Махсус таълим вазирлиги самарқанд давлат университети



Download 11,36 Mb.
bet122/210
Sana03.02.2023
Hajmi11,36 Mb.
#907295
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   210
Bog'liq
УМК-Иқт. наз. (ноиқт) Бекзот принт

Absolyut renta. Ko’pgina mamlakatlarda qishloq xo’jaligida yerga xususiy mulkchilik monopoliyasi sharoitida ishlab chiqarishni olib borishga to’g’ri keladi. Hozirgi davrda yerga xususiy mulkchilik bilan bir qatorda boshqa mulkchilik shakllari ham mavjud. Masalan, davlat mulki, vaqf (machit, cherkov) mulklari va boshkalar. Yerga bo’lgan bu mulkchilik (shaklidan qat’iy nazar) monopoliyasi ijaraga beriladigan barcha yer uchastkalarining sifatidan qat’i nazar, yer egalariga absolyut renta deb atalgan rentani olishga imkon beradi. Absolyut yer rentasining vujudga kelish mexanizmi shundan iboratki, yer egalari yerni ishlovchi ijarachilarga foydalanish uchun ijaraga beradilar va ulardan yerdan foydalanganlik uchun to’lovlar oladilar. Mana shu to’lov absolyut yer rentasi deb nom olgan. Agar yer ijaraga berilganda shu yerda turli xil inshootlar, binolar qurilgan bo’lsa, ularning ijara haqi alohida hisoblanadi.
Agrar munosabatlarni tadkiq qilar ekanmiz, nima uchun qishloq xo’jalik ishchilari yaratadigan qo’shimcha mahsulot jamiyat miqyosida barcha mulk egalari o’rtasida qayta taqsimlanmaydi, nima uchun qishloq xo’jaligida olinadigan daromad o’rtacha foydadan yuqori bo’ladi, bu hodisaning sababi nimada, degan savollar tug’iladi.
Tarixan shunday bo’lib qolganki, ko’pgina mamlakatlarda, jumladan, bizning mamlakatimizda ham qishloq xo’jaligidagi kapitalning uzviy tuzilishi sanoatdagidan pastdir. Shuning uchun qishloq xo’jaligida yaratilgan tovarlarning bozor qiymati ishlab chiqarishning ijtimoiy qiymatidagi qo’shimcha qiymat miqdori jamiyatda shakllangan o’rtacha foydadan ortiq bo’ladi. Qishloq xo’jalik tovarlarining bozor narxi bilan ijtimoiy ishlab chiqarish narxi o’rtasidagi bu tafovut absolyut renta manbai bo’lib xizmat qiladi.
Renta nazariyasiga ko’ra qishloq xo’jaligida rentaning yana bir turi – monopol renta ham mavjud bo’ladi. Boshqa yerda uchramaydigan tabiiy sharoit, ba’zan noyob qishloq xo’jalik mahsulotlari (uzumning alohida navlarini, sitrus ekinlari, choy va hokazolarning alohida turlarini) yetishtirish uchun imkoniyat yaratadi. Bunday tovarlar monopol narxlar bilan sotiladi. Bu narxlarning yuqori bo’lishi ko’pincha to’lovga qodir talab darajasi bilan belgilanadi. Natijada monopol narxlar shunday mahsulotlarning individual qiymatidan ancha yuqori bo’lishi mumkin. Bu esa yer egalariga monopol renta olish imkonini beradi.
Faqat qishloq xo’jaligida emas, balki undirma sanoatda ham qo’shimcha daromad olinadi. Ma’lumki foydali qazilma konlari joylashuvi (va demak, ishlash uchun qulayligi) jihatidan ham, konning boyligi jihatidan ham bir-biridan farq qiladi. Xuddi qishloq xo’jaligidagi singari, o’rta va yaxshi konlardagi korxonalar qo’shimcha foyda oladilar, u ham differensial rentaga aylanadi.

Download 11,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish