«Махсус таьлимда ижтимоий ҳимоя ва интеграция» фанидан сессия оралиғи назорат иши топшириқлари
Фан: Махсус таьлимда ижтимоий химоя ва интеграция фанидан Вариант-1
Мавзулар:
Жамиятда ногиронликка муносабат: Моделлар ва стреотиплар
Назорат иши топшириқларининг асосий мақсади: Махсус таълим муассасаларида алоҳида ёрдамга мухтож болалар билан ташкил этиладиган таьлим жараёни билан танишиш мавзу юзасидан маьлумотларни ўзлаштириш ва билимларни мустахкамлаш.
Назарий маълумотлар.
Талабалар онгида педагогика, махсус педагогика, мутахассислик ва махсус фанлар бўйича олган билимларининг яхлит мужассамлашган моделини шакллантириш, уларни чуқурлаштириш амалда синаб кўриш мақсадида Махсус таьлимда ижтимоий химоя ва интеграция фани бўйича сессия оралиғи назорат иши топшириқлари тақдим этилади. Талабаларнинг Махсус таьлимда ижтимоий химоя ва интеграция фанидан олган назарий билимларини амалда қўллаш ва синаш, уларни келгуси ўқитувчилик фаолиятида керак бўлган асосий режалаштирувчи (ўқув – меъёрий) ҳужжатлар мазмуни билан таништириш, уларни ишлаб чиқиш бўйича билим, амалий кўникма ва малакалар билан қуроллантириш мазкур тайёрланган сессия оралиғи назорат иши топшириқлари тўпламида ўз аксини топган.
Талабалар Махсус таьлимда ижтимоий химоя ва интеграция фанидан сессия оралиғи назорат иши топшириқларини бажариш жараёнида қуйидаги ҳужжатлар билан танишиб, уларни ўрганиб чиқишади айримларини ўзлари тузишни ўрганишади.
1 – топшириқ. Берилган саволларга ёзма тарзда жавоб тайёрланг.
Alohida yordamga muhtoj bolani ehtiyojini va unga ko’rsatilayotgan hizmatlarning bir-birlari bilan taqqoslab, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantirish.
Bu davr alohida yordamga muhtoj bolalarda qanday kechadi? Alohida yordamga muhtoj bolalarda predmetlar dunyosi bilan sof tanishi yuz bermaydi. Ularning ko‘pchiligida atrofdagi predmetlar dunyosiga qiziqish quyidagi tarzda namoyon bo‘ladi: bolalar nigohi tushgan barcha predmetlarni qo‘llariga oladilar, ammo ularning xususiyatlariga, vazifalariga qiziqmaydilar, alohida yordamga muhtoj bolalarning ko‘pchiligi kattalar ularning qo‘liga bergan predmetlarni ham tashlab yuboradilar.
Predmetli faoliyatning rivojlanishi. Normada rivojlanayotgan bolalar hayotining ikkinchi yilida predmetli harakatlarni o‘zlashtirish asosida predmetli faoliyat shakllanadi, uchinchi yilida esa bu faoliyat yetakchi faoliyatiga aylanadi. Yetakchi faoliyat sifatida u bolaning psixik rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi.
Predmetli harakatlarning barchasi ham bolaning rivojlanishiga bir xil ta’sir etmaydi. Idrok va tafakkurning rivojlanishiga, so‘ngra bolaning nutqini rivojlanishiga «moslashtirish” va “asbobli” harakatlar ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi.
Maktab yoshdagi bolalarning rivojlanishi. Bu bizga ma’lum bo‘lgan ilk yoshdagi rivojlanishining davomidir.
Maktab yoshdagi normal bolalarning psixik rivojlanishida katta o‘zgarishlar bo‘ladi. Ularda idrok tafakkur rivojlanib boradi. Alohida yordamga muhtoj bolalarda esa bu psixik jarayonlarning hammasi kechikib rivojlanadi. Ayrim alohida yordamga muhtoj bolalarda bu psixik jarayonlarning rivojlanishi juda sekin sur’atda o‘tadi.
Normal bolalar tevarak atrofdagi kishilarning ish – harakatlarini o‘yinlarda mustaqil suratda aks ettira boshlaydilar. Ular birgalikda o‘ynaydilar. Normal bolalarni faoliyatining yangi turlariga o‘rgatish mumkin bo‘lib qoladi. Alohida yordamga muhtoj bolalarda bu jarayonlarni sekinlik bilan rivojlanganligini guvohi bo‘lish mumkin.
Alohida yordamga muhtoj bolalarda o‘yin faoliyati o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Alohida yordamga muhtoj bolalarda o‘yin faoliyatini rivojlanmaganligigini sababi intellektni buzilganligidir.
Мутахассисларни ва ота-оналарни жалб қилиш усуллари.
Ногирон болага ёрдам кўрсатувчи ижтимоий ҳодимни вазифаси ва роли.
Do'stlaringiz bilan baham: |