski auditor tomonidan sub'ektiv ravishda aniqlanadigan ehtimollik bo'lib, auditor tekshiruv davomida qo'llaydigan auditorlik tartib-taomillari buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda haqiqatda mavjud bo'lgan, alohida olinganda yoki umumiy holatda muhim xarakterga ega bo'lgan xatolar va buzilishlarni aniqlash imkonini bermasligini ifodalaydi.
Aniqlamaslik riski auditor ishi sifatining ko'rsatkichi bo'lib, auditor malakasiga va o'tkazilayotgan auditorlik tekshiruvining xususiyatlariga bog'liqdir.
Auditor, ajralmas va nazorat risklarini baholash asosida o'z ishida yo'l qo'yiladigan aniqlamaslik riskini aniqlashi va aniqlamaslik riskini iloji boricha kamaytirishni hisobga olgan holda tegishli auditorlik tartib-taomillarini rejalashtirishi shart.
Auditorlik riskining darajasi bilan muhimlilik o'rtasida teskari aloqa mavjud
muhimlilik
darajasi qancha yuqori bo'lsa, auditorlik riski shuncha past bo'ladi va aksincha.
Agarda auditorlik tartib-taomillari rejalashtirilganidan keyin auditor muhimlilikning maqbul darajasini past deb qaror qabul qilsa, u holda auditorlik riski ko'tariladi. Auditor buni quyidagi yo'llar bilan aniqlashi kerak bo'ladi:
- imkoni bo'lganda nazoratning chuqurlashtirilgan yoki qo'shimcha testlarni o'tkazish yo'li bilan pasaytirilgan darajani saqlash orqali nazorat riskining baholanayotgan darajasini
pasaytirish,;
- mustaqil (asosiy) tartib-taomillar darajasi, vaqti va xarakterini modifikatsiyalash yo'li
bilan aniqlamaslik riskini kamaytirish orqali.

Download 140 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish